Seysmik to`lqinlar Seysmik toʻlqinlar - Seysmik toʻlqinlar - zilzila oʻchogʻi, portlash, kuchli zarba va boshqa tebranish hamda silkinish manbalaridan tarqaladigan tebranishlar. Kuchli zilzila oʻchogʻiga yaqin joylarda seysmik toʻlqinlar sekundning 1/10 ulushiga teng vaqtda vayron qiluvchi kuchga ega boʻladi. Epitsentrdan ancha uzoq masofadagi seysmik toʻlqinlar elastik toʻlqinlar hisoblanadi. Deformatsiya turiga koʻra, boʻylama, koʻndalang va sirtki toʻlqinlar tarqalishiga ko'ra quydagilarga bo'linadi:
- Plitalarning ma’lum bir qismida hosil bo‘lgan kuchlanishlarning qiymati material uchun chegaraviy kuchlanishning qiymatidan oshsa, shu qismda yorilish, siljish yoki uzilish ro‘y berishi mumkin. Natijada to‘plangan energiyadan tezlik bilan bo‘shashish jarayoni sodir bo‘lib, Er sharining har tomoniga tarqaladigan seysmik to‘lqinlar hosil bo‘ladi. Ular elastik muhitlarda (ya’ni tog‘ jinslarida) tarqalganligi uchun, elastik to‘lqinlar ham deyiladi. Ko‘p zilzilalar natijasida hosil bo‘ladigan seysmik to‘lqinlar plitalarning uzilishi natijasida hosil bo‘ladi (agar manba 70 km dan kamroq chuqurlikda joylashgan bo‘lsa).
- Bu holda hosil bo‘ladigan to‘lqinlar asosan uch turga bo‘linadi, ya’ni: bo‘ylama, ko‘ndalang va sirt to‘lqinlariga.
- 1. Bo‘ylama, cho‘zilish-siqilish yoki R – to‘lqini, tovush to‘lqinini ifodalaydi (1.5a-rasm). Bu to‘lqinning tarqalishida tog‘ jins zarralarining harakati to‘lqin yo‘nalishi bilan mos tushadi. Bu to‘lqin barcha seysmik to‘lqinlar ichida eng tez tarqaluvchi to‘lqin bo‘lib, u qattiq jismda, suvda va havoda bemalol tarqaladigan to‘lqindir.
- 2. Ko‘ndalang, siljish yoki S – to‘lqini, yorug‘lik to‘lqiniga yoki torning kundalang tebranishiga o‘xshab tarqaladi (1.5b-rasm). Bu to‘lqinning tarqalishida tog‘ jins zarralari to‘lqin yo‘nali- shiga perpendikulyar ravishda harakatlanadi. Bu to‘lqinning tarqa- lish tezligi bo‘ylama to‘lqinning tarqalish tezligining taxminan 0,6 qismini (ya’ni VS ≈ 0,6 VP ) tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |