5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja
Yog‘och chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fibrolit plitalar
Yog‘och chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar
O‘zbekiston chegaralarida o‘rmonlar notekis taqsimlangan. O‘rmon xo‘jaligi Bosh Boshqarmasining hisobotiga ko‘ra Davlat o‘rmon fondi 1991 yilda 5467 ming ga tashkil topgan bo‘lsa, oxirgi yillardagi xukumatimiz sayi harakati bilan o‘rmon fondi bir necha bor oshdi. Xozirgi vaqtda o‘rmon fondi 8775.4 ming ga ni tashkil etadi. Yog‘och Markaziy Osiyo regionida defetsit material hisoblanadi. O‘zbekistonga yog‘och asosan Rossiya va Qozog‘istondan tashib kelinadi. O‘zbekistonda yog‘och chiqindilari yog‘ochni qayta ishlash korxonalari, mebel, duradgorlik buyumlari, qurilish detallarini tayyorlashda xosil bo‘ladi. Bu chiqindilar yog‘ochning alohidagi qismlari, qirindilar va qipiqlardan tashkil topadi. Shunindek shox-shabadalar va po‘stlog‘ini maydalash natijasida ham xosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda yohoch chiqindilaridan yog‘och tolali va yog‘och qipiqli plitalar va boshqa qurilish materiallari olishda, qog‘oz-sellyuloza, gidroliz sanoatida keng foydalaniladi. Yog‘och chiqindilaridan to‘ldiruvchi sifatida qo’llab arbolit, fibrolite va boshqa buyumlar tayorlanadi. Arbolit sement, organik to‘ldiruvchilar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv aralashmasidan tayyorlanadi. Organik to‘ldiruvchilar sifatida yog‘och navlarning maydalangan chiqindilaridan foydalaniladi. Arbolitdan buyumlar tayyorlash texnologiyasi juda oddiy va organik to‘ldirgichlar tayyorlash operatsiyalarini, masalan, yog‘och navlarining chiqindilarini maydalash, to‘ldirgichni sement qorishmasi bilan aralashtirish, hosil bo‘lgan aralashmani qoliplarga quyish va uni zichlash, qoliplangan buyumlarni qotirishni o‘z ichiga oladi. 100 5.1-rasm. Arbolitning tuzilishi Arbolit zichligining uncha yuqori bo‘lmasligi bilan xususiyatlanadi - zichligi 700 kg/m 3 dan kam (issiqizolyasiya arbolitni o‘rtacha zichligi 400 kg/m 3 va undan past), siqilishda mustahkamligi 0,5 dan 3,5 MPa gacha, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,1 – 0,22 Vt/m 0 S (yoki (0,07-0,19 Vt/mK). U qator qimmatbaho qurilish xususiyatlariga ega: biochidamli, qiyin yonadi, sovuqqa chidamli, yaxshi arralanadi va parmalanadi. Arbolit asosan kam qavvatli binolarda sovuq o‘tkazmaydigan maternial va devor materiali (kam o‘lchamli blok va panellar) sifatida, ko‘p qavvatli binolarda to‘siqlar, osma devor panellari va unchalik katta bo‘lmagan yuklama ostida ishlaydigan orayopma plitalarini materiali uchun qo‘llaniladi. Fibrolit plitalar yog‘och juni va sement xamiridan iborat massani presslash usulida bajariladi. Yog‘och juni uskunalarida yog‘och chiqindilaridan tayyorlanadi. U uzunligi 400-500 va eni 4-7 mm yupqa lentalar ko‘rinishiga ega. Sementli fibrolitda yog‘och juni armatura bo‘lib xizmat qiladi. Fibrolit plitalarni ishlab chiqarish jarayoni murakkab emas va qo‘yidagi bosqichlardan iborat: portlandsementni suvda qorish, sement xamirini yog‘och juni bilan aralashtirish , massani qoliplarda presslash, kameralarda plitalarni bug‘latish, opalubkasini olish va plitalarni quritish va hokazo. Fibrolit plitalarning uzunligi 2400 va 3000, eni 600 va 1200 hamda qalinligi 30-150 mm . Zichligi bo‘yicha fibrolit plitalar 250 dan 500 kg/m 3 gacha markalarga bo‘linadi, bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi tegishlicha 0,15 dan 1,8 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,08 dan 0,1 Vt /(m 0 S) gacha. Sement-fibrolit plitalardan pardevorlar qilish uchun, devorlar va chordoq orayopmalarini isitish uchun foydalaniladi. Shu bilan birga qipiqli betonlar ham qurilishda keng ishlatiladi, bunda to‘ldiruvchi sifatida yog‘och qipiqlari va ba’zan tabiiy qum aralashmasi qo‘llaniladi. Zig‘irpoya asosidagi beton ham keng ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan barcha turdagi mineral to‘ldiruvchilardan farqli o‘laroq, yog‘och chiqindilari va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash chiqindilari organik to‘ldiruvchilar hisoblanadi. 101 Bunday to‘ldiruvchilarni sementli betonda qo‘llashda sementning qotishi va gidrotatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish zarur. Ular tarkibidagi vaqt o‘tishi bilan yuzaga keluvchi organik kislotalar va qandli moddalar betonning qotishini sekinlashtiradi, sement toshini yemirilishiga olib keladi. Shu sababli bunday to‘ldiruvchilarni qo‘llashdan oldin maxsus qayta ishlash kerak. Ayniqsa yog‘och chiqindilarini suvga solish, ohakda ekstrakt moddalarni neytrallash, kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling