Seysmoprognostik monitoring respublika markazining vazifa va bajaradigan funksiyalari
Download 120.37 Kb. Pdf ko'rish
|
f334ea17ae58c0d0f7c93274de8eea53
Seysmoprognostik monitoring respublika markazining vazifa va bajaradigan funksiyalari Markazning asosiy vazifasi bo‘lib: seysmiklikni nazorat qilish maqsadida kuzatilayotgan xududlardagi sodir bo‘lgan zilzilalar xaqidagi ma’lumotlarni qayd etish xamda qayta ishlash; Respublikaning yuqori tashkilotlariga, O‘zbekiston uchun M≥4,0 va Markaziy Osiyo uchun M≥5,0 bo‘lgan kuchli va talofatli zilzilalar xaqida tezkor xabar xizmatini amalga oshirish; O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ro‘yxatiga asosan nazorat qilinayotgan xududlarda barcha ro‘y berayotgan sezilarli va kuchli zilzilalar xaqida yuqori tashkilotlarni o‘z vaqtida xabardor qilish; dala-tadqiqot ishlarini amalga oshirib seysmiklikni kuzatish, Erosti suvlarida gidrogeologik kuzatuvlar olib borish, geofizik maydonlar variatsiyalarini o‘rganish va Respublika va unga chegaradosh xududlari seysmofaol maydonlarining er qobig‘i zamonaviy xarakatini o‘rganish, shuningdek, aloxida seysmik xududlarda kerakli kuzatuvlarni olib borish; sifatli va uzluksiz seysmik, geofizik, gidrogeokimyoviy va boshqa ma’lumotlarni uzluksiz xamda kutish xolatida ishlayotgan statsionar jixozlar yordamida qabul qilish va bu ma’lumotlarga birlamchi ishlov berish; o‘rganilayotgan xududda majmuaviy prognostik poligonlarni tashkil qilish va rivojlantirish; O‘zbekiston va unga chegaradosh xududlarda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalarning epitsentrlari zonalarida, bundan tashqari yuqori tashkilotlar topshirig‘ini bajarishda seysmik, geofizik va boshqa kuzatuv turlarini tashkil qilish va ish olib borishini ta’minlash; O‘zR FA Seysmologiya instituti (direksiyasiga) prognoz komissiyasiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida etkazib berish; zilzilalarning tezkor katalog va byullitenlarini tuzish, seysmologik, gidrogeoseysmologik va geofizik ma’lumotlar arxivini shakllantirish; seysmik, geofizik va kompleks prognostik stansiyalar tarmog‘ini takomillashtirish va rivojlantirish, alohida stansiyalar va to‘liq tizimli ish samaradorligini oshirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradigan uskunalar tizimi, jixozlari sifatini yaxshilash; qo‘llanilayotgan geofizik, gidrogeokimyoviy va gidrodinamik kuzatuvlar qo‘llanilayotgan usullarini takomillashtirish xamda yangilarini sinab ko‘rish; kuzatuv ma’lumotlari xamda qayta ishlash ma’lumotlarni xalqaro ayirboshlashda meyoriy majburiyatlarni bajarishda, xalqaro loyihalar va tadqiqotlarda qatnashishni ta’minlash. Markaz oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan xolda quyidagi ishlarni bajaradi: tadqiqotlar, laboratoriya-tajribalari va izlanishlar tasdiqlangan va o‘rnatilgan reja asosida olib boriladi; ishlar zamonaviy jaxon ilmiy yutuqlaridan foydalangan xolda ularning tavsiya xamda ilmiy maslaxatlariga ko‘ra tashkillashtiradi; shtat tarkibini istiqbolli mutaxassislar bilan to‘ldirish ustida doimiy tadbirlar o‘tkaziladi; sug‘urta kompaniyalari so‘rovlariga javoban bo‘lib o‘tgan zilzila kuchi xaqida ma’lumotnoma beradi. Download 120.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling