5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja


Boshqa sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1354944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5 мавзу

Boshqa sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar 
Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari. Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari 
bo‘lgan yaroqsiz beton va temir- beton buyum va konstruksiyalar, tovar betonlarning 
qoldiqlari, hamda ekspluatatsiya muddatini o‘tagan buyumlar etarli hajmda yig‘iladi 
va ularni qurilishda betonga to‘ldiruvchi sifatida qayta ishlatish mumkin. 
Bu chiqindilarni maxsus jihozlarda qayta ishlanadi. 
YAroqsiz beton va temir- beton buyum va konstruksiyalar qayta ishlash ikki 
bosqichdan iborat: dastlab buyumlar buziladi, armaturasi ajratib olinadi, so‘ng 
ajratilgan beton massasi maydalanadi. Maydalangan material 0.....70 mm fraksiyaga 
ajratiladi . 
G‘isht chaqiq toshi. Beton uchun to‘ldiruvchi sifatida oddiy sopol g‘ishtni 
maydalashda olingan g‘isht asosidagi chaqiq toshni qo‘llash mumkin. G‘isht, gilli 
xomashyoni kuydirishda olingan boshqa sopol materiallar singari etarlicha 
mustahkamlikka ega. 
G‘ishtning zichligi - 1,7 g/sm
3
, u asosida engil to‘ldiruvchi hisoblanadigan. uyilma 
zichligi 800 - 900 kg/m

bo‘lgan chaqiq tosh olinadi.
Bunday chaqiq toshlar asosida mustahkamlik chegarasi 10-15 MPa va zichligi
1800-2000 kg/m
3
bo‘lgan beton olinadi, ya’ni bunday betonlar oddiy og‘ir 
to‘ldiruvchili betonga nisbatan 20% ga engil bo‘ladi. 
Asbestotsement buyumlari chiqindilari. Asbestotsement buyumlar ishlab 
chiqaruvchi korxonalarda qirqindi, uvoq, yaroqsiz maxsulotlar kabi chiqindilar hosil 
bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular umumiy mahsulotning 3% hajmini tashkil etishi 
mumkin. CHet elda va O‘zbekisonda olib borilgan izlanishlar, shuni ko‘rsatmoqdaki, 
asbestotsement chiqindilari engil betonlar uchun samarali to‘ldiruvchi vazifasini 
bajarishi mumkin. 
Shuningdek, sanoat va shaxar chiqindilari - rezina va plastiklar bo‘laklari, shahar 
maishiy chiqindilariga termik va qayta ishlov berib, maydalangan tog‘ jinslari bilan 
birga yo‘l qurilishida, hamda beton olishda ishlatish mumkin. 
Sanoat chiqindilarini to‘ldiruvchi sifatida qo‘llanilishi xam iqtisodiy, ham ekologik 
nuqtai nazardan juda dolzarbdir.



102 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling