5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja


Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1354944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5 мавзу

Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar. 
Foydali qazilmalarni qayta ishlashda, ko’pincha foydali qazilmaga yo’l ochish uchun 
yo’l-yo’lakay turli tosh linslarini qazishga to’g’ri keladi. Ayniqsa, konlarni ochiq 
usulda qayta ishlashda ochish ishlari hajmi kata. 
Ko’pincha, foydali qazilmaning hajmi 10....15% ni tashkil etadi, ochish jinslarning 
hajmi esa 90% ni tashkil etadi, ko’pincha yo’l-yo’lakay qazib olinadigan jinslar, 
mohiyati bo’yicha foydali qazilma bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda 
tashlab yuboriladi. 
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan 
ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini bosadi. 
Shu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga nisbatan 
2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik chegarasi 30-
35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin (bunda zarralar shakli noqulay bo’lib, 
sement sarfini 8-12 % ga oshishiga olib kelishini inobatga olinmaydi). 
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va shartlarga 
javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton to‘ldiruvchilari uchun 
texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va shu bilan birga bu talablar 
sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham ta’luqlidir. Davlat standartlari 
faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab 
oladi. 
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom ashyoni 
qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza qilishda ham 
samaralidir. 
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton 
uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo 
materiallar sifatida qo‘llaniladi. 
Masalan, tog’ jinslari konidan chiqadigan ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar 
keramzit olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. 
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma vaqt alohida 
qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi. 
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish 
vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh shaklida 
hosil bo‘ladi. 
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-kvarsitlari 
asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha kremnezyom 


94 
va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda qum (yiriklik moduli 
1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. 
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan 
yuqori mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi. 
Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi 
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va 
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar xosil 
bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar asosidagi g‘ovak 
chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m
3
ni tashkil etadi. Ulardan 
mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng yengil 
betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi. 
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy g‘ovak 
to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish 
mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu sababli ko‘mir boyitish 
chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi tarkibidagi ko‘mir 
miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun etarli hisoblanadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling