Servis faoliyati ehtiyoj sifatida Reja


Download 33.75 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi33.75 Kb.
#1051205
Bog'liq
Халимов Озод


Servis faoliyati ehtiyoj sifatida


Reja.


Servis faoliyati ehtiyoj sifatida.
Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. 
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar.

1. Odamlarni ehtiyojlari, umuman olganda, ehtiyoj deyilganda biror-bir narsaga 


bo‘lgan zarurlik tushuniladi. Ushbu zarurlik, darkorlik o‘zini qondirilishini talab qilib 
odamlar tomonidan anglab etiladi. Ehtiyoj xo‘jalik amaliyotida qator tushunchalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘rtasida eng asosiysi “iste’molchi” tushunchasi bo‘lib, tovar, xizmat, servis 
mahsulotini sotib olgan oxirgi iste’molchini, ya’ni u yoki bu kiyimni kiyib yuradigan, 
aniq narsalardan foydalanuvchi, oziq-ovqatda ma’lum mahsulotlarni ishlatuvchi 
odamni anglatadi. 
Servis faoliyatini iste’molni oxirgi bosqichi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi uni material ishlab chiqarishdan ancha farqlab turadi. Material ishlab chiqarish uchun bunday bog‘liqlik unchalik darajada xos emas, chunki ko‘pgina sanoat tarmoqlari 
texnologik jarayonlarni yoki ishlab chiqarish vositalarini yaratish jarayonini dastlabki bosqichlarida jalb qilingan bo‘lishadi. Buni aksi sifatida servis faoliyatini sub’ektlarimijoz, buyurtmachi bilan
yuzma-yuz uchrashadi va shu orqali iste’molni yakuniy jarayonlarida ishlashadi. 
Shuning uchun iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni ancha noiqtisodiy ijtimoiy, psixologik, ma’naviy boshlanishga ega bo‘lib, bu esa servis faoliyatini 
“narsalardan uzoqlashish” sifatida tavsiflashga imkon beradi. Xizmatlarni ishlab 
chiqarish va iste’mol qilinishi ko‘pgina hollarda xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz 
o‘rtasidagi bevosita kontaktlar yo‘li bilan kechadi. Ular o‘rtasidagi kontaktlar vaqt 
davomida uzilgan bo‘lsa ham, xizmat natijalari iste’molchi tomonidan qabul qilingan 
holda xizmat bajarilgan hisoblanadi. 
Jamiyatda 
insoniy ehtiyojlarni mavjud bo‘lishi, shuningdek uni 
transformatsiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi: 
Odamni biotabiiy kelib chiqishini qayta ta’minlash zarurligi. Ushbu omilni 


ta’sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo‘lib, ular o‘rtasida odam uchun dolzarb 
bo‘lgan tug‘ma va o‘zgarmas kabilari anchagina. Birlamchi ehtiyojlarga yashash 
muhiti xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish 
va boshqalar taaluqli. 
Odamni ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sifatlarini rivojlantirish muhimligi. 


Ushbu omil katta hajmdagi ikklamchi, shuningdek ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni 
yuzaga keltiradi. 
Bu ehtiyojlar odamlarni o‘zini ijtimoiy munosabatlar sub’ektlari sifatida 
tiklashga intilishlari va dunyoni o‘rganishni, o‘zini ma’naviy mohiyatini 
rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog‘liq. O‘z mohiyatiga ko‘ra, 
shakllanish mexanizmlariga ko‘ra, bu ehtiyojlar ancha egiluvchan va dinamik 
hisoblanadi. Odam hayoti davomida ular ham intensiv, chuqur rivojlanishi, ham 
degradatsiya qilinishi, so‘nishi mumkin. 
Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o‘z genezisi va sifati bo‘yicha turli tuman 
bo‘lishi mumkinligini taqozo etadi. 

2.Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. 


Ular odam organizmi strukturasiga shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab 
qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga 
bo‘lgan ehtiyojlardir. 

Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman 


mamalkat aholisiga xosdir. Ular o‘zini qondirilishi uchun o‘ziga xos sharoitlarni talab 
qiladi. Ularni ko‘pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat 
faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan 
ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi. 
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o‘z kombinatsiyasiga ko‘ra, aniq 
odamlarga xos bo‘lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini 
individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga 
oshiradi. 

3.Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar.


Ular turli tuman bo‘lib, ko‘pgina hollarda o‘ta muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo‘ldosh bo‘ladi. Ularni xususiyati shundaki, tug‘ma etiyojlardan farqli o‘laroq, ko‘pgina hollarda madaniy muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy rivojlanishi bilan bog‘liq. 
SHuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma’lum qismi, masalan 
fiziologik ehtiyojlar kabi o‘ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar 
ko‘pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli 
yo‘naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo‘ladi. Xususan ko‘p hollarda odam ijtimoiy 
informatsiya, moda va reklama ta’siriga moyil. 
Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng 
murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo‘ladi. 
2012-2016 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturini qabul 
qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi "2012-2016 
yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi 
to'g'risida" qarori doirasida yaqin besh yil mobaynida barcha xizmatlarning 

165 
solishtirma og'irligi YAIM dagi ulushini 55% ga yetkazish belgilab olindi. Hujjatda 


qayd etilganidek, xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005 
yildagi 38,7 foizdan 2011 yilda 50,5 foizga o'sgan. Buning natijasida avvalambor 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi. Axborot-
kommunikatsiya, bank, sug'urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy 
yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam sur'atlar bilan 
rivojlanishiga e'tibor qaratildi.
Yangi dastur 2016 yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat 
ko'rsatish sohasining ulushni bosqichma – bosqich oshirilishini nazarda tutadigan 
2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha xizmat ko'rsatish sohasining 
asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o'z ichiga qamrab 
oladi. Xizmat ko'rsatish sohasi respublikada 13 ta asosiy turlar bo'yicha taqsimlanadi. 
Ular: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterni dasturlashtirish, moliya (bank, sug'urta 
xizmatlari va moliyaviy lizing) transport, qurilish, texnologik uskunalarga texnik 
xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha, qishloq xo'jalik texnikalari, savdo va 
umumiy ovqatlanish xizmatlari, ta'lim va sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va 
boshqa xizmat turlari kiritilgan.
Yaqin kelajakda kompyuterni dasturlashtirish, shuningdek savdo hamda 
umumiy ovqatlanish xizmatlari bo'yicha eng yuqori o'sish sur'ati 2,4 barobar ortishi 
kutilmoqda. Sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va texnologik uskunalarga texnik 
xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar sohasida o'sish 2,3 barobar 
bo'lishi prognoz qilinmoqda. Dastur shuningdek O'zAAA ko'rsatuvchi yangi 
xizmatlar turlarini prognozlashtirilgan rivojlantirish parametrlarini ham qamrab oladi. 
Ular qatoriga kommunikatsiya (kompyuter va abonentlik terminallarini ta'mirlash), 
interaktiv televidenie, videotelefoniya, kompyuter texnikasini, mobil telefonlarni va 
boshqalarni ta'mirlash sohasidagi korxonalarda texnik xizmat servislari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida 2006-
2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish 
chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 17 apreldagi qarorida belgilangan mikrofirmalar 
va kichik korxonalar uchun foyda solig'i hamda yagona soliq to'lovi bo'yicha 
imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi. Shu 
munosabat bilan yangi xizmatlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra ko'rsatilgan 
soliq imtiyozlari ta'sir qiladi.
2012 yilning II choragidan boshlab qishloqjoylardagi mahallalar hududida 
maishiy xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
(sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta'mirlash bo'yicha ustalar va 
boshqalar) qat'iy belgilangan soliq to'lashdan 3 yil muddatga ozod etiladi. Qarorga 
muvofiq "Mikrokreditbank" OATB mablag'lari hisobidan 2012-2016 yillarda xizmat 
ko'rsatish sohasini rivojlantirishga yo'naltiriladigan imtiyozli kreditlar 189,9 mlrd. 

166 
so'm deb belgilandi. Ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari xizmat ko'rsatish 


sohasining yangi obyektlarini barpo etishga, shuningdek xizmat ko'rsatishga 
ixtisoslashtirilgan amaldagi tadbirkorlik sub'ektlarini texnik va texnologik 
jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo'naltiriladi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilning I choragida 
iqtisodiy faoliyatning barcha turlari bo'yicha bozor xizmatlarining umumiy hajmi 
10,8 trln. so'mni tashkli etgan bo'lib, bu o'tgan yildagi davrga qaraganda 12,5 % 
o'sishga ega bo'lgan. Mazkur sohaning bozor islohoti tahlili transport sektoridagi 
xizmatlarning eng yuqori joylashuvini ko'rsatmoqda. Joriy yilning I choragida uning 
solishtirma og'irligi umumiy hajmda 29,5% ni tashkil etdi. Ekspertlar buni davlatimiz 
Prezidentining 2010 yil 21 dekabr sansidagi "2011-2015 yillarda infratuzilma, 
transport va kommunikasiyalar qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi 
to'g'risida " gi qarorining O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishga qo'shimcha 
impuls deya baholamoqdalar. Transport infratuzilmasiga kiritilishi rejalashtirilgan 
($6,9 mlrd.) qo'yilmaning 48,9% - avtotransport infratuzilmasini, 22,9% - temir yo'l 
infratuzilmasini va 9,4 % - aviasion transportni modernizatsiyalashga sarflanishi 
prognozlashtirilgan.
Hukumat 
qarori 

doirasida 


avtomobil 
va 
temir 

yo'llari, 


ko'priklar 
modernizatsiyalanmoqda, avtotransport vositalari parklari, temir yo'l lokomotivlari va 
vagonlar parklari yangilanmoqda, yangi o'rta va uzoq masofaga parvoz etuvchi 
yo'lovchi kemalar o'zlashtirilmoqda. I chorakda 19,5% ulushga ega transport, 
shuningdek savdo va umumiy oqatlanish xizmatlariga O'zbekistonda ko'rsatilgan 
bozor xizmatlarining qariyb yarimi to'g'ri keldi. 2012 yilning I choragida chakana 
tovar aylanmasi hajmini 11% oshirilishi oziq – ovqat mahsulotlari, kundalik extiyoj 
mollariga bo'lgan talabning ortishi bilan izohlanadi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilda respublikada 
98,4 ta chakana savdo ob'ekti hiobdan o'tgan. Supermarket, do'kon va savdo 
pavilonlarining soni 32 dan 35 ortgan. Chakana savdo obyekti va umumiy oqatlanish 
sohasiga 65 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar jalb etilgan. Ekspertlarning qayd 
etishicha mamlakatda chakana savdo hajmining ortib borishining yana bir omili 
sifatida plastik kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish tizimi dinamik sur'atlari 
bilan rivojlanishi bilan izohlamoqdalar.
Bandlikning dinamik rivojlanishi saqlanib qolgan soha – aloqa va 
axborotlashtorish xizmatidir. I chorakda ko'rsatilgan bozor xizmatlaridagi umumiy 
hajmining 6,8% ni tashkil etdi. O'sish esa 2011 yildagi muvofiq davrga nisbatan 
33,2% ni tashkil etgan.
Aholiga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish va yurtdoshlarimizning turmushi 
darajasini yaxshilash yuzasidan mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. 
. Jumladan, xalqimiz farovonligini yuksaltirish maqsadida 2009 yil - “Qishloq 
taraqqiyoti va farovonligi yili”, deb e’lon qilinib, qishloqlarimiz infratuzilmasini 
tubdan yaxshilash, zamonaviy uy-joylar barpo etish, qishloq aholisining turmush 
darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan alohida davlat dasturi 
tasdiqlandi. Ana shunday ulkan o‘zgarishlarning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimiz 
Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari hamda 2013yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida ushbu 
sohani rivojlantirishga yana bir bor e’tibor qaratilib, 2013yilda qishloq joylarda 

168 
namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish ko‘lamini yanada 


kengaytirish alohida o‘rin tutishi zarurligi alohida ta’kidlandi. 
Qabul qilingan Davlat dasturi asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan: 
 qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish, 
qishloqda turar-joy va ijtimoiy soha ob’ektlari barpo etilishini loyihalashtirish 
tizimini tubdan takomillashtirish; 
 qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada 
rivojlantirish asosida qishloqdagi turmush sifatini oshirish; 
 mamlakatimizning o‘zida qurilish materiallari ishlab chiqarishni 
kengaytirish, yig‘ma konstruksiyalar va mahalliy materiallardan foydalangan holda, 
qishloqda ob’ektlar qurilishining industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etish va 
boshqalar. 
"Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturiga muvofiq qishloq 
qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash, 
qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy 
qurilishida uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida 
2009 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1083-sonli qarori 
bilan “Qishloq qurilish bank”i tashkil etildi. 
Namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar 
quyidagilar hisoblanadi: 
 “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-sonli 
qarori; 

 «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarori; 
 «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini tashkil 
etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 martdagi 90-sonli 
qarori; 

 «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha 


chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 
avgustdagi PQ-1167-sonli qarori; 
 «Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy 
qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 
imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son 
qarori; 

 «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida «Qishloq qurilish invest» 


injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari 

169 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 


oktyabrdagi 280-sonli qarori; 
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 
"Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko‘p martalik transh 
bo‘yicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida" gi 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-sonli qarori; 
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 yanvardagi “2012 yilda 
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish 
dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1687-sonli qarori; 
 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 oktyabrdagi 
“2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar 
qurilishi bo‘yicha dasturni tayyorlash choralari” to‘g‘risidagi 291-sonli qarori; 
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi “2013 yilda 
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha individual uy-joy qurilishi bo‘yicha 
dastur to‘g‘risida”gi PQ-1902-sonli qarori.
Mamlakatimizdagi "Qishloq qurilish invest“ injiniring kompaniyasi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qaroriga muvofiq 
qishloq joylarda uy-joy qurilishini tashkil etish bo‘yicha yagona buyurtmachi 
tashkilot hisoblanadi.
"Qishloqqurilishloyiha" MCHJ esa qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy 
jihatdan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini 
tubdan yaxshilash, shu asosda qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida 
tashkil qilingan korxona hisoblanadi. 
O‘zbekistonda namunaviy uy-joy qurilishini tashkil qilishning namunaviy 
loyihasi "Qishloqqurilishloyiha" loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan va 
tasdiqlangan uy-joy loyihasi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiallari va 
texnologiyalarini yurtimiz mintaqalarining tabiiy iqlim sharoitlarini va joylarning 
relefini, ijtimoiy demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi. 
Namunaviy uy-joy qurilishi fuqarolarga kredit berish yo‘li bilan iste’molchilarga 
sotiladi va fuqarolarga kredit ajratish shartlari quyidagicha: 
 murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan; 
 kreditga layoqatli qishloq fuqarolariga; 
 namunaviy loyiha bo‘yicha uy-joy qiymatining 25 foizdan kam bo‘lmagan 
miqdorda boshlang‘ich badalini to‘plaganlaridan so‘ng; 
 eng kam ish haqining 1000 barobarigacha (shuningdek, uy-joy smeta 
qiymatining 75 foizigacha); 
 imtiyozli foiz stavkasi bilan; 
 asosiyqarzniqaytarishbo‘yichabiryilmuddatgaimtiyozlidavrbilan; 
 15 yil muddatgacha kredit ajratiladi. 

170 
Aholi tomonidan kredit olish esa quyidagicha belgilangan:


1. Qishloq qurilish injiniring kompaniyasining tegishli filialiga murojaat qilib, 
namunaviy loyihani tanlaydi va dastlabki shartnomani tuzadi. 
2. Loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi mablag‘ni omonatga qo‘yib, 
kredit olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etadi.
3. Bank tomonidan dastlabki badal qo‘yilgani va kredit ajratishga ijobiy xulosa 
berilganidan so‘ng QQI IK xududiy filiali bilan uy-joy qurilishi uchun asosiy 
shartnoma imzolanadi.
4. QQI IK bilan tuzilgan shartnoma asosida qurilish bosqichma-bosqich 
moliyalashtiriladi. Bunda avval 25 foiz avans to‘lovlari, ular moliyalashtirilganidan 
so‘ng kredit, keyin yakuniy to‘lov amalga oshiriladi. 
5. Ob’ekt davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va uy-joy egasiga 
topshiriladi. 
Download 33.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling