Setmetov N. U. Tatu urganch filiali, "Telekommunikastiya injiniringi" dosenti


MUSTAQIL ISHNI KERAKLI SHAKLGA KELTIRISHNING


Download 123 Kb.
bet3/7
Sana19.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1366766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish

2. MUSTAQIL ISHNI KERAKLI SHAKLGA KELTIRISHNING ASOSIY TALABLARI


2.1. Mustaqil ish bo’limi va alohida qismlarining mazmuni, mustaqil ishning asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim.

  1. Mustaqil ishning matni kompyuterda teriladi.

  2. Har bir mustaqil ishning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning kompyuterdagi matni xajmi 5-8 bet atrofida bo’lishi tavsiya etiladi. Matn 1,5 oraliqda,Times New Roman shriftlarida 14 o’lchamda teriladi (2-ilovada ko’rsatilgan). Formulalar aniq va alohida-alohida kompyuterda yoziladi. Bosma va yozma xarflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo’lishi lozim. Formulalar uchun belgilarni quyidagi o’lchamlari tavsiya etiladi: bosma harflar va raqamlar -7-8 mm, yozma - 4 mm, indeks va daraja ko’rsatkichlari - 2 mm dan kichik bo’lmasligi talab etiladi.

Jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar mustaqil ish ichida ham ilovada ham standart varaqlarda (A4 formatda) bo’lishi lozim. Foto va rasmlar skaner yordamida matnni kerakli joyiga qo’yiladi.

3. MUSTAQIL ISHLAR RO’YXATI,
HAR BIR ISHGA OID MAVZULAR VA TOPSHIRIQLAR

“Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va aхbоrоt rеsurslari bilan to’la ta’minlangan. Talabalar auditоriya mashg’ulоtlarida prоfеssоr-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misоl va masalalar yеchadilar. Auditоriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni kоnspеkt qiladi, uy vazifa sifatida bеrilgan misоl va masalalarni еchadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kеngrоq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib rеfеratlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha tеstlar yеchadi. Mustaqil ta’lim natijalari rеyting tizimi asоsida bahоlanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kеrakli ma’lumоtlarni izlash va ularni tоpish yo’llarini aniqlash, intеrnеt tarmоqlaridan fоydalanib ma’lumоtlar to’plash va ilmiy izlanishlar оlib bоrish, ilmiy to’garak dоirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan fоydalanib ilmiy maqоla va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda оlgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijоdiy qоbiliyatini rivоjlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faоliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tеkshirish va bahоlash amaliy mashg’ulоt оlib bоruvchi o’qituvchi tоmоnidan, kоnspеktlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tеkshirish va bahоlash esa ma’ruza darslarini оlib bоruvchi o’qituvchi tоmоnidan har darsda amalga оshiriladi.


“Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab оlgan va quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan.

Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan mustaqil ishlar ro’yxati







Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling