OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Xalqaro Nordik universiteti
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi
4-Guruh talabasi Sarimsaqova Soxiba Xolmurod qizining
“Maktabgacha ta’limda Sog’lom ovqatlanish texnalogiyasi” fanidan
Mavzu: Ovqatlanish ratsionidagi oziq – ovqat maxsulotlari.
Reja
-
Bolalar ovqatining asosiy tamoyillari. -
Qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunchalik yaxshi… -
Issiq va sovuq ovqat -
Bolalar ovqatining asosiy tamoyillari
Uyning poydevori mustahkam bo‘lsa, uning o‘zi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu qurilish ishlarida ishlatiladigan tushuncha bo‘lsa-da, uni inson organizmiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uning organizmiga keyinchalik rivojlanishi uchun “baquvvat” ovqat zarur bo‘ladi. Albatta bu haqda, birinchi navbatda, bolaning ota-onasi qayg‘uradi. Bolaning salomatligi aynan ularga bog‘liq.
Asosiysi ota-onalar to‘g‘ri ovqatlanish sabog‘ini birinchi bo‘lib o‘zlashtirishlari lozim.
Qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunchalik yaxshi…
Bola organizmida u yoki bu foydali moddaga tanqislik bo‘lmasligi uchun xilma-xil aralash ovqat zarur. Bola ratsioniga o‘simlik va mol mahsulotlarini kiritish juda muhim. Ba’zilarini o‘zingiz tayyorlashingiz, boshqalarini esa pishirilmagan holda berishingiz mumkin. Bunday birikmalar tufayli maxsus boyitilgan mahsulotlarga bo‘lgan zarurat yo‘qoladi.
Bir xillikdan qoching
Bola organizmi barcha narsaga tez o‘rganib qoladi, shu bois bolani muayyan bir xil ovqatga o‘rgatish tavsiya etilmaydi. Undan faqat vegetarianlar ovqatini iste’mol qilishni talab etish yoki faqat yuqori kaloriyali mahsulotlar bilan ovqatlantirish mumkin emas. Sut foydali albatta, ammo ovqat ratsioniga boshqa mahsulotlarni kiritmasangiz bolada oziqlantiruvchi moddalar, vitaminlar, mikroelementlar, yog‘ kislotalari yetishmasligi rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |