Servis faoliyati asoslari
Gidga qo‘yiladigan talablar
Download 322.53 Kb.
|
MAVZU Xizmat ko’rsatuvchi mutaxasisning kasbiy tayyorgarligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy fazilat Turfirmaning talablari
- mas’uliyatlilik
Gidga qo‘yiladigan talablar
Ikkinchi, mas’uliyatlilik, ya’ni turistga (ekskursantga) yordam berish istagi va zaruriy servisni taqdim etish. Agar turist (ekskursant) gidga biror iltimos bilan murojaat qilsa, uni qisqa muddatda hal qilib berish (imkon qadar birovlarga yuklamasdan) zarur. Uchinchi, jonkuyarlik, ya’ni g‘amxo‘rlikni namoyon etish, har bir turistga (ekskursantga) individual yondashish. Shunday holatlar bo‘lishi mumkinki, biror sababga ko‘ra turist (ekskursant) xizmatlardan salbiy taassurot oladi. Gid darhol uni tushunishga harakat qilib, vaziyatni o‘zgartirish bo‘yicha chora ko‘rishi kerak. To‘rtinchi, moddiylik, ya’ni xizmatlarni taklif etish jarayonida qo‘llaniladigan asbob-uskuna, texnologiya, xodimlar, zaruriy vositalarni bilishi. Masalan, toqqa chiqishda gid maxsus asbob-uskunalardan foydalanishni ko‘rsata olishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, gid nafaqat guruhli yoki yakka turistga hamrohlik qiluvchi shaxs, balki menejment masalalarini talab qiluvchi xizmat ko‘rsatish standartlariga ega bo‘lgan yaxlit tizimdir. Gidning asosiy vazifasi shartnoma va ekskursiya dasturida kiritilgan xizmatlarni mijozlarga taqdim etish bo‘lib, bu yerda dastlabki tayyorgarlik ishlarisiz bo‘lmaydi. Gid faoliyatidagi tashkiliy ishlar bir necha bosqichdan iborat. Download 322.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling