Sezgi deganda nimani tushunasiz?


Download 179 Kb.
bet18/62
Sana16.04.2023
Hajmi179 Kb.
#1359391
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
psixologiya bbb

Temperament tiplari va ularning xususiyatlari haqida tushuncha bering
T.I.xolerik, melanxolik, sangvinik, flegmatik,

Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:


1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;
3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi. Agar turli odamlar temperamentlari taqqoslab ko`rilsa, unda temperamentlarning xususiyatlari jihatidan o`xshash juda ko`p guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda eramizning 1-asrlarida bir necha turli temperament tiplari haqida taxmin qilingan. Bunda temperament tipi deganda, odamlarning qandaydir juda ko`p guruhlarini ifodalovchi psixik xususiyatlarini yig`indisi tushunilgan. Temperamentni 1 - marta eramizdan oldingi 5 asrda yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar Gippokrat tiplari deb ataladi. Tiplar quyidagicha nomlangan: ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), “Flegmatik”(balg`am), “Melanxolik” (qora o`t). Hozirgi paytda tushunchalar yangicha mazmun kasb etmoqda.

Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling