Sezar shifrlash algoritmi. Shifrlash, kalit, shifrmatn va deshifrlash ishining mazmun mohiyati


Ochiq matn – bu biz shifrlashimiz kerak bo’ladigan ixtiyoriy uzunlikdagi  matn. Kalit


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana12.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1261878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IL 100 Matchanov Suxrob pdff

Ochiq matn – bu biz shifrlashimiz kerak bo’ladigan ixtiyoriy uzunlikdagi 
matn.
Kalit – bizga berilgan alifboni surish pozitsiyalar soni. 
Avvalo alifboni biror jadvalga yozib olamiz. Bu jadvalning pastgi qatoriga 
berilgan kalit uzunligidagi pozitsiyani surish orqali hosil qilingan shifrlangan 
alifboni yozamiz. Bunda alifbo bilan shifrlangan alifbolarning harflar joylashish 
tartibi o’zgartirmaslik lozim. Yani alifboning birinchi harfining tagiga shifrlangan 
alifboning birinchi harfi, ikkinchisining tagiga ikkinchi harf to’g’rima-‘to’g’ri 
joylashtirish kerak. Keyingi ish shifrmatnni hosil qilish bo’lib, alifbodagi 
harflardan bizga berilgan ochiq matn harflarini topib shu harf tagidagi 
shifralifboning harfini yozib olamiz va ochiq matnning har bir harfi shunday yozib 



olinadi. Ish ohiriga yetkazilganda bizda tushunishning imkoni yo’q bo’lgan harflar 
ketma-ketligidan iborat matn hosil bo’ladi. Bu shifrmatn bo’lib hisoblanadi. 
Bir ko’rishda tushunishning qiyinligi bilan bu shifrlash algoritmini oson deb 
aytib bo’lmaydi. Ammo bu shifrlash algoritmi Sezar ekanligini va bunga 
qo’shimcha kalitni ham aytilishi ishni anchagina osonlashtirib qo’yadi. 
Maxfiy topshiriqlarni maktub orqali jo’natishda topshiriqning maxfiyligini 
ta’minlash maqsadida Yuliy Sezar o’z maktublarida quyidagi shifrlash 
algoritmidan foydalanadi. Maktubda ishtirok etgan katta va kichik lotin 
harflarining o’rniga alifboda shu belgidan K ta keyin kelgan harfni yozadi (u 
alifboda z harfidan so’ng yana a harfi keladi deb hisoblaydi). Bunda har bir 
harfning o’rniga o’zidan keyingi o’rindagi harflarning joylashishi orqali xabarni 
maxfiylashtirishga erishadi. Bu algoritm xavfsizlik jihatdan ancha oddiy bo’lsa-da 
o’z davrining qiyinchilik tug’dirgan ximoyalash shifri bo’lgan. Bu shifrni buzish 
uchun kalit kerak bo’ladi. Sababi alifbodagi harflar o’rnini kalit soniga teng 
miqdorga o’zgartiradi. 
Masalan:
ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ
alifboni K=4 kalit orqali shifrlaydigan bo’lsak, 
EFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZABCD
shunday ko’rinishdagi alifboni hosil qiladi. Shifrlash uchun ikkala alifboni
ustma-ust jadvalga yozib olamiz. 
Misol sifatida biror bir so’zni shifrlab ko’rishimiz mumkin. 
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R 
S
T U V W X Y Z 






E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z A B C D 
6
5
4 1
2
3
Matn: SUXROBShifrmatn: WYBVSF 
Sezar shifrlash algoritmi uchun dasturchilar tomonidan Delphi dasturlash 


10 
tilida ishlab chiqilgan. Bunda kalit son beriladi, ochiq matnni kiritish oynasi, 
shifrmatnni chiqarish uchun oyna; va yana shuni teskarisi, ya’ni deshifrlash uchun 
ham ishlash joyi ham mavjud. 
Dasturni ishga tushirganingizda, ekranda 3 ta matn maydonini o'z ichiga 
olgan asosiy menyu ko'rsatiladi(1.1 rasm): 
1-maydon biz shifrlamoqchi bo'lgan yoki shifrini hal qilmoqchi bo'lgan matnni 
kiritish uchun; 
2-maydon biz kerakli kalitni kiritish uchun terilgan matnni shifrlash (shifrini 
ochish); 
3-maydon biz bajargan operatsiya natijasini ko'rsatish uchun mo'ljallangan 
 
1.1 rasm Ceaser Cipher dasturi ishga tushirilgan oynasi.
1-maydonga shifrlash uchun matnni va 2-maydonga kalitni kiriting. Keyin, 
"Shifrlash" ni tanlang va tugmani bosing(1.2 rasm): 


11 
 
1.2 rasm Shifrlanuvchi ma’lumot kiritish qismi.
"Ishga tushirish" tugmasini bosgandan so'ng, 3-maydonda shifrlangan matnning 
natijasi ko'rsatiladi(1.3 rasm): 
 
1.3 rasm Shifrmatnni chiqalishi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling