Sentetik gaz yoqilg‘isi tarkibi va saqlanishi
Download 0.85 Mb.
|
10-mavzuga
Ushbu yoqilg‘ilarning har ikkalasi ham samaradorlik nuqtai nazaridan suyuq uglevodorodlardan ancha orqada qoladi. Bu yo‘nalishda ish olib borayotgan izlanuvchilar bugungi kunda ham topiladi. Sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish borasidagi ikkinchi yo‘nalish - vodorod energetikasidir. Bu haqida ko‘pchilik eshitgan albatta. Agar, xuddi shaharlardagi tabiiy gaz tarmoqlari singari, vodorod tarmoqlari tortib chiqilsa va vodoroddan yoqilg‘i sifatida foydalanilsa bormi! Bu energetik samaradorlik jihatdan ham, ekologik jihatdan ham ulkan muvaffaqiyat bo‘lgan bo‘lardi. Chunki, vodorodning yonishidan olinadigan energiya miqdori juda katta bo‘lishi bilan birga, uning yonishi natijasida atrof-muhitga hech qanday zararli chiqitlar chiqmaydi. Zero, vodorod yonganda oddiy suv hosil bo‘ladi va uni sug‘orish maqsadlarida ishlatish, yoki ichimlik suvi sifatida iste’mol qilish mumkin bo‘ladi. Balki, kelajakda vodorod energetikasi jahon energiya bozorida o‘z mustahkam o‘rniga ega bo‘lar. Lekin, hozircha bu borada aytarli istiqbolli natijalar ko‘zga tashlanmayapti. Aksincha, vodorod energetikasi ham hozircha suyuq uglevodorodlar energetikasi bilan bellasha olmaydi.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling