Seminar topshirdi: Jo’rayeva m tekshirdi: Mamadqulova d reja: Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din
Download 81.43 Kb.
|
Dinshunoslik seminar1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din. 2. Axbоrоt asri tahlikalari va intеrnеt tarmоg’idagi axbоrоt urushi.
- 4. Glоbalt armоqdagi g’оyaviy xurujlar va barkamоl avlоdni mafkuraviy xurujlardan himоya qilishda milliy g’оyaning o’rni.
O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali KI fakulteti KI-11-23 guruh talabasi Jo’rayeva Muhayyoning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan SEMINAR Topshirdi: Jo’rayeva M Tekshirdi: Mamadqulova D REJA: 1. Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din. 2. Axbоrоt asri tahlikalari va intеrnеt tarmоg’idagi axbоrоt urushi. 3. Ijtimоiy tarmоqlarning yoshlarga ta’siri: Kibеrtеrrоrchilik, elеktrоn dasturlar tahdidlari va virtual o’yinlarning zararlari. 4. Glоbalt armоqdagi g’оyaviy xurujlar va barkamоl avlоdni mafkuraviy xurujlardan himоya qilishda milliy g’оyaning o’rni. Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din. Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. «Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish mumkin. Ularda ISHID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan. YUksak axborot texnologiyalarini jamiyat hayotining turli sohalariga joriy etish – davr talabi. Ammo uning ham o'ziga xos jihatlari bor. Jumladan, - uning natijasida jismoniy mehnat hajmi keskin qisqaradi. Bu esa ishsizlikning ortishidir. Demak, amaliyotga ilm-fanning eng so'nggi natijalarini joriy etish barobarida yangi ish o'rinlarini yaratish ustida jiddiy bosh qotirish ham muhim hisoblanadi; - yuksak darajada texnik imoniyatlarga ega bo'lish mehnat, ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi, inson uchun murakkab va qiyin bo'lgan ishlarni texnika o'z zimmasiga oladi va insonlarning aqliy faoliyati uchun keng yo'l ochiladi. -dunyo xalqlari bilan muloqot almashinuvi osonlashadi, tezlashadi. Jahondagi istalgan mamlakat kutubxonalarida saqlanayotgan nodir va muhim kitoblardan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi; - madaniyatlararo aloqalar rivojlantiriladi, mustahkamlanadi. Dunyo yaqinlashadi. Demak, har bir olingan ma'lumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini aniqlamay turib, o'sha ma'lumotga qarab ish tutish turli muammo va javobgarliklarni keltirib chiqarishi mumkin. CHunki bunda xabar tarqatayotgan kishining g'arazli maqsadini amalga oshirishiga zamin yaratib qo'yiladi. Download 81.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling