Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi ahamiyati. Reja


Mavjud ehtiyojlar va ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar


Download 38.35 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi38.35 Kb.
#1061122
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi ahamiyati

Mavjud ehtiyojlar va ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Ushbu fundamental qarama-qarshilik teng holatda tovarlarni ishlab chiqish va xizmatlarni ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Xizmatlar ko‘rsatish sohasida mijozlar ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari uch asosiy omillar tufayli to‘xtatib turiladi:
- moddiy resurslarning cheklanishi (to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab, servis korxonalarining moliyaviy va texnik imkoniyatlari);
- kerakli darajadagi moddiy resurslar bo‘lgan holda ham xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha u yoki bu vazifani hal qilish imkonini bermaydigan bilimlar, tajribalar va servis texnologiyalarining bo‘lmasligi.
- ushbu jamiyatda mavjud bo‘lgan urf-odatlar, ananalar va ma’naviy normalar bilan.
Ushbu qarama-qarshiliklar servis tizimi faoliyati amaliyotida qanday namayon bo‘ladi? Servis firmalari moddiy resurslarining cheklanganligi xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish imkonini bermaydi va kapitalni jalb qilishning yangi usullarini qidirishga undaydi. Lekin, yangi mablag‘larning jalb qilinishi ushbu qarama-qarshilikni hal qilishda yordam berishi mumkin, qachonki, talabga ega bo‘lgan servis xizmatining yangi yo‘nalishlarini taklif etish imkoni bo‘lsa. Qonuniy va ma’naviy normalar ham ko‘pchilik hollarda jamiyat ehtiyojlari bilan nizoga olib keladi. Masalan, hokimiyatni qo‘lga kiritgan Tolibon harakati Afg‘onistonda oddiy kosmetik xizmatlar uchun o‘lim jazosi bilan qo‘rqitdi va televizor ko‘rishni taqiqladi. Yana bir misol, 1917 yildan keyingi o‘zgarishlar shunga olib keldiki, yirik professional guruh bo‘lib hisoblangan uy xizmatkorlarining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ldi.
Sovet hokimiyati davrida uy xizmatkori sifatidagi ish ijtimoiy fikrga ko‘ra juda salbiy baholanardi. Unga ko‘ra, ushbu turdagi servis faoliyati bilan shug‘ullanuvchining inson sifatida qadr-qimmati xo‘rlanishi aniqdir. Shu sababli hozirgi paytgacha bizning davlatimizda uy xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘pchilik aholining ma’naviy dunyoqarashi bilan qarama-qarshilikka bormoqda va natijada yomon qondirilmoqda (asosan xususiy tartibda va to‘g‘ri kelgan odamlar tomonidan).

Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling