5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja
Vulqon ko’rinishdagi to‘ldiruvchilar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу
Vulqon ko’rinishdagi to‘ldiruvchilar.
Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan jinslardan tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari Shlаklar, pemzalar, tuflar, g‘ovak bazalt, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Vulqon Shlаklari. Vulqon Shlаki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida uchraydi. Vulqon Shlаki suyuq magmani asosiy tarkibining jo‘shib havoga otilib chiqib, qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon Shlаki asosidagi qum va chaqiq tosh yirik toshlarni qisman maydalash va saralash (fraksiyalash) natijasida olinadi. Vulqon Shlаkining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i Shlаki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon Shlаki chaqiq toshining uylma zichligi 400-850 kg/m3, qumniki 650-1300kg/m3. Vulqon Shlаki to‘ldiruvchi sifatida turli vazifani bajaruvchi yengil betonlarda ishlatiladi. Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, ya’ni magmaning ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning yer ostidan chiqishida bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Bunda eritmadagi erigan gazlar pufakchalar holatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning qovishqoqligi ortadi va ular tolali tuzilishidagi g’ovakli jinslar ko’rinishda soviydi, rangi och malladan kulrang ranggacha bo‘ladi. Tabiatda pemza qum, chaqiq tosh yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatida uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish kar’yerlarni qayta ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi va tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi. Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli aylanadan yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi 85% ga yetadi. Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100 kg/m3 ni, chaqiq toshniki esa 400-900 kg/m3 ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm3 ni tashkil qiladi. Pemzaning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni tashkil etadi. Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi (ya’ni g‘ovakli materialning mustahkamligi zichligiga proporsional) : R=Ap n 88 bu erda: A=1 (mazkur materialning parametri); yacheykali tuzilishga ega materialning daraja ko‘rsatkichi n=2. Nisbatan mustahkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi pemzalar (ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) yuqori markadagi yengil konstruktsion betonlar olishda ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruksiyalar, ya’ni tom yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshootlari ishlab chiqariladi. Pemzaning yengil turlari issiqizolztsion va konstruktsion-issiqizolztsion yengil betonlarda qo’llaniladi. Tuflar va lava tuflari. Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, vulqon kullarining turli darajadagi zichlanishi va qizib birikishi natijasida yuzaga keladi. Lava tuflari esa bu tezda qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon changi va qumlari mavjud bo‘ladi. Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh kesish mashinalarida qayta ishlangan, konlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p hajmi chiqindiga aylanadi) ni maydalash va navlarga ajratishda engil betonlar uchun yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m3 g‘ovak chaqiq tosh va uyilma zichligi 700-1000 kg/m3 bo‘lgan g‘ovak qum olinadi. Tuflar donador strukturaga ega. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, ba’zan yacheykali strukturaga ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi: R=Apn bu yerda: A=1; lava tuflari uchun n=3, tuf uchun n=4 va undan yuqori Shu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari, tuflarga nisbatan mustahkam, lekin pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha turlarining suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi etarli bo‘lmaydi, bu uning strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. Bunday tuflar betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling