Sf usulida papavеrina gidroxloridni miqdoriy tahlili


Download 0.96 Mb.
bet1/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#213589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MUSTAQIL TALIM DVITU Rasulov Sobit


.

Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Metrologiya yônalishi 302-B guruhi Rasulov Sobitning Sfektafotametr usulida dori vositallarini va ularni tahlili

I – guruh vazifasi

SF usulida papavеrina gidroxloridni miqdoriy tahlili.

Papavеrin gidroxlorid 1 ml eritmada 0,00004 g saqlanadi.

0. Spektral analiz qurilmalarida o‘lchash ishlarini bajarish ushbu qurilmalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi.

1)Yong‘inning kelib chiqish xavfi mumkin bo‘lgan spektral analiz ishlari GOST 12.1.004-91 talablariga hamda sanoat korxonalarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq bajarilishi lozim. Ish xonalarida GOST 12.4.009-83 talablari bo‘yicha o‘t o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim.

2). Laboratoriyalarning har bir alohida xonasida yong‘in xavfsizligi uchun laboratoriya mudiri (boshlig‘i) tomonidan tayinlangan xodim mas’ul hisoblanadi.

3. )Laboratoriya mebellari va asbob-uskunalari odamlarni evakuatsiya qilishga xalaqit bermaydigan tarzda joylashtirilishi lozim. Asbob-uskunalar oralig‘idagi o‘tish joylarining kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.

4.)Laboratoriya ishchi va yuvish xonalari pollari suyuqlik shimib olmaydigan hamda yonmaydigan materialdan ishlangan bo‘lishi lozim.

5. )Laboratoriya xonalarida ma’lum bir analiz ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.

6. )Spektral analiz laboratoriya va punktlari xodimlari qo‘llanilayotgan kimyoviy vositalarni, materiallarning yong‘inga xavfliligini bilishi va ular bilan ishlash jarayonida xavfsizlik choralariga rioya qilishlari lozim. Punktlar va laboratoriyalarda narsa va materiallarni saqlash assortiment bo‘yicha qat’iy amalga oshirilishi lozim. Kimyoviy o‘zaro ta’sirlariga ko‘ra yong‘in yoki portlashni keltirib chiqaruvchi narsalarni yonma-yon, birgalikda saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

7. )Nosoz ventilatsiya sharoitida laboratoriyada ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Laboratoriya va punktlar ventilatsiya tizimlari yong‘in vaqtida uni avtomatik ravishda o‘chirishni ta’minlovchi qurilmalar, shuningdek o‘tdan himoya qilish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.

58. Spektral qurilmalarning xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi qismlariga kirish faqatgina elektr kuchlanishi avtomatik ravishda o‘chirish holatlari mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

9). 1000 V dan yuqori kuchlanish manbaini o‘chirish yuqori kuchlanish mavjudligini ko‘rsatib turuvchi qizil yorug‘ filtrli indikator yordamida avtomatik ravishda o‘chirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

10) Spektrometrik qurilmalardan uning barcha bloklarining yerga ulangan himoya qiluvchi simlarisiz foydalanish taqiqlanadi.

11). Spektral analiz qurilmalarda elektr yoyi (uchqun) hosil qilish uchun elektrodlarni almashtirish qisqichlar yoki katta pinsetlar yordamida bajarilishi lozim, bunday hollarda qisqich yoki pinsetlar operator ish joyida bo‘lishi shart.

12). Ventilatsiya tizimlarini avariya holatlarida o‘chirishda spektral laboratoriya va punkt xodimlari himoyasini ta’minlash maqsadida ventilatsiya tizimlarining harakatsiz turganda ishlab ketmasligi uchun spektral qurilmaning ishga tushirish apparaturasi yordamida barcha ventilatsiyali qurilmalar birlashtiriladi.

13)Rentgen spektral analizatorlar bilan ishlash jarayonida rentgen nurlari tarqalishining asosiy yo‘llari quyidagilar bo‘lishini esdan chiqarmaslik lozim:

nurlanishning devor orqali yoki devor himoya qobig‘idagi kamchiliklar orqali yoxud himoyaning kamchiliklari orqali o‘tishi;

ochiq deraza qobiqlari va apparat detallari o‘rtasidagi himoya qilinmagan tashqi yuzada rentgen nurlanishining yoyilishi;

rentgen apparatlarining ochiq qismlari orqali havo, apparatning mexanik detallari va namunalari (orqa planka olib tashlanganida) bilan rentgen nurlarining yoyilishi;

havo, apparatning mexanikaviy detallari va namunalari yordamida rentgen nurlarining yoyilishini rentgen nurlarining ochiq qismlari orqali tarqatilishi.

14). Yopiq radionuklid manbali asboblar hamda ionlovchi nurlanishni jamlovchi qurilmalardan foydalanishda:

nurlanishni asosan yerga yoki odamlar yo‘q joyga yo‘naltirish;

manbani xizmat ko‘rsatuvchi xodim va boshqa shaxslarga nisbatan uzoqroq masofada saqlash;

manbalar yaqinida odamlarning bo‘lishi muddatini cheklash;

ko‘chma to‘siqlar va himoya ekranlarini qo‘llash;

3 metrdan kam bo‘lmagan masofada aniq ko‘rinib turgan, xavf to‘g‘risida ogohlantiruvchi plakatlarni osib qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

15). Radionuklid manbalarni (rentgen trubalarni ham) o‘rnatish, sozlash, ularni qaytadan zaryadlash va texnik xizmat ko‘rsatish muassasa (korxona, tashkilot) mutaxassislari yoki ixtisoslashtirilgan korxona mutaxassislari tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda ushbu ishlarni bajaruvchi shaxsda ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlashga ruxsatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi 111-sonli qaroriga asosan litsenziyasi bo‘lishi lozim.

66. Nurlanish manbalarini bloklardan chiqarib olish, agarda spektral analiz qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qat’iy tartibda taqiqlanadi.

Agarda qurilmadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada nurlanish manbalarini blokdan chiqarib olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu hollarda masofadan boshqariladigan asbob-uskunalar, himoya ekranlari va boshqa moslamalardan foydalanilishi lozim.

Radionuklid nurlanish manbalariga qo‘l bilan tegish taqiqlanadi.

Nurlanish manbalari germetikligi buzilgan hollarda asosiy himoya choralari ishlab chiqarish vositalari, asbob-uskunalar, ishchilarning maxsus kiyimlari, badani va qo‘llarining ifloslanishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi lozim, manbalar esa foydalanishdan chiqarib tashlanishi shart.

IV bob.Spektral analiz asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling