Sezgi psixofizikasi

Download 1.92 Mb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1580722
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sezgi

.

  • Psixofizik muammo keng ma`noda birinchidan, psixikaning tabiatdagi o`rni, tor ma`noda esa psixologik va fiziologik jarayonlarning o`zaro nisbatidir. Ikkinchidan, psixofizika muammosini psixofiziologik muammo, deb atash mumkin. Psixofizik muammolar - XVII asrda R.Dekart jonli organizmlarning xulq-atvorini mexanik o`zaro ta`sir sifatida qarash kerakligi haqidagi g`oyani ilgari so`rgandan so`ng, ayniqsa, dolzarb bo`lib qoldi.
  • Bu g`oyaga ko`ra ongning tushuntirish qiyin bo`lgan aktlari jismsiz fazoviy bo`lmagan substantsiyaga kiritilgan. Bu substantsiyaning “tana mashinasi” ishiga munosabati R.Dekartni psixofizik o`zaro ta`sir kontseptsiyasini ilgari surishga undadi, ya`ni tana faqat harakat qiladi, jon faqat fikrlaydi, ular miyaning muayyan qismida bir-biriga ta`sir etadi.
  • X1X asrning oxiri XX asr boshlarida psixofizik muammoni mexanizm yo`nalishida talqin qilish keng avj oldi. Bu oqim jon va tanani bir xil elementdan tashkil topgan, deb hisoblaydi.
  • Juda ko`plab asarlarda psixofizik muammolar, psixikani yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasi, ya`ni jonli mavjudot bilan tashqi dunyoning o`ziga xos ta`siri natijasi sifatida qarash orqali tushuntiriladi. Psixofiziologiya va u bilan bog`liq ko`pgina fanlarning tarmoqlarida psixik aktlar va ularning fiziologik substratlarining bog`liqligi haqida boy ma`lumotlar to`plandi.
  • Sezgirlikning farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida ham minimal o`zgaruvchilar metodidan foydalaniladi. Farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida dastlab etalon qo`zg`atuvchini ajratib olish kerak. Dastlab etalon qo`zg`atuvchi, keyin o`zgaruvchi qo`zg`atuvchilar bir vaqtda beriladi. Tekshiriluvchi “katta”, “kichik” yoki «teng» deb javob berishi kerak bo`ladi. Natijalarni tahlil qilish uchun javoblar o`zgarishi “kichikdan tengga” “tengdan katta”ga o`tishining chegarasini aniqlash zarur bo`ladi. “katta” va “ kichik” degan javoblarning o`rtacha qiymati topiladi. Ular o`rtasidagi farq noaniqlik intervalini belgilaydi. Noaniqlik intervalining teng yarmi qidirilayotgan farq qilish chegarasini topish imkonini beradi.
  •  

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling