MAVZU-1: «KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ FANINING TUSHUNCHASI, PREDMETI, TIZIMI VA MANBALARI»
СЕМИНАР РЕЖАСИ:
1. Konstitutsiyaviy huquqning tushunchasi, predmeti va tizimi.
2. Konstitutsiyaviy huquq manbalari, ularning turlari va xususiyatlari.
3. Konstitutsiyaviy–huquqiy munosabatlar, ularning turlari va o’ziga xos xususiyatlari.
MAQSADGA YO’NALISH:
Tinglovchilar konstitutsiyaviy huquq fani tushunchasi, predmeti, usullari va tizimini o’zlashtirishlari, uning asosiy manbalari haqida tasavvurga ega bo’lishlari, konstitutsiyaviy huquq fanining vazifalarini va konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar haqida ko’nikma hosil qilishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida»gi farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishning maqsadi - Konstitutsiyaning jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini, mazmun-mohiyatini xalq, ayniqsa yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatiga singdirish. Shu tariqa jamiyatda konstitutsiyaga, qonunga nisbatan yuksak hurmat muhitini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish saviyasini yuqori darajaga ko’tarishdir. Eng muhimi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro o’zining Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq, erkinlik va burchlarini to’la idrok etish orqali o’zligini mukammal anglab yetishiga erishishdir.
1-SAVOL.
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQNING TUSHUNCHASI, PREDMETI VA TIZIMI.
Konstitutsiyaviy huquqning predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar ularni huquqiy tartibga solinadigan barcha ijtimoiy munosabatlar ichida farqlashga imkon beradigan quyidagi xususiyatlarga ega:
Birinchidan, konstitutsiyaviy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar jamiyat turmushining barcha sohalarida, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy sohalarida vujudga keladi.
Ikkinchidan, konstitutsiyaviy huquq mazkur sohalardagi barcha ijtimoiy munosabatlarni emas, balki butun huquqiy tizimning asoslarini tashkil etuvchi eng muhim va asosiy munosabatlarni tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |