Sezar shifrlash algoritmi. Shifrlash, kalit, shifrmatn va deshifrlash ishining mazmun mohiyati


Ochiq matn – bu biz shifrlashimiz kerak bo’ladigan ixtiyoriy uzunlikdagi matn. Kalit


Download 1.83 Mb.
bet4/7
Sana12.03.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1261850
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IL 100% Matchanov Suxrobb bbbbbbbbbbbbbbbb

Ochiq matn – bu biz shifrlashimiz kerak bo’ladigan ixtiyoriy uzunlikdagi matn. Kalit – bizga berilgan alifboni surish pozitsiyalar soni.
Avvalo alifboni biror jadvalga yozib olamiz. Bu jadvalning pastgi qatoriga berilgan kalit uzunligidagi pozitsiyani surish orqali hosil qilingan shifrlangan alifboni yozamiz. Bunda alifbo bilan shifrlangan alifbolarning harflar joylashish tartibi o’zgartirmaslik lozim. Yani alifboning birinchi harfining tagiga shifrlangan alifboning birinchi harfi, ikkinchisining tagiga ikkinchi harf to’g’rima-‘to’g’ri joylashtirish kerak. Keyingi ish shifrmatnni hosil qilish bo’lib, alifbodagi harflardan bizga berilgan ochiq matn harflarini topib shu harf tagidagi shifralifboning harfini yozib olamiz va ochiq matnning har bir harfi shunday yozib olinadi. Ish ohiriga yetkazilganda bizda tushunishning imkoni yo’q bo’lgan harflar ketma-ketligidan iborat matn hosil bo’ladi. Bu shifrmatn bo’lib hisoblanadi.
Bir ko’rishda tushunishning qiyinligi bilan bu shifrlash algoritmini oson deb aytib bo’lmaydi. Ammo bu shifrlash algoritmi Sezar ekanligini va bunga qo’shimcha kalitni ham aytilishi ishni anchagina osonlashtirib qo’yadi.
Maxfiy topshiriqlarni maktub orqali jo’natishda topshiriqning maxfiyligini ta’minlash maqsadida Yuliy Sezar o’z maktublarida quyidagi shifrlash algoritmidan foydalanadi. Maktubda ishtirok etgan katta va kichik lotin harflarining o’rniga alifboda shu belgidan K ta keyin kelgan harfni yozadi (u alifboda z harfidan so’ng yana a harfi keladi deb hisoblaydi). Bunda har bir harfning o’rniga o’zidan keyingi o’rindagi harflarning joylashishi orqali xabarni maxfiylashtirishga erishadi. Bu algoritm xavfsizlik jihatdan ancha oddiy bo’lsa-da o’z davrining qiyinchilik tug’dirgan ximoyalash shifri bo’lgan. Bu shifrni buzish uchun kalit kerak bo’ladi. Sababi alifbodagi harflar o’rnini kalit soniga teng miqdorga o’zgartiradi.
Masalan: ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ alifboni K=4 kalit orqali shifrlaydigan bo’lsak, EFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZABCD shunday ko’rinishdagi alifboni hosil qiladi. Shifrlash uchun ikkala alifboni ustma-ust jadvalga yozib olamiz.
Misol sifatida biror bir so’zni shifrlab ko’rishimiz mumkin.

A

B

C

D

E

F

G

H

I

J

K

L

M

N

O

P

Q

R

S

T

U

V

W

X

Y

Z









































































E

F

G

H

I

J

K

L

M

N

O

P

Q

R

S

T

U

V

W

X

Y

Z

A

B

C

D




6





































5







4

1




2







3







Matn: SUXROBShifrmatn: WYBVSF
Sezar shifrlash algoritmi uchun dasturchilar tomonidan Delphi dasturlash tilida ishlab chiqilgan. Bunda kalit son beriladi, ochiq matnni kiritish oynasi, shifrmatnni chiqarish uchun oyna; va yana shuni teskarisi, ya’ni deshifrlash uchun ham ishlash joyi ham mavjud.
Dasturni ishga tushirganingizda, ekranda 3 ta matn maydonini o'z ichiga olgan asosiy menyu ko'rsatiladi (1.1 rasm):
1-maydon biz shifrlamoqchi bo'lgan yoki shifrini hal qilmoqchi bo'lgan matnni kiritish uchun;
2-maydon biz kerakli kalitni kiritish uchun terilgan matnni shifrlash (shifrini ochish);
3-maydon biz bajargan operatsiya natijasini ko'rsatish uchun mo'ljallangan.

1.1 rasm Ceaser Cipher dasturi ishga tushirilgan oynasi.
1-maydonga shifrlash uchun matnni va 2-maydonga kalitni kiriting. Keyin, "Shifrlash" ni tanlang va tugmani bosing(1.2 rasm):

1.2 rasm. Shifrlanuvchi ma’lumot kiritish qismi.
"Ishga tushirish" tugmasini bosgandan so'ng, 3-maydonda shifrlangan matnning natijasi ko'rsatiladi(1.3 rasm):

1.3 rasm. Shifrmatnni chiqalishi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling