Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar
Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish
Download 19.22 Kb.
|
сертификатлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish.
- 3. Ishlab chiqarish holatini baholash
1. Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish:
O‘z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o‘tkazish uchun yurtimiz yoki chet el so‘rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi. Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot), gigiyenik sertifikat ilova qilinadi. Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi. Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi: ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi (u mavjud bo‘lganda); mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot); O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi. Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo‘lgan holda, so‘rovchi buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin. So‘rovchida bunday idora haqida axboroti yo‘q bo‘lganida va u manfaatdor bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin. 2. Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish. Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, berilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan MH larda ko‘rsatilgan sinovlarni o‘tkazish huquqi O‘z SMT da akkreditlangan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) bo‘lmasa, SI yoki SMI haqiqiy natijalarni ta’minlovchi, sinovlarni o‘tkazish joyi, tartibi va sharoitlarini belgilaydi. Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, konstruksiyasi, tarkibi va ishlab chiqarish jarayoni, iste’molchiga (buyurtmachiga) taqdim etilayotgan mahsulotlarga aynan o‘xshash bo‘lgan mahsulot to‘pidan (yoki seriyasidan) olingan namunalarida o‘tkaziladi. Namunalar soni ularni tanlab olish tartibi, aynan o‘xshatish va saqlash qoidalari sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni MH lari va sinov uslublarida belgilanadi. So‘rovchi, zarur bo‘lganda, tarkibi va mazmuni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tarkibida belgilanadigan namuna (namunalar) ning texnik xujjatini taqdim etadi. Namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish, belgi qo‘yish va tamg‘alashni, namunalarni sinash joyiga yetkazishni ta’minlaydigan so‘rovchi ishtirokida, SI yoki sinov laboratoriyasi amalga oshiradi. Bunda namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi. Bojxona ta’minotidagi import mahsulotlaridan namuna tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan uning inspektori va tovar egasi yoki uning ishonchli shaxsi ishtirokida sertifikatlashtirish idorasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. 3. Ishlab chiqarish holatini baholash Download 19.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling