5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja
Kullar va sement klinkeri tarkibi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу
Kullar va sement klinkeri tarkibi
5.3 - jadval Kul tarkibi % da Sement klinkeri tarkibi % da SiO 2 35 – 60 SiO 2 19-24 Al 2 O 3 15 – 35 Al 2 O 3 4-8 Fe 2 O 3 20 Fe 2 O 3 2-6 SaO 30 SaO 63-68 Ozroq miqdorda MgO, SO 3 , ishqorlar va boshqa birikmalar mavjud Jadvaldan ko‘rinib turibdiki kul tarkibi sement klinkeri tarkibiga yaqin, shuning uchun undan beton tayyorlashda samarali foydalanish mumkin. Ko‘p yillik nazariy va eksperimental tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, energetik sanoatining yoqilg‘i chiqindilari mineral qismi unikal xossalarga ega. Og‘ir betonlarda yirik va mayda to‘ldiruvchilar o‘rniga kul-Shlаk aralashmalarini ishlatilishi asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Kul dispersli material bo‘lib, asosan 0,16 mm dan kichik bo‘laklardan tashkil topadi. 0,16mm ko‘zli elakda qolgan qoldiq 20-40% ni tashkil etadi. Kul bo‘laklari g‘ovak strukturaga ega. Quruq kulning uyilma zichligi yoqilg‘i turi va uni yoqish sharoitidan kelib chiqib 600-1300 kg/m 3 ni tashkil etadi. O‘zRST 694-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-changi. Texnik shartlar” ga ko‘ra kuldan mayda to‘ldiruvchi sifatida tabiiy yoki maydalangan qum, hamda granullangan Shlаk bilan aralashtirib betonda foydalanish yaxshi samara beradi. Bu sement sarfini kamaytirishga va beton xususiyatlarini yaxshilashga olib keladi. Hozirgi vaqtda kuldan zich va yacheykali kulbetonlarda, hamda mayda to‘ldiruvchi sifatida og‘ir va yengil betonlarda foydalaniladi. Kuldan foydalanishdagi qiyinchiliklar asosan issiqlik elektrostansiyasi pechlarida kullar suv ta’sirida tozalanadi. Kulning esa quruq holatida sifati va samaradorligi yuqori bo‘ladi. Konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi yengil betonlarda issiqlik elektrostansiyasi kullaridan mayda to‘ldiruvchi sifatida ishlatishdagi texnik shartlarda uning donadorlik tarkibi va undagi xavfli qo‘shimchalar keltirilgan. Sifati past ko‘mirni yoqishda hosil bo‘lgan kulning tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 5% gacha, tosh ko‘mir va antratsitni yoqishda hosil bo‘lgan kul tarkibida esa 12 % gacha (massa bo‘yicha) standartda ruxsat etiladi. 99 Ko‘p hollarda kul tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 20% gacha, ba’zan esa 40% gacha tashkil etadi. Bunda, kullarni to’ldiruvchi sifatida ishlatish, ayniqsa armaturalangan konstruktsiyalarda chegaralangan, lekin sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun homashyo sifatida qo’llash maqsadga muvofiq. O‘zRST 694-96 ga asosan kul-Shlаkli aralashmani qo’llash reglamentlangan. Qo’llanillishi bo’icha kul-Shlаkli aralashmalar ikki sinfga bo’linadi: A - og’ir beton uchun; B – yengil beton uchun. Va ikki turga bo’linadi: I – temir-beton konstruktsiyalar uchun; II - beton konstruktsiyalar uchun. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling