Sezgi psixik jarayon sifatida
Sezgining klassifikatsiyasi
Download 25.91 Kb.
|
3- seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Introretseptiv sezgilar
- Proprioreseptiv sezgilar
Sezgining klassifikatsiyasi
Sezgilami 3 ta katta sinfga ajratish mumkin. Bular eksterotseptiv sezgilar (tashqi dunyodan kelayotgan sezgilar), introtseptiv (organizmdagi sezgilar), propriotseptiv sezgilar (harakatdagi organlar sezgisi)dir. Ekstereoretseptiv sezgilar. Sezgilaming birinchi eng katta sinfi ko‘p darajada tadqiq qilinganidir, bular ekstereoretseptorlar hisoblanadi, ular tashqi dunyodagi signallar tizimidir. Ekstereoretseptorlaming klassifikatsiyasida ikki xil tizim mavjud sistematik va genetik. Ekstereoretseptor sezgilami shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin. Kontakt sezgilar bu sezgilar bevosita aloqaga kirishadigan sezgilardir, bular ta’m bilish, teri tuyish, hid bilish sezgisi hisoblanadi, distant sezgilar: bular ko‘rish va eshitish sezgisi hisoblanadi. Introretseptiv sezgilar. Hamma ichki organlarda tomir devorlari, oshqozon devorlarida sezuvchan to‘qimalar joylashgan, ular har bir holatlarga javob beradilar, bu to‘qimalardan biri esa bosimga javob beradi. Har qanday ichki organlaming holatlari boshqariladi, bunda introretseptorlaming о‘mi katta. Bu to‘qimalaming qo‘zg‘alishi anglangan sezgilami aniqligini ko‘rsatmaydi. Sechenov ulami «qorong‘u sezgilar» deb nomlab, tashqi dunyodan ajratuvchi deb atagan. Bu qorong‘u sezgilar so‘z orqali ifodalanmaydigan sezgilami beradi. Ba’zi bir tadqiqotchilar komfort yoki diskomfort tushunchasini beradi deb e’tirof etishadi. Bu sezgilar emotsional xarakterga ega, bular organizmning holatlarini aks ettiradi. Bu sezgilaming organizm uchun о‘mi kattadir. Bu sezgilar mayl va ehtiyojlami ham tug‘diradi. Ochlik, chanqoqlik, havo yetishmasligi va boshqalar, bu sezgilar biologik mayl va ehtiyoj laming asosi hisoblanadi. Bizning qomimiz ochsa, ovqatlanamiz, chanqasak, chanqoqni qondiramiz. Bu sezgilami murakkab reflektor jarayoni desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, bulaming natijasida esa ehtiyojlar qondiriladi. Proprioreseptiv sezgilar. Introreseptiv sezgilar bilan bir qatorda boshqa sezgi organlari ham mavjud. Bu proprioretseptorlar tizimidir, ular harakat, muskul to‘qimalari signallarini qabul qilish imkoniyatini beradi. Bizning muskul, bo‘g‘in to‘qimalarimizda sezuvchan nerv to‘qimalari mavjud, ular bizning muskullarimiz haqidagi ma’lumotlami beradi. Ko‘p vaqtlar davomida harakatni amalga oshirish uchun efferent harakat qo‘zg‘atuvchilarining o‘zi kifoya qiladi, degan fikr mavjud edi. N.A.Bemshteyn umrining ko‘p qismini harakatni o‘rganishga bag‘ishladi, uning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha harakat apparati murakkab tuzilgan, uni harakatga keltirish uchun efferent impulsning o‘zi kifoya qilmaydi. Ixtiyoriy harakatni boshqarish uchun proprioretseptorlardan keluvchi afferent signallami mustahkamlash kerak, bo‘g‘imlaming harakatlari esa bevosita shu retseptorlarga bog‘liqdir. Interoreseptorlar ichki gemostazisning organi hisoblanadi, proprioreseptorlar tashqi gemostazisning organi hisoblanadi. Interoreseptorlar organizmdagi moddalar almashinuvini nazorat qiladi, proprioretseptorlar harakatlami koordinatsiya qiladi va koordinatsiya apparatini nazorat qiladi. Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling