Seminar XX asr adabiyotida yunalish va oqimlar. Badiiy metod, adabiy yo’nalish va oqimlar Reja
Download 27.61 Kb.
|
Семинар 9
Strukturalizm. Bu yo‘nalish adabiyotshunoslikda 1960 yillarning oxiri va 1970 yillarda mavjud bo‘lgan.U bir tomondan, F.de Sossyurning klassik struktural lingvistikasi ta’limotidan, ikkinchi tomondan 1920 yillardagi rus formal maktabidan metodologik asos qilib olgan. Strukturalizm termini, dastlab, Fransiyada ishlatilgan. Adabiyotshunoslik nimasi bilandir ma’no masalalari bilan shug‘ullanuvchi strukturalizmga o‘xshaydi. Ammo strukturalizm fenomenologiyaga qarama-qarshi holatda vujudga kelgan. Uning maqsadi tajribani tasvirlash emas, har bir hodisaning yashashiga imkon beradigan chuqur tuzilishiga xos jihatlarni izlashdir. Ongning fenomonoligik tasvirini strukturalizm ongga bog‘liq bo‘lmagan ongsiz faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalarga almashtirdi. Bular: til ma’noni yaratuvchi va ruhiyat, jamiyat strukturasidir. Strukturalistlarni ma’no ifodalash usullari qiziqtirar ekan, ular ko‘pincha kitobxonni tashuvchi va ma’noning yashashi uchun chuqur kodlarning joylashadigan joyi sifatida qarashadi (Rolan Bart).
Adabiyotshunoslikda strukturalizm adabiy asarlarning yashash sharoitini ta’minlovchi konvensiya sifatida o‘rganadi. Uning vazifasiga u yoki bu asarning asar interpretatsiyasini yaratish kirmaydi, balki asar qanday qilib mazmunga ega bo‘ladi va badiiylik kasb etadi. Ammo ular bu loyihani tatbiq qilishga – adabiy diskursni tizimli tarzda tasvirlashga ulgurishmadi. Strukturalizmning ta’siri adabiyot haqida yangi tasavvurlarni tarqatishdan iborat bo‘ldi. Buyuk Britaniya va AQSH da eng ta’sirli yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Adabiy asarni simptomatik o‘qishga yo‘l ochdi. Poststrukturalizm strukturalizm yo‘nalish yoki maktab darajasiga ega bo‘lgach,uning nazariyotchilari undan uzoqlashdilar. Ma’lum bo‘ldiki, yolg‘on strukturalistlarning g‘oyalari haqiqiy strukturalistlarning g‘oyalariga to‘g‘ri kelmay qoldi. Lakan, Bart, Fuko poststrukturalistlar deb ataldilar, chunki ular strukturalizm doirasidan chiqdilar. Ular o‘z asarlarida matn ma’nosining adabiyot shart-sharoitidan chiqqach, ya’ni tizimli struktur tahlil jarayonida naqadar o‘zgarib ketishini tasvirlab berdilar. Yangi bosqichda ular barcha ma’nolarni to‘lig‘icha va yaxlitligicha aniqlab bo‘lmasligini tan oldilar, chunki kontekstga ko‘ra ma’no doim o‘zgarib turadi. Poststrukturalizm strukturalizmning xatolarini ko‘rsatmaydi. U hamma narsaga muammoli materiyaga qaragandek munosabatda bo‘ladilar. Ma’nolar strukturasi xolis anglash ob’ekti kabi sub’ektdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, ular sub’ektni vujudga keltirgan kuchlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan sub’ektlar uchungina struktura bo‘lib xizmat qiladi. Dekonstruktivizm. Bu yo‘nalish g‘arbiy falsafiy fikr: ichki-tashqi, qalb-tana, nutq-xat, qatnashish- kelmaslik, tabiat-madaniyat, shakl-mazmun kabi ierarxik oppozitsiyaning tanqidi sifatida paydo bo‘lgan.Uning yorqin vakili Jak Derridadir. Oppozitsiyani dekonstruksiya qilish demak oppozitsiya tabiiy va zaruriy narsa emas u faqat diskurs natijasida paydo bo‘lgan konstruksiyadir. Bu konstruksiya dekonstruksiya uchun, ya’ni u oppozitsiyani buzish va uni qaytadan yozish uchun ishlaydi. Bu degani, uni buzish uchun emas, balki unga yangi struktura berish uchundir. O‘qish usuli sifatida dekonstruksiya, Barbarы Djonson aytganidek, – “bu matn ichidagi harakatlanuvchi kuchni namoyon etishdir, ya’ni tilning performativ va qayd qiluvchi aspektlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikni tadqiq qilish demakdir. Feministik nazariya. Feminizm – poststrukturalizmning bir varianti bo‘lib, uning vazifasi “erkak –ayol”va boshqa oppozitsiyalarni buzish deb hisoblaydi. Ammo bu feminizmning faqat bir tomonidir. U bu sohadagi yagona bir maktab emas, balki ijtimoiy va intellektual harakatdir va muhokama maydonidir. Feminizm nazariyotchilari ayollar haq-huquqini himoya qiladilar va ayollar yaratgan matnlarni ularning hayotiy tajribasi sifatida qo‘llab- quvvatlaydilar. Tanqidchilar Britaniya va Amerikadagi harakatni “Fransuz feminizmi”deb ataydilar. Bunda ayol radikal kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Feminizm vakillari: Jaklin Rouz, Meri Yakobus va Kaya Silverman. Ularning fikricha, ijtimoiy talablarni bizning ichki tajribamizning bir qismi sifatida qiyinchiliklarni psixoanalitik jihatdan tahlil qilinsa, ayollar tomonidan engib boriladigan to‘siqlar va qiyinchiliklarni odamlar tushunishi mumkin. Feminizm o‘zining ko‘pgina variantlari bilan AQSH va Buyuk Britaniyada adabiyotni o‘qitishni o‘zgartishga sabab bo‘ldi va adabiyot makoni kengaytirildi, dasturga esa yangi materiallar kiritildi. Psixoanaliz. Bu nazariya adabiyotshunoslikka interpretatsiya usulisifatida, til nazariyasi va identivlik (o‘xshashlik) va sub’ekt sifatida ta’sir qilgan. U bir tomondan, zamonaviy germenevtikaning nihoyatda ta’sirli oqimi, ya’ni nufuzli metatil yoki adabiy asarning tahlilida ishlatiladigan terminlar lug‘ati, shuningdek, hayotiy vaziyatlarda ham “o‘zi nima bo‘lyapti”ni tushunish uchun qo‘llanadi. Bu narsa psixoanalitik mavzularga va g‘oyalarga ziyrak bo‘lgan adabiyotshunoslikning yaratilishiga olib keladi. Boshqa tomondan, zamonaviy psixoanalizga Jak Lakan asarlari juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U an’anaviy psixoanaliz bilan aloqasini uzib, o‘zining shaxsiy mustaqil maktabini tashkil etdi. Bu maktabning nomi “Freydga qaytish” deb nomlanadi. Psixoanaliz Lakan uchun ongsizlikni verbalizatsiyalash usuli bo‘lib, bu ongsizlik xuddi tilga o‘xshab tuzilgan bo‘ladi.U Freyd tomonidan ochilgan transferensiyani, ya’ni patsient ongsizlgining (o‘tkazilishini) tushuntirib berishga harakat qiladi. Patsient psixoanalitikning unga befarq bo‘lmaganini aytadi. Bu esa ko‘pgina patsientlarning psixoanalitikni sevib qolishiga olib keladi. Bunday holatda patsient holati interpretatsiya orqali ochib beradi. Download 27.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling