5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja


Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1354944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5 мавзу

Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar. 
Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan karbonat g‘ovak 
ohaktoshlar va chig‘anoqlar, ba’zida krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi. 
Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m3 dan kam bo‘lgan va uylma zichligi 
1000 kg/m3 gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik 40-50%) 
olinadi, bu material O‘zRST 8267-93 tavsifi bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarga 
mansub. 
Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh 
bo‘laklarining sementlashgan holatidagi yig‘indisini mujassamlashtiradi. Ular oddiy 
mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi. 


89 
Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m3 ni tashkil etadi, bunda 
siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak ohaktoshlarda esa 
zichlik 1600-1800 kg/m3 ni tashkil etib, bunda mustahkamlik chegarasi 25MPa gacha 
bo‘ladi. 
Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari ham uchraydi - ohaktosh tufi 
ko’rinishida, uning zichligi 1400-1800 kg/m3 bo‘lib, siqilishga mustahkamlik 
chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi. 
G‘ovak ohaktoshlarning mustahkamlik chegarasi 4-5 chi darajali zichligiga 
proporsional bo‘lib, bunda g‘ovaklik pemza, lava tuflari va vulqon tufiga nisbatan 
mustahkamlikning 
katta 
miqdorda 
pasayishiga 
olib 
keladi. 
Shuningdek, 
chig‘anoqlarning zichligi pasayishi (5-6 chi darajada) bilan uning mustahkamligi yana 
ham ko’proq pasayadi, bu esa chig‘anoq donalarining kompakt bo‘lmagan holda 
joylashgani bilan izohlanadi. 
Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari 
mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu sababli g‘ovak ohaktosh va 
chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m3 va 
mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin.
G‘ovak ohaktosh va chig‘anoq zahiralari O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, Ukraina, 
Moldaviya, Ozarbayjon va Rossiya’ning ba’zi viloyatlarida keng tarqalgan. Ulardan 
asosan massiv arralangan tosh materiallari olinadi. Ularning konlarda qolgan 
chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi. 
Ba’zi rayonlarda g’ovakli chig‘anoqlar, ya’ni, bir-biri bilan sementlanmagan 
chig‘anoqlar va ularning siniqlari uchraydi. Bu material betonlar uchun bevosita 
to‘ldiruvchi sifatida yoki maydalab ishlatilishi mumkin.
Cho‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, alevrolit 
ishlatiladi, ularni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta 
zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m3, siqilishda 
mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Tuzilishi – pfhhfkb, 
maydag’ovakli.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xalsedon 
ko‘rinishda uchraydi. Ular sement ishqorlari bilan faol bog‘lanadi. Shuning uchun, bu 
to‘ldiruvchilarni sementli betonda qo‘llash xavfli, ular korrozion jarayonlarni keltirib 
chiqishi mumkin. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling