Konstitutsiyaviy huquq fanining predmeti quyidagilardan iborat:
Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar.
Konstitutsiyaviy huquq tarmog’ining normalari.
Konstitutsiyaviy huquq tarmog’ining manbalari.
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar.
Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifasi - O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarni ta’minlash, davlatchilikni rivojlantirish, adolatli tashqi siyosat olib borish, O’zbekistonni dunyoda buyuk davlat darajasiga ko’tarish, respublikada huquqiy demokratik davlat barpo etish, adolatli jamiyat qurish, konstitutsiyaviy huquq normalari va huquqiy institutlarni takomillashtirishga doir muammolarni tadqiq etish, jamiyatda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni o’rganish va buning natijasida respublika qonunlarini rivojlantirish uchun zarur takliflarni tayyorlashdan iborat.
Konstitutsiyaviy huquq fanining tizimi, asosan, o’zi o’rganadigan huquq tarmog’ining tizimiga va uning oldiga qo’yilgan vazifalarga mos keladi va quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi.
1. Fanning umumiy masalalari.
2. O’zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy rivojlanishning asosiy bosqichlari.
3. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplari.
4. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
5. Jamiyat va shaxs munosabatlarining asoslari.
6. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi.
7. O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining tizimi.
Konstitutsiyaviy huquq tizimi bir qancha institutlar orqali namoyon bo’ladi:
1. Konstitutsiyaviy tuzum asoslari instituti.
2. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari instituti.
3. Referendum va saylovlar instituti.
4. Davlat hokimiyati organlari instituti.
Do'stlaringiz bilan baham: |