Sezar shifrlash algoritmi. Shifrlash, kalit, shifrmatn va deshifrlash ishining mazmun mohiyati


Download 1.83 Mb.
bet5/7
Sana12.03.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1261850
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IL 100% Matchanov Suxrobb bbbbbbbbbbbbbbbb

1.3 Masalaning qo’yilishi.
Mening ishimda asosiy vazifa bu Sezar shifrini buzish dasturini ishlab chiqish. Bunday dasturlar oldindan bir nechta turlar yani web-dastur, android dastur va windows dasturlar yaratilganligi tufayli mavjud bo’lgan dasturlarning qo’llanilishini o’rgandim. Bunda men qilishim kerak bo’lgan ishlar quyidagilar:

  • Sezar shifri haqida izlanish olib borish va o’rganib chiqish.

  • Shifrlash va deshifrlashning ishlash algoritmlarini o’rganish.

  • Deshifrlash dasturini o’rganib chiqish.

  • Deshifrlash dasturining ishlatilish qo’llanmasini rasmlar bilan ifoda etgan holda ma’lumot to’plash.

  • Qilinga ishlar to’g’risida xulosa berish.


II-BOB. SEZAR SHIFRINI BUZISH DASTURI
2.1. Sezar shifrini buzish dasturini tuzishning algoritmi.
Sezar shifrlash eng oddiy shifrlash usullaridan biridir. Matnning har bir harfi boshqa harf bilan almashtiriladi, u alifboda asl nusxadan chapga yoki o'ngga ma'lum masofada joylashgan. Chapga yoki o'ngga masofa va yo'nalishni hisobga olgan holda, shifrlash kaliti hisoblanadi. Oddiy so'zlar bilan aytganda: agar kalit "3 o'ngga" bo'lsa, matnning har bir "a" harfi "d" harfi, "b" harfi mos ravishda "e" harfi bilan almashtiriladi. Bu algoritm Yuliy Sezar o’ylab topgan algoritm bo’lib maktublar, xatlarni dushman qo’liga tushib oshkora bo’lishidan himoyalash uchun ishlatilgan. Algoritmni buzishdan maqsad xatda yoki maktubdagi matnda nima yashirin ekanligini aniqlash bo’lgan. Sezar shifrini buzish asosan 4ta qismga ajraladi. Bunda malum bir usul orqali aniq ketma-ketlik bilan amallar bajariladi va natijaga erishiladi. Natijaga tez erishish uchun chastotani aniqlashdan foydalanish maqbul hisoblanadi.
Quyidagi dastur ishining mohiyati nimadan iborat:
1) Manba matnini so'rash;
2) Har bir harfning o'rtacha paydo bo'lish chastotasini toping;
3) Eng yuqori chastotali harfni toping (masalan, "g");
4) Aslida biz bu harfni "o" harfi deb hisoblaymiz;
5) "o" va "g" harflarining alifbodagi o'rnini bilgan holda, siljishning kattaligi va yo'nalishini aniqlash qiyin bo'lmaydi;
6) Qabul qilingan kalit yordamida matnning shifrini ochish.
Yuqoridagi mohiyat ketma-ketligini tavsiflab chiqadigan bo’lsak.
Manba matnini so’rash. Bu bizga berilishi kerak bo’lgan shifrlangan matn bo’lib hisoblanadi.
Har bir harfning o'rtacha paydo bo'lish chastotasini toping. Bu bizga berilgan manba matnidagi harflarni takrorlanishlarni hisoblash haqida gapirilgan. Yani har bir harf nechta marta qatnashishi bu chastotani bildiradi.
Eng yuqori chastotali harfni toping. Bu eng katta chastotali yani eng ko’p qatnashgan harfni tanlaymiz.(masalan “g” ni tanlab tursak)
Aslida biz bu harfni "o" harfi deb hisoblaymiz. Yani biz taxminiy tanlagan g harfni aslida o harf bo’lsin deb o’ylaymiz va harflar orasidagi masofani farqiga qarab k kalitni hisoblaymiz.
Qabul qilingan kalit yordamida matnning shifrini ochish. Bunda esa tayor kalit yordamida ochiq matn yoziladigan alifboni tuzib shifrmatnni deshifr qilib, ochiq matnni hosil qilamiz [3].

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling