5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kul-Shlаk chiqindilari resurslari
- Kul-Shlаkli chiqindilari tavsifi (yoqilg‘i turiga ko‘ra)
97 Kul va kul-Shlаkli aralashmalar. Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘mir yoqilg‘isida ishlovchi o‘nlab issiqlik elektrostansiyalari (IES) ishlamoqda va katta hajmda kul-Shlаk chiqindilari (KSHCH) xosil bo‘lmoqda. Ularning faqat 8 % ga yaqini utilizatsiya qilinmoqda. O‘zbekistonda mavjud kul-Shlаk chiqindilari resurslari 5.2- jadvalda berilgan. Kul-Shlаk chiqindilari resurslari 5.2 – jadval Angren GDES Yangi-Angren GDES Farg’ona IES jami, ming т shu jumladan : kul-unos kul-shlаkli aralashma 400 389 20 1100 1045 50 40,0 5 35 Ma’lumotlarga ko‘ra - boshqa davlatlarda kul-Shlаk chiqindilarini ishlatilishi milliy va xalqaro assotsiatsiyalar tomonidan koordinatsiya qilinmoqda. Bular ko‘mir yoqish maxsulotlari Evropa assotsiatsiyasi, ko‘mir kuli Amerika assotsiatsiyasi, mineral maxsulotlarni marketingi Germaniya assotsiatsiyasi. Misol uchun Germaniya va Daniyada bir yilda xosil bo‘ladigan kullarning 100% ga yaqini qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda, va ta’kidlash lozimki Germaniyada kul chiqindilari joylarini tashkil qilish qonun bilan taqiqlangan. AQSH, Buyuk Britaniya, Polsha, Xitoyda bir yilda xosil bo‘ladigan kullarning 50-70% gacha ishlatilmoqda. Maxsulotlar bozorida kul-Shlаk aralashmalar asosiy iste’molchilari – qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatidir. Kul-Shlаk aralashmalar ishlatilishi qurilish materiallarni tannarxini eng kamida 15-30% ga kamaytiradi (sement, quruq qurilish aralashmalari, beton, qurilish qorishmalari va b.) Beton tarkibiga GOST 25818-91 talablariga javob beradigan IES kullari kiritilishi mumkin. Kul-Shlаkli chiqindilari tavsifi (yoqilg‘i turiga ko‘ra): 1. Kul-cho‘kindilari – siklon va elektrofiltrlarda ushlab qolingan kul zarrachalari, siloslarda to‘plangan 2. Yoqilg‘i Shlаklari – yoqilg‘i yonishi natijasida xosil bo‘ladi (o‘choq pastki qismida eritmaga suv ta’sirida xosil bo‘ladi). 3. Kul-Shlаk aralashmasi (KSHA) – kul chiqindilari va yoqilg‘i Shlаklarini o‘choqda xo‘l usulda ushlab qolinishi natijasida xosil bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling