Sen dam olishni bilasanmi. Reja


Ishdan xoli, qo’shimcha kunlar


Download 68.34 Kb.
bet2/5
Sana02.02.2023
Hajmi68.34 Kb.
#1146750
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sen dam olishni bilasanmi

Ishdan xoli, qo’shimcha kunlar. Ishdan xoli qo’shimcha kunlar-shunday ish kunlariki, bunday paytlarda muayyan maqsadlarni amalga oshirishi uchun xodim o’z mehnat vazifalarini bajarishdan ish haqi saqlangan holda ozod etib qo’yiladi. Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, ishdan xoli, qo’shimcha kunlarda dam olish vaqti bilan umumiy ko’pgina belgilar bor: ana shu kunlar ichida xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan bo’ladi; ularning ish joyi va ish ish haqi saqlanib turadi. Shu bilan birga, xodimlarga beriladigan ishdan xoli, qo’shimcha kunlarning hammasini ham dam olish vaqti sirasiga kiritib bo’lmaydi, chunki bunday kunlar xodimlarga, qonun hujjatlarida oldindan belgilab berilgan boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun (boshqa ish qidirish uchun, o’qish uchun vash u kabilar uchun) beriladi. Mehnat Kodeksi quyidagi toifadagi xodimlarga ish beruvchi tomonidan ishdan xoli, qo’shimcha kun berilishi shart ekanligini nazarda tutadi: 
-nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onasidan biriga (homiyga, vasiyga);
-donorlarga;
-ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi to’g’risida ogohlantirilgan xodimlarga;
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarga.
Qonun hujjatlarida barcha xodimlar uchun nazarda tutilgan har haftalik dam olishdan tashqarii, Mehnat Kodeksi nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (homiyga, vasiyga)-bola 16 yoshga to’lguncha qadar davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida, haq to’lagan holda oyiga qo’shimcha bir dam olish kuni berilishini kafolatlab qo’ydi. Mazkur xodim qonun hujjatlari bilan qo’shimcha dam olish kuni kafolatlangan toifadagi shaxslar sirasiga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning aniq ro’yxatini belgilab qo’yish zarur. Bunday hujjatlar jumlasiga quyidagilarni kiritsa bo’ladi:
-xodimning chindan ham nogiron bolasi bor ekanligi xususida ijtimoiy ta’minot organi bergan hujjat;
-nogiron bolaning tug’ilganlik guvohnomasi.
Bundan tashqarii, mazkur imtiyozdan ota-onaning qaysi biri foydalanmayotganligi to’g’risida hujjat (masalan, ish joyidan ma’lumotnoma) yoki ota-onadan birontasi vafot etgan bo’lsa, shu xususidagi guvohnomani taqdim etish taomili nazarda tutilishi mumkin.
Agar, qo’shimcha dam olish kuni olish huquqidan vasiy yoki homiy foydalanayotgan bo’lsa, u chindan ham vasiy (homiy) ekanligini tasdiqlovchi hujjatni ish beruvchiga taqdim etishi kerak.
Mehnat Kodeksi 167-moddasining uchinchi qismiga muvofiq donorlik qilgan xodimlar tekshiruvdan o’tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etiladi. Bundan tashqarii, ana shunday xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kunning ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi. Tekshiruvdan o’tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek qon tekshirilganidan keyin berilgan dam olish kunlari xodimning o’rtacha ish haqi saqlanadi.Mehnat Kodeksi 102-moddasining oltinchi qismiga binoan, ogohlantirish muddati davomida mehnat shartnomasini xodimning aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilish to’g’risidagi ogohlantirishni istisno qilganda, xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun shu vaqt uchu nish haqi saqlangan holda, ishga chiqmaslik huquqi beriladi. Chunonchi, mehnat shartnomasi xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o’zgarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan bekor qilinganda ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni ikki, oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirilishi shart. Mehnat shartnomasi xodimning bajarayotgan ishga loyiq emasligi munosabati bilan bekor qilingan taqdirda xodim kamida ikki hafta oldin ogohlantirilishi kerak.
Mehnat Kodeksi ishni ta’lim bilan qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun bir qator imtiyozlar belgilab bergan. Ana shunday imtiyozlar jumlasiga o’qish ta’tillari, shuningdek, ishdan xoli qo’shimcha kunlar berishini kiritish mumkin. Umumta’lim maktablarining o’quvchilari olti kunlik ish haftasi joriy etilgan bo’lsa, o’quv yili mobaynida kamida o’ttiz olti ish kuni yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda ish soati davomida ishdan ozod qilinadi. Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o’quvchilarga asosiy ish joyida oladigan o’rtacha oylik ish haqining kamida ellik foizi to’lanadi, lekin bu belgilangan eng kam mehnat haqi miqdoridan oz bo’lmasligi kerak. Mehnat Kodeksining 255-moddasiga muvofiq, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, ta’lim olayotgan xodimlarga diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi o’n o’quv oyi davomida, mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun olti kunlik ish haftasi bo’lganda haftada kamida bir kun o’rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladigan kun beriladi.

Download 68.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling