Servis faoliyati asoslari fanidan yozgan referati
Download 151.33 Kb.
|
oav OMMAVIY AXBOROT
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI TURIZM FAOLIYATI YO’NALISHI 221-GURUH TALABASI ATABAYEV MUHIDDINNING SERVIS FAOLIYATI ASOSLARI FANIDAN YOZGAN REFERATI URGANCH 2022 Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati . Reja: 1.Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati va tushunchasi. 2.Ommaviy axborot vositalari va ular faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solinishi. 3.Jurnalistlarning huquqiy maqomi. 4.Jamoatchilik fikrini o`rganish. Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommviy axborot yetkazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga moljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa malumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma’naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta’sir o’tkazishdan iborat. Ommaviy kommunikatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og’zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g’oyatda ko’paytirib uzatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin boldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbayi uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va televideniya, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan boladi. Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va tasirchanligi faqat ozatilayetgan axborotning oquvchi, tinglovchi, tomoshabinga tasirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G’oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy tasir kursatadi. Ozbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi senzuraga yol qoymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus qo’riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e’tirof etiladi. Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yolida, masalan, hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yoli bilan ozgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan materiallar: urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovozik va bosqinchilikni targib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, xujjatli va badiy filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash programmalarida foydalanish, insonlar ongiga tasir etuvchi va sogligiga zarar yetkazuvchi yashirin malumotlar tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va fotosyomka yerdamida tayorlangan, mavjud jornalist huquqi yordamida ijtimoiy muhim bolgan malumotlarni bozish, ishonchli manba tariqasida mish-mish tarqatish, boshqa shaxe yoki organizatsiya uchun malumot toplash taqiqlanadi. Jornalistlik huquqini shuningdek shaxe yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi, yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi, hamda siyosiy qarashlari bilan bogliq bolgan malumotlarini kamsitish yo'lida ishlatish taqiqlanadi. Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil etadi, ularin Kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon hamjamiyati XX asrning ortalaridayoq axborotning shaxs, jamiyat, davlat hayotidagi rolini hisobga olgan holda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini taminlaydigan huquqiy mexanizmlarni joriy etgan edi. Bugungi kunga kelib esa axborot huquqi alohida huquq sohasi sifatida shakllandi. Axborot huquqlari va erkinliklari 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ilk bor etirof etilgan edi. Jumladan, uning 11- moddasida takidlanishicha, jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar taminlangan holda, ochiq sudlov yoli bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmagunicha aybsiz deb hisoblanish huquqiga ega. 12- moddada qaayd etilishicha, hech kimning oilaviy va shaxsiy hayotiga ozboshimchalik bilan aralashish, turar joy daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlariga yoki uning or-nomusi hamda shaniga nisbatan asossiz ravishda tajovoz qilinishi mumkin emas. Har qanday inson bunday aralashuv va tajovozdan qonun yoli bilan himoyalanish huquqiga ega. 19-moddada korsatilishicha, har bir inson etiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu hukuq qech bir tosiqsiz oz etiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va goyalarni izlash, olish, va tarqatish erkinligini oz ichiga oladi. Yevropa kengashining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish togrisidagi Konvensiyasida axborot huquqlari va erkinliklari boyicha belgilab qoylgan qoidalar yanada rivojlantirildi. Jumladan, uning 10- moddasida bayon etilishicha, har bir inson oz fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq oz fikrini asos tutish erkinligi va axborotlar hamda goyalarni davlat idoralari tomonidan hech qanday aralashuvsiz va davlat chegaralariga bogliq bulmagan holda olish va tarqatish erkinligini oz ichiga oladi. Mazkur modda davlatlarga radio eshittirish, televizion yoki kinematografiya korxonalariga litsenziyalashni amalga oshirishga tosqinlik korsatmaydi. Majburiyat va erkinliklarni keltirib chiqaradigan bu erkinliklarni amalga oshirilishi demokratik jamiyatda davlat havfsizligi manfaaatlari, hududiy birlik yoki jamiyat osoyishtaligi uchun tartibsizlik va jinoyatlarni oldini maqsadida, sogliq va ahloqni saqlash, boshqa shaxslarning obrosi yoki huquqlarini muhofaza etish, maxfiy tarzda olingan axborot oshkora qilinishining oldini olish yoki odil sudning nufozi va xolisligini taminlash uchun zarur bolgan va qonun bilan belgilangan rasmiyatchilik, shartlar, cheklashlar va buyruqlar bilan boglangan bolishi mumkin, deb takidlanadi. Fuqorolarning axboroti huquqi va erkinlaklarini ta’minlash borasida 1966 yil 19 dekabrda tozilgan "Fuqorolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro ahdnoma" alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ahdnomaning 2- moddasida takidlanishicha, unda ishtirok etuvchi har bir davlat shaxsning irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi, siyosiy yoki o’z qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugilgan joyi yoki boshqa holatlaridan qati nazar, hech qanday ayirmachiliksiz ushbu ahdnomada etirof etiladigan huquqlarni hurmat qilish va o’z hududlari doirasida uning yurisdiksiyasi ostida bo’lgan barcha shaxslar uchun ta’minlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi. 4- moddada qayd etilishicha, davlatda millat hayoti havf ostida buladigan favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda va uning amal qilayotgani togrisida rasmiy ravishda elon qilingan bolsa, ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan mamlakatlar yuzaga kelgan vaziyatning keskinligiga muvofiq darajada, ularning halqaro huquq boyicha boshqa huquq va majburiyatlariga nomuvofiq bolmaslik sharti va faqatgina irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi tufayligina kamsitishga olib kelmaslik sharti bilan ushbu ahdnoma boyicha oz majburiyatlaridan chekinish yhlida muayyan darajadagi tadbirlarnikorishimumkin. Ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan, chekinish huquqidan foydalanadigan har qanday davlat darhol Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali chekinmoqchi bolgan qoidalar va bunday qarorni qabul qilish sababi haqida ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan boshqa davlatlarni xabardor qilishi kerak. Shuningdek, ayni vositachi orqali bunday chekinishni qaysi paytda toxtatishi haqida ham xabar qilishi lozim. 14- moddada korsatilishicha, sud va tribunallar oldida barcha shaxslar tengdir. Har bir shaxs, unga qoyilgan har qanday jinoiy ayblov korib chiqilayotgan paytda yeki har qanday quqarolik muhokamasida uning huquq va majburiyatlarini belgilash paytida ishning qonun asosida tashkil etilgan vakolatli, mustaqil va odil sud tomonidan korib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda manaviyat, ijtimoiy tartib yoki davlat havfsizligi mulohazalaridan kelib chiqqan holda yoki taraflarning shaxsiy hayotiga taaluqli manfaatlar talab qilgan taqdirda - sud qikri boyicha lozim deb topilgan darajada - jamoatchilik vakillari odil sudlov manfaatlarini bozishi mumkin bolgan alohida holatlarda, barcha sudlardagi ish korishlarga yoki ularning bir qismiga matbuot xodimlari va jamoatchilik vakillari qoyilmasliklari mumkin, lekin jinoiy yoki fuqorolik ishi boyicha oar qanday sud qarori ochiq bolishi lozim, balogat yoshiga yetmaganlarning manfaatlari boshqacha holatni talab qilgan yoki ish, uylanish nizolari yoxud bolalarga vasiylik qilishga taaluqli bolgan holatlar bundan mustasnodir. 17- moddada takidlanishicha, hech qanday insoning shaxsiy va oilaviy hayotiga aralashishga, uning turar joyi daxlsizligiga, uning xat-xabarlarining maxfiyligi va uning or-nomusi hamda obrosiga nisbatan asossiz ravishda yoki qonunga xilof tarzda tajovoz etishga duchor etilishi mumkin emas. Har bir inson bunday aralashuv yoki tajovozdan qonun bilan himoyalanish huquqiga ega. Inson huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning huquk va erkinliklarini bozmasligi kerak. Har bir inson oz fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquk xilma-xil axborotlar va goyalarni davlat chegaralariga bogliq bolmagan xolda, ogzaki, yozma ravishlarda yoki matbuot yoxud badiiy ifoda shaklida yoinki ozi qidirish,olish va tarqatish erkinligini oz ichiga oladi. Mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida masuliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u bazi bir cheklashlar bilan boglangan bolishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilangan va kuyidagilar uchun zarur bolishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obrosini hurmat qilish; b) davlat havfsizligini qoriklash, jamoatchilik tartibi - aholining sogligi yoki axloqini qoriqlash. 20 - moddada korsatilishicha har qanday urush targiboti qonun bilan taqiklangan bolishi lozim. Xulosa qilib aytganda, korsatib otilgan yuridik manbalar fuqorolarning axborot olish, izlash va tarqatish borasidagi huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan milliy qonunlarni yaratishga asos bolib xizmat qilib kelmoqda. Qiyinchiliklar jamiyatda demokratik tamoyillarni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatmoqda. Ikkinchidan rahbarlaring ko’pchiligi matbuotdan qo`rqadilar. Ozbekiston Prezidenti bergan haqqoniy bahoga kora, bu qorquv - oz malakalarining yetishmasligini, qoyilgan savollarga yetarli saviyada javob bera olmasliklarini korsatib quyishdan boshqa narsa emas. Bunday holatlar goyo bizning jamoatchilik va jahon afkor ommasidan yashiradigan narsamiz bordek soxta tasavvorni tugdiruvchi mamlakatimiz uchun nomunosib imidj - qiyofaning shakllanishiga olib keladi. Holbuki, O’zbekiston siyosati ochiq siyosatdir, OAV esa mamlakatdagi islohotlarning borishi va ularning natijalari bilan jamiyatni tanishtirishga intiladi. Malumki demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniye davlat siyosatiga ham malum manoda tasir korsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmogi lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan oquvchilar (tinglovchilar, tomoshabinlar) auditoriyasining juda oz qismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga suyet tasir korsatayotganligining guvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning tasir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga tasir otkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda nufoz qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni organib, muayyan masalalar boyicha jamoatchilik fikrini organish narsanint oz nomi bilan atash - tom manodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi. Rossiya Federatsiyasining Ommaviy Axborot Vositalariga tegishli qonunlari bugungi kunda faqatgina federal darajada 30ga yaqinni tashkil qiladi. 1995 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Davlat hokimiyati faoliyatini davlat ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi togrisida"gi №7 Federal qonunida bir qator OAV vakillarini, avvalo elektron matbuotni tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 144- moddasi jornalistning kasbiy faoliyatiga tosqinlik qilishga qattiq choralar koradi (3 yilga ozodlikdan mahrum qilib, muayyan lavozimni egallashni taqiqlaydi). Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksi 129 va 130 moddalari OAV yordamida haqorat va tuhmat qilishga yuqoli darajadagi jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 137- moddasi shaxsga garazli yoki boshqa shaxsiy qiziqishi tufayli va u shaxsni qonuniy huquk va erkinliklariga zarar yetkazgan holda sodir etilib shaxsni shaxsiy yoki oilaviy sirini OAVorqali tarkatishga qattiq choralarni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282- moddasi Ommaviy axborot vositalarini milliy, irqiy yoki diniy adovatni keltirib chiqarish uchun ishlatilishini jinoiy-huquqiy javobgarligini tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Fukorolik Kodeksi ham Ommaviy Axborot Vositalar faoliyatini tartibga soluvchi qator moddalarni (Shan, shaxsiy qadr-qimmat himoyasi, manaviy zarar) oz ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini huquqiy tartibga solish Rossiya Federatsiyasining 72-moddasiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi va uning subyektlarining qoshma boshqaruvida amalga oshiriladi. 1996 yilgi Halqaro Fuqaroviy va siyosiy huquqlari pakti har bir shaxsni erkin "axborot va goyalarni davlat chegaralaridan mustaqil holda qidirish, olish va tarqatish"ni korsatib otadi. Shuningdek, 1950 yilgi Inson huquqlari himoyasi va asosiy erkinliklari togrisidagi Konvensiya har bir shaxsni "Davlat organlari aralashuvisiz va davlat chegaralaridan mustaqil ravishda axborot va goyalarni olish va tarqatish" huquqini ornatadi. Shuningdek 1989 yilgi Transchegaraviy televideniye togrisidagi Yevropa Konvensiyasi va Yevropa Kengashining "Davlatlar parlamentlarini Ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlari togrisida"gi №820 Rezolyutsiya taqdimotini ham etiborga olishimiz zarur. 1994 yildan Rossiya Federatsiyasida Prezident qoshidagi axborot nizolari boyicha Sud palatasi davlat organi sifatida faoliyat korsatadi. Uning asosiy vazifasi bolib Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga uning ommaviy axborot soxasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini samarali amalga oshirilishiga komakdosh bolishdir. Germaniya Konstitutsiyasining 5-moddasida "Har kim oz qikrini ogzaki, yozma ravishda va tasvirlar vositasida ifodalash hamda tarqatish, hamma uchun qulay bolgan manbalardan bilimlarni bemalol olish huquqiga egadir. Matbuot va axborot erkinligi radio va kino vositasida kafolatlanadi. Senzura yo’q". Avstriya Federatsiyasining 1967 yil 21 dekabrida qabul qilgan qonuni (1974,1989 yilgi ozgarishlar bilan) 13- moddasida: "Har kim qonun doirasida oz fikrini ogzaki, yozma tarzda, matbuot va badiiy tasvirlar vositasida ifodalash hukuqiga egadir. Matbuot senzuraga duchor qilinishi ham, ruxsat etuvchi tizim vositasida cheklashlarga duchor qilinishi ham mumkin emas. Mamlakat ichkarisida nashr qilingan bosma asarlarga mamauriy pochta taqiqlari qollanilmaydi" deyilgan. Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 50- moddasida: "Har bir shaxe qonuniy yol bilan axborot izlash, qolga kiritish, topshirish, tuzish va tarqatish erkinligi huquqiga egadir. Ommaviy axborot erkinligi kafolatlanadi. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan matbuotda davlat senzurasi taqiqlanadi" deyilgan. Jazoir konstitutsiyasining 19- moddasida: "Respublika matbuot va boshqa axborot vositalari erkinligini, birlashish huquqini, soz erkinligi va ommaviy chiqishlar erkinligini, shuningdek yilishlar erkinligini taminlaydi" deyilgan. Fuqarolarning axborotlarga bolgan erkinligi tugrisidjagi qonunchilik sohasini taraqqiyoti xozirgi kunda demokratik davlatning umum qabul qilingan standartiga kiradi. Fuqorolarga axborot erkinligiga bolgan talabi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan tashqari quyidagi natijalar bilan bevosita bogliq: davlat hokimiyatining ochiqligi va siyosiy yonalishning aniqligi; korrupsiyaviy hukuqbozarliklarning sodir bolishini ehtimoli kamligi; mamuriy madaniyatning oshishi va xizmatchilarning jamiyat oldida o`z faoliyati haqida hisobot berishi; hokimiyat organlarida samaradorlikni oshirish; ochiq hokimiyatnm jamiyat tan olishi; Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat axborot erkinligi togrisida qonun qabul qilgan. Ayni paytda ularning kopchiligi keyingi yillikda qabul qilingan. Va yana 3O dan ortiq mamlakat xuddi shunday qonun qabul qilish arafasida. Birinchi mamlakatlar guruhiga quyidagi mamlakatlar kiradi: MDH: Armaniston(2003), Groziya(1999), Moldova(2000), Tojikiston(2002), Ozbekiston (2002), Ukraina(1992). Yevropa: Avstriya(1987), Albaniya(1 999), Belgiya(1994), Bosniya va Gersogovina(2000), Buyuk Britaniya(2000), Vengriya(1992), Gretsiya(1999), Daniya (1985), Irlandiya(1997), Islandiya(1 996), Ispaniya (1992), Italiya(1990), Latviya(1998), Litva (2000), Lixtenshteyn(1999), Niderlandiya (1978), Norvegiya(1970), Polsha(2001), Portugaliya(1993), Ruminiya(2001), Serbiya(2004), Slovakiya(2000), Sloveniya(2003), Finlandiya(1 999), Fransiya(1978), Xorvatiya(2003), Chexiya(1999), Shvetsiya(1 766,1 949), Estoniya(2000). Shimoliy Amerika: Kanada(1983), AQSH(1966). Lotin Amerikasi: Kolumbiya(1985), Meksika(2002), Panama(2002), Peru(2002), Trinidad va Tobago(1 999), Yamayka(2002). Osiyo, Avstraliya va Okeaniya: Avstraliya(1982), Isroil(1998), Hindiston(2003), Yangi Zellandiya(1982), Pokiston(2002), Tailand(1 997), Turkiya(2003), Janubiy Koreya(1996), Yaponiya(1 999). Afrika: Beliz(1 994),3imbabve(2002), JAR(2000) Axborot erkinligi to’grisida qonun qabul qilish arafasida turgan mamlakatlarga kelsak, ularga quyidagi mamlakatlar kiradi: MDH: Ozarbayjon va Qirgiziston Yevropa: Germaniya, Makedoniya, Shveytsariya Lotin Amerikasi: Argentina, Barbados, Braziliya, Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Nikaragua, Paragvay, Salvador, Urugvay, Ekvador. Osiyo, Avstraliya va Okeaniya: Bangladesh, Indoneziya, Nepal, Tayvan, Fidji, Fillipin, Papua-Yangi Gvineya, Shri-Lanka. Afrika: Botsvana, Gana, Keniya, Lesoto, Malavi, Mozambik, Namibiya, Nigeriya, Tanzaniya, Uganda, Efiopiya. Bundan xulosa qiladigan bolsak bugungi kunda fuqarolarning axborot erkinligini kun tartibiga qoymagan biror-bir davlat (Xitoydan tashqari) qolmadi. Jahon hamjamiyati axborotlarni erkin tarqatish huquqiga doimo maxsus urgu berib, bu huquqni inson va fuqarolarning asosiy huquqlaridan biri deb unga alohida etibor, alohida himoya zarur deb hisoblaganlar. Bu shu bilan bogliqki, axborotni erkin tarqatish va olish huquqini himoya qila turib, jamiyat ozining jamiyatda sodir bolayotgan ijtimoiy munosabatlar, ularning ozgarishlari, jamiyatni boshqarish faoliyati haqida obyektiv malumotlarga ega bolish huquqini himoya qiladi. Jahon hamjamiyati allaqachon teleradioeshitttirishlarni oz ichiga olgan ommaviy axborotni tarqatishning asosiy tamoyillarini yegishli aktlarda ishlab chiqqan. Kopgina rivojlangan demokratik davlatlar davlat tomonidan teleradioeshittirishlarni tartibga solishni maqsad qilgan, inson va fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligini muhofaza qiluvchi maxsus davlat organlarini tashkil qilganlar. Bunday oganlar davlat tomonidan axborotni olish va tarqatish erkinligini muxofazasini taminlaydigan davlat kafolati hisoblanadi. Bunday davlat organlari har qanday togri korporativ qiziqishlardan xoli boladilar va maxsus qonunlar asosida faoliyat olib boradilar. Shu manoda bu organlar jamiyatning ayrim guruhlari yolida emas, balki jamiyat yolida izmat qiladilar. Bunday organlarni tayinlash kop hollarda ijro hokimiyati organlariga, hukumatga yoki profillar ministiriga tegishli boladi. Parlamentlar ham ayrim hollarda bunday vakolatga ega boladilar, jumladan Bolgariya, Chexiya, Estoniya, Islandiya, Litva, Slovakiya, Sloveniya va Turkiya. Boshqa hollarda bunday vakolat ijro hokimiyatiga tegishli boladi, masalan Fransiya, Ruminiya va Polsha. Ayrim holllarda bunday huquq ikkala hokimiyat tizimi ortasida boladi. Ayrim davlatlarda, masalan Avstriya va Portugaliyada bunday davlat organlarini tayinlashda sudlar ham ishtirok etadi. Shu bilan birga, yuqori darajadagi sudyalar bunday vazifani bajarishga kirishadilar. Masalan, Italiya, qonunga binoan bunday vazifaga otiruvchi shaxe albatta Konstitutsion sud yoki Davlat Kengashining azosi bolgan bolishi kerak. Shvetsiyada bunday mansabdor shaxe va uning o’rinbosari tajribali sudya bo`lishlari lozim. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi: - «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar'); - «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); - «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); - «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr); - «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust); - «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul'); - «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr); - «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may); - «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi. Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi. 1991 yilda O‘zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat olib borgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalarimizning soni bugungi kunda 1461 tani (01.06.2016 yil holatiga) tashkil etadi. Bular: 686 ta gazeta, 300 ta jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2016 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 359 ta veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-saytlarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1.Mirziyoyev Sh.M. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga. www.uza.uz 2017 yil 27-iyun. 2. ―Tandiq bor, munosabat yo‘q. Demak hammasi to‘g‘ri ekan-da?‖- Abdulla Aripov selektorda tashkilotlar tanqidlarga sukut saqlashi haqida gapirdi. www.kun.uz 30.07.2019 3. Ahatova I. ―Saida Mirziyoyeva: << Axborot xizmatlarini tizimini tubdan takomillashtirish lozim!>> http://uza.uz/oz/society/saida-mirziyeeva-akhborot- khizmatlari-tizimini-tubdan-takomi-28-05-2019 ‖ 4. O‘zbekiston Respublikasining ―Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida‖ gi qonuni (yangi tahriri). – www.lex.uz Download 151.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling