Sezgi deganda nimani tushunasiz?
Download 179 Kb.
|
psixologiya bbb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obraz li xotira
Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarni uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo‘ladi. Obrazli xotira – bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zaneydetik xotira – ba’zi individlarning(eydetiklar) avval idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta to‘laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling