Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi


Tafakkur va nutq psixologiyasi


Download 30.01 Kb.
bet4/4
Sana18.11.2023
Hajmi30.01 Kb.
#1784980
1   2   3   4
Bog'liq
Neyrogliya hujayralarning tuzilishi va funksiyalari

Tafakkur va nutq psixologiyasi

Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatiami biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlaming ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalaming mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasawur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.
P.I.lvanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi" deb ta’riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vosi.tali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlaydi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir".
Nutq – odam tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki o’zaro aloqa o’rnatish yoki o’z xarakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.Til ijtimoiy xodisa, aloqa vositasi bo’lsa, nutq aloqa qilish jarayonining o’zginasidir.
Nutq - odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning aloxida usulidir. Odam o’z nutqi orqali o’zining bilimlari , fikrlari, xislari va istaklarini boshqa kishilarga aytish, xislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o’zlashtirib oladi, boshqa kishilarning xislari va istaklarini bilib oladi.
Odamlar o’zlarining faoliyatlari va kundalik xayotlarida bir birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar.
Nutq vositasi bilan aloqa bog`lash jarayonida xar bir kishi bilimlarning ko’p qismini boshqa kishilardan oladi.
Nutq vositasi bilan aloqa bog`lashodamning doimiy extiyoji bo’lib, bu aloqa fikr olishga xizmat qiladi.
Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o’zi qolganida , ko’pincha xayolidagi suxbatdoshlar bilan «o’z ichida» gaplashadi.Odamo’ziga notanish bo’lgan bir yoki bir necha kishi o’rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish extiyoji albatta paydo bo’ladi. Bu extiyoj qondirilmay qolsa, odamda ma`yus qiladigan «o’ng`aysizlik» xissi tug`iladi.Odamning «aytadigan xech bir gapi» bo’lmagan taqdirda xam shunday extiyoj paydo bo’ladi. Bunday xollarda u «nima qilishini»bilmay qoladi.Bunday xollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan?”,”qanday gap boshlasam ekan?” deb gap mavzuini qidirish boshlanadi.
Xar bir kishining nutqi bolalik chog`idan boshlab o’sib boradi, buning sababi xam boshqa kishilar bilan aloqada bo’lish extiyojidir.


Xulosa
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo`lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo`zg`atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta`sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma`lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o`tadi.
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo`naltirmasdan) birorta narsani ham mutlaqo idrok eta olmaydi.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi.
Xotira ko'pincha sensorli protsessor, qisqa muddatli (yoki ishlaydigan) xotira va uzoq muddatli xotiradan tashkil topgan aniq va yashirin ishlaydigan axborotni qayta ishlash tizimi sifatida tushuniladi. Bu neyron bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Nutq tarixiy tarixiy taraqqiyot jarayonida, ong bilanbaravar, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog`lash, bir birlariga biron narsa aytish extiyojitug`ilishi natijasida paydo bo’lgan. Kishi nutqi mexnat jarayonida o’sib borgan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

  2. A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.

  3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

  4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.

  5. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 

Download 30.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling