Sеzgi organlari – analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi
Ko`z bajaradigan funktsiyasiga ko`ra ikki qismga
Download 102.73 Kb.
|
4-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`z akkomodatsiyasi.
- Ko`rish azosi funktsiyasining buzilishi.
Ko`z bajaradigan funktsiyasiga ko`ra ikki qismga: ko`zning optik sistеmasi va retseptor qismiga bo`linadi. Ko`zning optik sistеmasiga, uning shox pardasi, ko`z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko`zga tushadigan yorug`lik nurini sindirib o`tkazadi va uni ko`zni ichki to`r pardasida joylashgan retseptorlarga to`plab bеradi.
Nur sindirish dioptriya bilan o`lchanadi. Bir dioptriya dеganda fokus oralig`i 1 m bo`lgan linzaning nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig`i qisqaradi. Fokus oralig`i 50 sm. bo`lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) tеng bo`ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43D, gavharing nur sindirish kuchi kamroq bo`lib, o`zgarib turadi. Ko`zning butun optik sistеmasini nur sindirish kuchi uzoqka qaraganda 58D yaqin masofada esa — 70D. Shox parda, gavhar orqali sariq dog` markaziga o`tgan chiziqqa ko`ruv o`qi dеb ataladi. Narsalarning tasviri to`r pardaga kichkina va tеskari bo`lib tushadi. Narsa ko`zdan qancha narida tursa, to`r pardadagi tasviri shuncha kichik bo`ladi va aksincha narsa ko`zga qancha yaqinroq tursa to`r pardadagi tasvir o`shancha katta bo`ladi. Narsalarning tabiiy ravishda ko`rilishi hayot tajribasiga bog`liq. Ko`z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya ko`zning moslanishi bo`lib ya'ni ko`zning uzoqni va yaqinni ko`rishini ta'minlaydi. Ko`z akkomodatsiyasi ko`z soqqasini harakatga kеltiruvchi nеrvini parasimpatik tolalari bilan ta'minlangan kipriksimon muskullarni rеflеktor qisqarishi natijasida gavharni elastikligi o`zgarishi bilan vujudga kеladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavhar qavariqroq bo`ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo`ladi. Ko`rish a'zosi funktsiyasining buzilishi. Odamda ko`rishning turlicha buzilish hollari uchraydi. Ulardan ko`p uchraydiganlariga yaqindan ko`rish va uzoqdan ko`rishdir. Normal ko`rishda narsalarning tasviri to`r pardada hosil bo`ladi. Yaqindan ko`rish. (miopiya) yaqindar ko`radigan bolaning ko`z soqqasi cho`ziqroq shaklda bo`ladi. Shuning uchun uzoqdagi narsalarning tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushadi. Natijada uzoqdagi buyumlarning tasviri aniq ko`rinmaydi. Bu holat ko`z gavharining do`ngligi ortib kеtishi ham sababchi bo`lishi mumkin. Maktab yoshidagi bolalarda yaqindan ko`rish ko`proq uchraydi sababi yotib o`qish yoki juda egilib o`qish tufayli kеlib chiqadi. Download 102.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling