Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi ahamiyati. Reja
Download 39.49 Kb.
|
Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy iqtisodiy hayotidagi ahamiyati(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Industrial ishlab chiqarishni servis faoliyatiga ta’siri. “Mo‘l-ko‘lchilik jamiyati” yoki “iste’molchilar jamiyati” sifatlari
Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi ahamiyati. Reja: 1.Industrial ishlab chiqarishni servis faoliyatiga ta’siri. “Mo‘l-ko‘lchilik jamiyati” yoki “iste’molchilar jamiyati” sifatlari. 2.Industrial rivojlanishni salbiy tomonlari. “Iste’mol jamiyati” doirasida servis faoliyatini o‘rganishga yondashish. 3. Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi ahamiyati. 4. Servis faoliyati ehtiyoj sifatida . 5.Tovar va xizmat, ideal va real xizmatlar o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar. 6.Xizmatlarni standartlashtirish va individuallashtirish o‘rtasidagi va boshqa qarama-qarshiliklari. Servis faoliyatini boshqa qarama-qarshiliklari. 1.Industrial ishlab chiqarishni servis faoliyatiga ta’siri. “Mo‘l-ko‘lchilik jamiyati” yoki “iste’molchilar jamiyati” sifatlari Zamonaviy turdagi xizmatlar industrial madaniyatni shakllantirgan G’arbiy Yevopa davlatlarida paydo bo’ldi. Industrial madaniyat doirasida rivojlanayotgan davlatlarga ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni xuquqiy asosda joriy etilgan va rivojlantirilgan yetuk tovar-pul shaklidagi kapitalistik munosabatlar xos. Bu jamiyatlarni iqtisodiy amaliyotida ishlab chiqarish mehnatini ilmiy bilimlar va o’zlashtirilgan texnologiyalar bilan birlashishi ro’y beradi. Bu qo’l mehnatini ommaviy idustrial ishlab chiqarish bilan almashishiga olib keladi. Bunday ishlab chiqarishni asosiy bo’g’ini yirik mashina asosidagi sanoat hisoblanib, u odamni og’ir jismoniy mehnatini bosqichma-bosqich mashina ishi bilan almashtiriladigan, o’zaro bog’langan ishlab chiqarish tuzilmalarini birlashtiradi. Bu masshtabli ishlab chiqarish birlashmalarni faoliyat yuritishi uchun unda turli kasb va malakali ishchilarni jamlanishi lozim. Ular o’zaro xamkorlikda bir xil andozadagi tovar yaratadilar, natijada maxsulot ishlab chiqarishni yuqori sur’atlariga va katta xajmlariga erishiladi. Industrial sanoat ishlab chiqarishni murakkab strukturasi xo’jalikni turli soxalari o’rtasida resurslarni yangi qayta taqsimlanishiga ko’maklashib, jamiyatni strukturasini, odamlarni xayot tarzini chuqur o’zgarishlariga olib keladi. Endi ko’p resurslar an’anaviy jamiyatdagi kabi savdo ishida emas, balkim katta ishlab chiqarish va kredit bank sektorida to’planadi. Shahar aholisini ulushi o’sib boradi, jamiyatni tabaqalanishini chuqurlashtiruvchi va mashinalarni ishlatish bilan bog’liq yangi kasblar paydo bo’ladi. Industrlashtirishni birinchi bosqichida aholini ma’lum qatlamini iqtisodiy ahvolini yomonlashuvi ro’y bersada, ammo, XIX asrni oxirida rivojlangan g’arb davlatlarini aholisi industrlashdan yutib chiqqanligi ma’lum bo’ldi. Bunga nafaqat sanoat, shuningdek ko’pgina g’arb davlatlarini mustamlakalarini mavjudligi ko’maklashdi va ulardan sanoat rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tabiiy resurslar olib kelinar edi. Ilmiy-texnikaviy revolyusiya jamiyatda texnika bilan bog’liq bo’lgan va tadbirkorlarga keng ommaga murojaat qilish imkonini beruvchi yangi kommunikasiya vositalarini (kitob, gazeta, jurnallarni chop etilishi) paydo bo’lishiga olib keldi. Aloqa texnikasini rivojlanishi natijasida informasiyani tarqatishni boshqa usullari (radio, kino, televideniye, kompyuter) ham paydo bo’ldi. Ommaviy kommunikasiya vositalari (ommaviy informasiya vositalari, mass-media) industrial jamiyatda doimiy ravishda an’analardan uzoqlanilishiga olib keladi. Ommaviy informasiya vositalarini tarqalashi natijasida xalq san’ati, mifologiyani ahamiyati yo’qolib boradi, odamlar tomonidan borliqni o’zlaricha va boshqa o’ziga xos anglash shakllari tugallanadi. Nafaqat shahar, shuningdek qishloq aholisi ham texnogen muhit bilan o’ralgan bo’lib, ular odamlarni miflar dunyosida, romantik hayollar og’ushida qolib ketishiga yo’l qo’ymaydi va ularni dunyoga pragmatik qarashga majbur qiladi. Ishlab chiqarish strukturalari va servis tashkilotlari ommaviy informasiya kanallarini ommabop san’at, ommabop informasiya va reklamani uzatish vositasiga aylantirib, shaxs va jamiyat ongiga ta’sir etishadi. Endi odamlarni talab va iste’molchilik hatti-harakatlari nafaqat chinakkam ehtiyojelar bilan, balkim reklama va mass-media tomonidan qo’llab quvvatlanadigan soxta ehtiyojlar bilan belgilanadi. Industrial jamiyatda ehtiyojlari bir xil bo’lmagan qatlam va guruhlarni turli-tumanligi darajasi oshib boradi. Bular esa hozirgacha mavjud bo’lmagan yangi ne’mat va xizmatlarni paydo bo’lishi imkoniyatini oshiradi. Bu paytgacha ahamiyatli hisoblangan uy xo’jaligini ijtimoiy-iqtisodiy mav’qyeini o’zgarishiga olib kelinadi. Endi uni a’zolari uy xizmatchilari yoki o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyillariga suyana olishmaydi. Ular tovar-bozor, turli kasblar asosida ishlovchi va o’z ishini ishlab chiqarish faoliyati tamoyillari asosida tashkil etuvchi jamiyat xizmat ko’rsatish sektoridan foydalanishga majbur bo’lishadi. Industrial jamiyatda ishchi shaxsi bilan bog’liq hammasi tubdan o’zgaradi. Ishchilar endi an’anaviy me’yorlar yoki ajdodlar vasiyatlariga ko’ra emas, balkim kasbiy tayyorgarligi, malaka darajasi, umumiy madaniyatini o’sib borishiga muvofiq mehnat qilishadi. Shu sababli G’arbiy Yevopa davlatlarida umumiy va kasbiy ta’lim tizimi jadal rivojlandi. Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling