Ideal va real xizmatlar o‘rtasidagi qarama qarshiliklar. Ideal xizmat-bu real xizmatning nazariy modelidir, ya’ni xizmatlar bajaruvchisining yo‘nalishni ko‘rsatuvchi etalonidir. Bir tomondan real xizmat ushbu etalonga yaqinlashishi lozim, ikkinchi tomondan ideal modelning o‘zi to‘plagan tajriba va talabning o‘zgarishini inobatga olgan xolda takomillashadi.
Xizmatlar ko‘rsatishning real jarayonida shu narsa ko‘zga tashlanadiki, ideal xizmatning u yoki bu modeli vaqt o‘tishi bilan jamiyat ehtiyojlari bilan qarama qarshi bo‘ladi, shu sababli o‘zgatirilib turilishi lozim. Ideal va real xizmatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning doimiy rivojlanishining va ularning o‘z-o‘zini boyitishini, servis tizimi faoliyatining intensiv yo‘nalishlari bo‘lib hisoblangan axborot, ta’lim, bank, transport, sayyoxlik xizmatlarida kuzatish mumkin. Xizmatlarning ideal shaklini o‘zgartirmasdan turib, odatda servis tizimi faoliyatini takomillashtirishning imkoni bo‘lmaydi.
6.Xizmatlarni standartlashtirish va individuallashtirish o‘rtasidagi va boshqa qarama-qarshiliklari. Servis faoliyatini boshqa qarama-qarshiliklari
Tovar bozorini standartlashtirish va rivojlangan davlatlar aholisining hayot tarzini bir xillashtirish, katta hajmli bir biriga o‘xshash standartlashtirilgan xizmatlarga ehtiyojlarni shakllantiradi. Shu vaqtning o‘zida mijozning yakka tartibdagi o‘ziga xos ehtiyojlarini inobatga olish san’ati servisni rivojlantirishning juda katta rezervi bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun, servis tizimi faoliyatida xizmatlar ko‘rsatishning universal standart usullari va har bir mijozning ehtiyojlarini inobatga oladigan xizmatlar o‘rtasidagi balansni izlashga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida taklif qilinayotgan xizmatlarning jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshiradi. Sayyoxlik va ta’limda turli xil ekskursiya va ta’lim dasturlari, moliya faoliyatida - bank xizmatlarining (pul qo‘yish sharoitlari, kredit turlari va hokazolar.) keng turi hisoblanadi. Ya’ni, ushbu xizmatlar alohida kategoriyadagi mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |