5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1354944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5 мавзу



86 
5-MAVZU. TABIY VA SANOAT CHIKINDILARI ASOSIDAGI
GOVAK TOLDIRUVCHILAR. 

Reja. 
1.Vulqon ko‘rinishidagi to‘lliruvchilar. Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi
to‘lliruvchilar.
2.Boyitilgan g‘ovak to‘ldiruvchilar. Sanoat chikindilari asosidagi to‘lliruvchilar.
Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
3.Metallurgiya shlaki. Yokilg‘i shlaki. Kul va kul- shlakli aralashmalar. 
4.Yogoch chikinlilari va boshka sanoat chikindilari asosidagi to‘ldiruvchilar. 
Turli g‘ovak tog‘ jinslaridan yengil betonlar uchun yaroqli to‘ldiruvchilar ishlab 
chiqariladi. Bu to‘ldiruvchilar ham kerakli mustahkamlikka ega bo‘lib, zich tog‘ 
jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo‘lishiga qaramay, talabdagi sinfdagi beton 
olish uchun yetarli. 
G‘ovak to‘ldiruvchilar donasi yirikligi bo‘yicha qum (5mm gacha) va chaqiq tosh 
bo‘linadi. Chaqiq tosh esa quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5...10mm, 10...20mm va 
20...40 mm. CHaqiq tosh quyidagi yiriklik bo‘yicha ham ruxsat etiladi: 5...20mm yoki 
5...40mm. 
G‘ovak to‘ldiruvchilarning asosiy markalari uyilma zichligi bo‘yicha o‘rnatiladi. 
Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kg/m3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 500 markaga mos 
keladi, uyilma zichligi 600 kg/m3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 600 markaga mos keladi va 
boshqa.
GOST 32496-2013 ga asosan g‘ovak chaqiq toshning markasi 300,350,400 va 
hokazo 1200 gacha 100 kg/m3 oraliqda o‘rnatiladi. G‘ovak qumning markasi 
500...1400 kg/m3 ni tashkil yetadi. 
Bundan tashqari, yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi uning mustahkamligi 
bo‘yicha ham o‘rnatiladi, ya’ni silindrda maydalanishdagi mustahkamligi bo‘yicha 
aniqlanadi. G‘ovak to‘ldiruvchining mustahkamligini betonda sinash orqali aniqlash 
maqsadga muvofiqdir. Standart bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarni turli markalari 
bo‘yicha yengil betonlarda qo‘llash tavsiya etilgan. Shu sababli to‘ldiruvchilarning 
asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo‘llash bir- biri bilan bog‘liqdir. Qoidaga 
asosan, g‘ovak to‘ldiruvchilarning fraksiyalari qancha kichik bo‘lsa, uning donalari 
zichligi va uyilma zichligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi 
maydalashda kamayishi, ya’ni materialning yirik g‘ovakligi buzilishida yuzaga kelishi 
bilan tushuntiriladi. 
G‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning mustahkamligi 
xam ortadi. To‘ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan tog‘ jinsi 
mustahkamligidan yetarlicha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, to’ldiruvchilarni ishlab 


87 
chiqarishda g’ovakli tog’ jinsining siqilishga bo’lgan mustahkamlik chegarasi talab 
etilgan betonni mustahkamlik chegarasidan 50% dank am bo’lmasligi kerak. 
Shag‘alning yumshash koeffitsienti g‘ovak tog‘ jinslaridan olinsa, u holda 
konstruksion-issiqizolyasion betonlar uchun 0,6 dan kam bo‘lmasligi, konstruksion 
betonlar uchun esa 0,7dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar kelib chiqishi bo‘yicha vulqon yoki cho‘kindi bo‘lishi 
mumkin. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling