Семинар тошириғи) (PhD) Д. С. Давронова Boshqaruv "Menejment" tushunchasini мohiyatini yozib qo’ying?


Download 59.42 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi59.42 Kb.
#146653
Bog'liq
3-seminar


3 Mavzu: Ta’lim menejmenti. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarish. (2 s)

(семинар тошириғи) (PhD) Д.С.Давронова

1.Boshqaruv “Menejment” tushunchasini мohiyatini yozib qo’ying?

Boshqaruv jarayoni san’atdir, uning mohiyati ilmni (boshqaruv sohasidagi tashkiliy bilim asoslarini) har bir sharoitga nisbatan ishlatilishidadir”. G.Kuns, S.O.Donnel.



2. Rahbar kompetentligi komponentlariga nimalar kiradi?

Rahbarning kompetentligi – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish, o‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir.

Rahbar kompetentligi komponentlari

tashkilotchilik

notiqlik

bilimlilik

izlanuvchanlik

ma’naviyatlilik

adolatlilik

mas’uliyatlilik

kommunikativlik

kreativlik

optimizm

uddaburonlik

tashabbuskorlik

innovatorlik

3. Boshqaruv vakolatlari deganda qanday faoliyat nazarda tutiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha quyidagi vakolatlarga egadir:

- ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

- ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

- ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;

- ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;

-davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;

-davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

-davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;

-davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash;

-ta’lim oluvchilarning akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash; shunigdek, qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

4. Boshqaruv organlari tuzilishi va funksiyalari nimalardan iborat?



Mahalliy davlat hokimiyati organlarining respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi o‘rni va roli quyidagilar bilan belgilanadi.

-ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;

-ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorini va imtiyozlarni belgilaydi;

-ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

5. Ta’lim menejmentining vazifalariga nimalar kiradi?

Ta’lim tizimini boshqarish ta’lim menejmenti deb yuritiladi. Ta’lim menejmentining vazifalariga quyidagilar kiradi

- ta’lim menejmentini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish;

- uni izchil rivojlantirish;

- davlat tomonidan boshqarish;

- ta’lim muassasalarini turli darajada boshqaradigan organlar faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etish;

-ta’limning normativ – huquqiy bazasini rivojlantirish.


Ижодий топшириқ

Сизнинг нaзaрингиздa бугунги кун раҳбарига қандай талаблар қўйилмоқда? ( ёзма қисқа ессе)
Download 59.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling