Sezgi psixofizikasi


Р1 E - sezgirlik P-qo’zg’atuvchining ta'sir me'yori. Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov


Download 1.92 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1580722
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sezgi

Р1

  • E - sezgirlik P-qo’zg’atuvchining ta'sir me'yori.
  • Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov (1851-1951)ning tajribalarida ko’rsatilganidek, kishining ko’zlari to’r pardagi bor yo’g’i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug’likni ko’ra oladi. Tim qorong’ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko’rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko’rish va eshitish sezgilari hosil bo’lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid quvvat talab qilinadi.

    • Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov (1851-1951)ning tajribalarida ko’rsatilganidek, kishining ko’zlari to’r pardagi bor yo’g’i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug’likni ko’ra oladi. Tim qorong’ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko’rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko’rish va eshitish sezgilari hosil bo’lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid quvvat talab qilinadi.
    • Analizatorning mutlaq sezuvchanligi sezgining faqat quyi emas, balki yuqori chegarasi bilan kifoyalanadi. Sezgining mutlaqo yuqori sezuvchanligi deb qo’zg’atuvchining kuch bilan ta'sir qilishiga aytiladi. Bunda ta'sir ko’rsatayotgan qo’zg’atuvchiga aynan o’xshaydigan sezgi hosil bo’ladi. Bizning reseptorlarimizga ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchilar kuchining yana ham oshishi og’riq sezgisini hosil qiladi.
    • Nemis fizigi G.Fexner (1801-1887) Veber o’tkazgan tajribalarda olingan ma'lumotlarga asoslanib, sezgilarning jadalligi qo’zg’atuvchining kuchiga bog’liqligini quyidagicha shaklida ifodalangan edi.
    • S = KLg j +C
    • Bunda S - sezgining jadalligini, j - qo’zg’atuvchining kuchini, K va C konstantlar o’zgarmas, doimiyligi va miqdorlarni bildiradi. Asosiy psixofizik qonun nomi bilan yuritiladigan qonun quyidagicha izohlanadi. Sezgining jadalligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, qo’zg’atuvchining kuchi geometrik progressiya yo’li bilan osha borgan taqdirda sezgilarning jadalligi arifmetik progressiya yo’li bilan oshadi. Bu qonun Veber - Fexner qonuni ham deb ataladi.
    • Tekshiruvchilar ish holatini yozib olishning zamonaviy vositalaridan foydalanish nafaqat sensor va pertseptiv jarayonlarni, balki ichki faollik va qaror qabul qilish kabi holatlarni ham o`rganish imkonini beradi. Psixofizikaning zamonaviy uslublaridan biri R.SHepardning ko`p o`lchovli shkalalashtirish metodikasidir. Uning yordami bilan sezgirlikning eng muhim va o`ziga xos tomonlari o`rganiladi. Bunday tadqiqotlar nafaqat sezgirlik psixofizikasida, balki hissiyot psixologiyasida, psixodiagnostika va psixosemantikada ham keng qo`llaniladi.
    • Psixofizika umumiy psixologiyaning klassik bo`limlaridan biri bo`lib, uning asoschisi Gustav Teodor Fexner (1801-1887) hisoblanadi. Psixofizikaning o`ziga xos tomoni. Kuzatilayotgan hatti-harakat va ruhiy holatlar eng avvalo ularni vujudga keltirgan turli fizik (tabiiy) sharoitlar orqali tushuntiriladi. Ayniqsa, sensor va pertseptiv faoliyatini psixofizik o`rganilishi yaxshi rivojlangan bo`lib tadqiqotlar 2 xil yo`nalishda 1-sezgirlik chegaralarini o`rganish: 2-psixofizik shkalalar tuzish; tarzida tashkil etiladi.

    • Download 1.92 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling