•Servis logistikasi tushunchasi, uning mohiyati va maqsadi Iqtisodiy logistikada tijorat va sеrvis tushunchasi
Download 76.79 Kb.
|
Iqtisodiy logistikada tijorat va servis tushunchasi
Ularga quydgilar kiradi:
omborхona inshoatining asosiy o`lchamlari; mехanizatsiyaga ehtiyoj; qo`shimcha yordamchi vositalar va uskunalarga ehtiyoj; ish kuchiga ehtiyoj va qo’shimcha mеhnat rеsurslarini jalb qilish. Alohida tovar guruхlari ichida quydgi shartlarga rioya qilgan holda guruхchalar bo`yicha tartibga kеltirishni o`tkazish zarur: Bir хil ulchamlar va konstruktsiyaga ega joylashtiriladigan birliklarni alohida omborхona bo`limlariga joylashtirish kеrak. Omborхona bo`limi uzunligi doirasida joylashtiriladigan birliklar tarkibiy qismlarining qat`iy bеlgilangan miqdori o`rnatiladi. Agar tovarlar bеvosita bir-birlari ustiga joylashtiriladigan bo`lsa, ularning miqdori oldindan aniqlanishi va bеlgilangan miqdordan oshib kеtmasligi kеrak. Sarmoyalar kiritishda xarajatlar omborga joylashtirish tехnologiyalarini taqqoslashda baholash ko`rsatkichlari sifatida bo’lishi mumkin: uskunaning tехnik imkoniyatlari va unga ehtiyoj; omborхona ob’еktidan foydalanish хarajatlari; omborхona хodimlariga ehtiyoj; omborхona sigimining kattaligi; omborхona maydonlariga ehtiyoj; Logistik tizim omborlarni boshkarishni avtomatlashtirish. Sanoat ishlab chikarish, mahsulotlarni taqsimlash va sotish rivojlanishining hozirgi zamon yo`nalishi еtkazib bеrishga tayyorgarlikning yuqori darajasini ta’minlash bilan bogliq. Bunda еtkazib bеrishning tеzligi va sifatiga buyurtmalarni omborхona zahiralarini oshirish hisobiga emas, balki informatikani rivojlantirish, ya’ni intеgratsiyalashgan aхborot tizimi (IAT) hisobiga erishish mumkin. Logistikaning intеgratsiyalashgan aхborot tizimi ostida logistik jarayonlarni boshqarish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlarni yig`ish, uzatish va qayta ishlashni ta’minlovchi tizimni tushinish kеrak. SHuning bilan birga logistik jarayonlar хomashyosini olishdan tortib to mahsulotlarni uning istе`molchilariga еtkazib bеrishgacha bo`lgan butun zanjirni qamrab olishi kеrak. Bundan mablag` kiritishning asosiy tamoyili kеlib chiqadi: mablag`larni omborхona zahiralarini yaratish uchun emas, balki moddiy va aхborot oqimlarning zamonaviy tizimlarini yaratish uchun kiritish kеrak9. IATni yaratish quydagilarga yordamlashadi: 1-shakl. Omborga joylashtirishning eng qulay tехnologiyasini tanlash. iqtisodiy jarayonlarni modеllashtirish uchun ma’lumotlarni yigish, uzatish va qayta ishlashni amalga oshirish; eng qulay tovar harakatini bеlgilash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish; moddiy rеsurslar buyurtmasi miqdorini aniqlash; omborхona хo`jaligini tехnik ta’minlash boshqarish jarayonini avtomatlashtirish; An’anaviy avtomatlashtirilgan tizimlarga nisbatan IAT bir, qator afzalliklarga ega, ulardan muhimlari quydagilardir. aхborotlarni uzluksiz (intеgratsiyalashtirilgan) yig`ish; tashqi muhit va korхona faoliyati haqida aхborotlarning katta hajmi ; muhim ma’lumotlarni saqlash; markеting rеjasini moslashtirish; qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni olishning yuqori tеzligi; ishlab chiqarish xarajatlari va foydaning tahlili; Logistik servis darajalari. Hozirgi kunda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarishning o`zi kifoya qilmaydi. Mahsulotni xaridorga eltib berish jarayonida ishlab chiqaruvchi yana qo`shimcha xizmatlar taklif qiladi, ya’ni iste’molchining talab ehtiyojlarini to`liq qondirishga urinadi. Logistik xizmat (logistik servis) bu - mahsulotni eltib berish jarayonida ko`rsatiluvchi xizmatlar jamlanmasidir. Logistik servisning ob`ekti vazifasini material oqimdagi turli-tuman iste’molchilar bajaradilar. Logistik servis yoki ta’minotchining o`zi tomonidan yoki mahsulotlarni eltib berishga ixtisoslashgan maxsus ekspeditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi. Logistik xizmat ko`rsatishga oid ishlar uch guruhga bo`lish mumkin: Logistik servisni ro`yxatga olishga qaratilgan sotuvgacha bo`lgan ishlar—asosan, bu servisning darajasini rejalashtirish ishlarini o`z ichiga oladi. Mahsulotlarni sotish jarayonida amalga oshiriluvchi logistik xizmatga oid ishlar: assortimentni yig`ish, qadoqlash, yuk birliklarini shakllantirish va boshqa operatsiyalar; eltuvchining ishonchliligini ta’minlash; eltib berish muddatlarini qisqartirish; yuklarning bosib o`tgan yo`li borasida ma’lumot taqdim etish. 3. Sotuvdan keyingi xizmatlar. Bu kafolat, xaridorlardan kelib tushayotgan shikoyatlarni ko`rib chiqish va hk. Sotilgan mahsulotlar reestrini yaratish sifatli mahsulotlar sarfini aniq belgilash, domiy nuqsonli mahsulotlarni aniqlash va ulardagi nusqonni bartaraf qilishga doir chora-tadbirlar ko`rish imkonini beradi. Barcha sotuvdan keyingi xizmatlarni shunga oid tajribaga ega bo`lgan maxsus servis xizmatlari amalga oshirishlari lozim.10 Tashkilotning logistik xizmat ko`rsatish darajasi bir nechta omillarga ko`ra baholanishi mumkin. Baholash quyidagi formulaga ko`ra bo`lishi ham mumkin. Servis darajasini ayrim logistik xizmatlarni bajarishga ajratilgan vaqtni bir guruh logistik xizmatlarga sarflanajak vaqtga taqqoslash orqali ham baholash mumkin. Mahsulot yetkazib beruvchining logistik servis darajasini baholash uchun quyidagi omillar qo`llaniladi. Etkazib berishning ishonchliligi; Buyutmani qabul qilib olish va mahsulotlar partiyasini etkazib berish uchun to`liq vaqt; Ta’minotning moslashuvchanligi; Ta’minlovchi omborida zahiraning mavjudligi; kreditlar berish imkoniyati va hk. Etkazib berishning ishonchliligi – bu ta’minlovchining kelishuvda ko`rsatilgan etkazib berish sanalariga, belgilangan muddatlarga amal qila olish layoqatidir. Ta’minotning moslashuvchanligi bu ta’minotchi tomonidan mijozlarning alohida talablarini inobatga ola bilishlaridir: buyurtma shaklining o`zgarishi, qadoqlash va o`rashning o`zgarishi, buyurtma holati haqida ma’lumot olish istagining tug`ilib qolishi va hk. Har bir alohida servis tashkiloti uchun logistik servisning sifatini baholash omillari turlichadir. Masalan, o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish do`konlaridagi logistik servis darajasini ikki omilga ko`ra baholash mumkin11: mahsulot assortimenti; xaridorlarga kassa xizmati ko`rsatish tezligi; Shunda servis darajasi ko`rsatkichlari quyidagi ko`rinishda bo`ladi. Mahsulotlar assortimentiga ko`ra servis darajasi; Kassa xizmati tezligiga ko`ra servis darajasi; Xizmat ko`rsatish tezligini shuningdek bitta mijozga xizmat ko`rsatishning o`rtacha vaqtidan kelib chiqib ham aniqlasa bo`ladi. Ammo, bu tegishli o`zgarishlarni taqozo etadi. Transport tashkiloti uchun logistik servis xizmatini baholash omillari esa etkazib berish ishonchliligi, yukni ortish-tushrish vaqti, qo`shimcha taklif qilinuvchi xizmatlar soni va hokazolar bo`lishi mumkin. Logistik servisning optimal hajmini belgilash. Logistik servis sifatining oshishi bilan kompaniyaning savdo hajmi ham kengayadi, buning ketidan esa daromadi ham. Biroq, xizmat doirasining kengayishi o`z ortidan tashish xarajatlari ko`payishini ham olib keladi. Shuning uchun ham logistikaning muhim vazifalaridan biri servisning optimal darajasini aniqlashdan iboratdir. Logistik servisga yo`naltirilgan nomuqobil tushumlar eksponensial harakter kasb etadi, ya’ni xarajatlarning ma’lum bir bosqichiga yetilganida ular keskin ko`payib ketadi. Zero servisning boshlang`ich bosqichi uncha katta bo`lmagan sarmoyalardangina iboratdir. Ammo, bozor talabining o`sib borishiga muvofiq tashkilot ham katta mablag’ talab qiluvchi tadbirlarga qo`l urishiga to`g`ri keladi. Tashkiliy tadbirlar natijasida shkillanuvchi nomuqobil tushumlar quyidagi shaklda bo`ladi: ko`pchilik bozorlar sotuvchidan servisning minimal darajasini talab qiladi. Aks holda tashkilot bozorga qabul qilinmaydi. servisning ma’lum darajasiga yetishgandan keyin uning kelgusidagi rivojiga bozorning aralashuvi yo`qoladi. Nomuqobil tushumlar bozorning reaksiyasi orqali belgilanadi va kompaniya tomonidan olib borilgan raqobat jarayoni, odatda, nomuqobil harajatlarga ta’sir etmaydi. Logistik servisni yaratish va uning hajmini optimallashtirish. Xaridorlar tayyor mahsulotni sotib olish jarayonida ishlab chiqaruvchining logsitik tizimdagi faoliyatini ham inobatga oladi ya'ni ta’minotchining raqobatbardoshligiga assortiment ham, taklif etilayotgan xizmatlar ham ta’sir ko`rsatadi. Logistik xizmatlar va ularning sifati o`zgarishi mumkin bo`lgan muayyan diapazonlar miqdori, xizmatlarning firma raqobatbardoshligi xarajatlari hajmiga ta’siri, shuningdek, boshqa ko`pgina omillar iste’molchilarga logistik servis ko`rsatish sohasida maxsus strategiyaga ega bo`lishlik lozimligini ko`rsatadi. Logistik servis tizimida harakatar ketma-ketligi quyidagi tizim bo`yicha shakllanadi: iste’mol bozorini segmentlash; haridorlar uchun eng kerakli xizmatlarni aniqlay bilish; xizmatni turkumlash; bozorning alohida segmentlari kesimida xizmat standartlarini aniqlashtirish; ko`rsatiluvchi xizmatni baholash, servis darajasi va ko`rsatilayotgan xizmat narxida o`zaro aloqani o`rnatish, kompaniya raqobatbardoshligi uchun zarur bo`lgan servis darajasini belgilash; xaridorlar talablari bilan xizmatlar o`rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash uchun xaridorlar bilan qayta aloqani o`rnatish. Servis xizmatlari ko`rsatishdagi xarajatlarni qisqartirish uchun kompaniya o`z resurslarini odatda xaridorlar tomonidan aytilgan xizmatlar orasida ular uchun hammasidan ham muhimroq bo`lganlariga urg`u berishga sarflaydi. Qoidaga ko`ra, ishlab chiqarish hajmining ortishi (son yoki assosrtiment hisobiga) servis darajasining ham ortishini yetaklab keladi. Bozor iqtisodiyoti asosida jahon iqtisodiyotining keng va tez rivojlanayotgan qismi yotadi. Ilmiy adabiyotlarda xizmat turi va usullarining xilma-xil tartiblanuvlari uchraydi va ularning har biri servis faoliyatiga o`ziga xos nuqtai nazarni ifodalaydi. Toshkent shahri hududi misolida ko`rsatilgan xizmat turlarini ko`rib chiqib, ulardan quyidagilarni ajratish mumkin: 1)Ishlab chiqaruvchiinjiniring dastgoxlarga xizmat ko`rsatish va ta’mirlash va hk. Taqsimlovchi – tijorat, transport, aloqa; Professional – bankga oid, sug`urtaga oid, moliyaviy, konsultatsion, reklamaga oid; Iste’molchilik – uy-ro`zg`or xo`jaligi va vaqtni o`tkazishga qaratilgan xizmatlar jamlanmasi; Jamiyatga oid tele, video, radio, ta’lim, madaniyat. Bozor iqtisodiyoti va uning infratuzilmasini rivojlanishi bilan transport xizmati ham taraqqiy etmoqda. Transport xizmatlariga bo`lgan talab asosan ayni shu hududdagi amalda ishlab turgan transportlar sifatidan kelib chiqiladi. Hozirigi kunda Toshkent shahrining jamoat transporti bu avtobuslar, metro va yo`nalishli taksilardir. Toshkent shahrida transport xizmatini taklif qiluvchi yuzlab, minglab tashkilotlar yaratildi. Avtotashuvlardan tashqari, shuningdek professional temir yo`l tashuvlari xizmati ham mavjud. Temir yo`llari zichligi bo`yicha Toshkent shahri respublikamizda 1-o`rinda turadi. So`nggi vaqtlarda respublikada xizmatlar orasida tadbirkorlikning mustaqil shakli qaror topmoqda konsultativ (konsalting). Konsalting, professional xizmat ko`rsatish jarayoni sifatida mijozga uning faoliyati samaradorligini oshirishga oid ma’lumotlar va tavsiyalar bilan yoki muammolarini yechib berish yo`li bilan ko`mak berish ko`rsatiladi. Odatda, konsalting xizmatiga quyidagi bozor sektorlari ajratiladi: IT-konsalting, soliq konsaltingi, strategik konsalting, baholash faoliyati, moliyaviy konsalting, yuridik konsalting, personal bilan ishlash, ishlab-chiqaruv konsaltingi, marketing konsaltingi12. Huhudiy bosqichda ham reklamalarning keng spektrini alohida ta’kidlash o`rinli. Asosan bular moliyaviy, auditorlik, soliq va konsalting xizmatlaridir. Hozirgi kundagi xizmatlar o`rtasida turar-joyni ta’mirlash va qurishga, shuningdek, ro`zg`or va kommunal xizmatlarga qaratilgan iste’mochi xizmatlari (ommaviy xizmatlar) alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xo`jalik xizmatlari orasida eng katta ulush, davlat statistikasi xizmatining Toshkent shahar bo`limi ma’lumotlariga ko`ra, turar joy qurish va ta’mirlash xizmatlari egallaydi–35,4%, avtotransport mahsulotlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatish – 21,4%. Bunga sabab ushbu xizmat turi narxining oshib ketganligi va bozorda juda k`op tayyor kiyim mahsulotlari paydo bo`lganligi bilan bog`liq. Shunga qaramasdan, hududda kichik tadbirkorlikning rivojlanishi bilan ba’zi xizmat turlarida o`sish holatlari kuzatilgan. Umuman, kichik tashkilotlarning katta qismini haligacha iqtisodiy faoliyatning “ulgurji va chakana” savdo, avtotransport vositalari, xo`jalik texnikasi va shaxsiy foydalanuv uchun mo`ljallangan buyumlar ta’miri” yo`nalishi yetakchilik qimoqda. Download 76.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling