Sertifikatlashtirish. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish


Download 28.83 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi28.83 Kb.
#1487380
  1   2   3
Bog'liq
mustaqil iw 2


Sertifikatlashtirish.Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish.
Reja

  1. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish

  2. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonun sharhlari.

  3. Sertifikatlashtirish sxemalari

  1. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish

Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish. Qonunning 17-18-19-moddalarida ixtiyoriy sertifikatlashtirish, uni amalga oshiruvchi sub’ektlar, ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Jumladan, har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkinligi;

  • ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «O‘zstandart» belgilab qo‘ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqli ekanligi;

  • sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar «O‘zstandart» bilan kelishgan holda belgilashi belgilab qo‘yilgan.

Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Quyidagi ishlar:

  • sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollari-ni, uni o‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;

  • sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bnlan ta’minlash;

  • xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o‘tkazish;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari ia boshqa ishlar olib borish;

  • sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati olib borish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi


  1. Download 28.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling