Sf206 Jabborova Yulduz Bezgak kasallik qo’zg’atuvchi


Download 14.82 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.82 Kb.
#1582140
Bog'liq
bezgak


SF206 Jabborova Yulduz
Bezgak kasallik qo’zg’atuvchi
Bezgak — qayta-qayta isitma xurujlari, kamqonlik, jigar va taloqning jarohatlanishi bilan kechuvchi o‘tkir parazitar kasallikdir. (Sinonimlari: lat. — Febris intermittens, angl. — Intermittent fever, nem. — Wechsellieber, Sumrrieber, frans. — Raludisme Fieve ralustre, ital. — Febre malariche, isp. — Raludismo). Ma’lumki, 1920—50-yillar davomida olib borilgan ulkan ishlarning samarasi o‘laroq 60-yillarga kelib, bezgak kasalligining endemik o‘choqlari, ko‘pchilik davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham tugatilgan edi.
Biroq keyingi yillarda bezgakni Hindiston, Pokiston, Turkiya, Eron, Iroq, Rossiya va ayniqsa Tojikiston va Afg‘oniston kabi O‘zbekiston bilan keng va kundan-kunga ortib borayotgan aloqada bo‘lgan davlatlar hududida keng tarqalayotganligi respublikamizda ham katta epidemiologik xavf tug‘dirmoqda. Binobarin, bugungi kunda O‘zbekistonda ham bezgakning keng tarqalishi, qaytatdan endemik o‘choqlar hosil bo‘lishi va eng xavflisi, tropik bezgakni ham kirib kelishining real xavfi paydo bo‘lib qoldi.
Bezgakning qo‘zg‘atuvchisi bir hujayrali mikroor- ganizm bo‘lib, u Srorozoa ti piga, Coccidea sinfiga, Haemosrorida turkumiga, Plasmodidae oilasiga, Plosmodium avlodiga mansub. Plazmodiumlar sitoplazma, DNK tutuvchi yadro va sitoplazmatik membranadan tashkil topadi. Plazmodiya rivojlanishining ba’zi bosqichlarida spetsifik pigment ham bo‘ladi. Romanovskiy—Gimza usuli bilan bo‘yalganda sitoplazmasi ko‘k—zangori, yadrosi esa qizil rangga bo‘yaladi. Bezgak plazmodiyalarining 100 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, ulardan faqat to‘rttasi odamlarda parazitlik qiladi.
Odamlarda parazitlik qiluvchi plazmodiyalar quyidagilardir: 1. Plasmodium vivax — uch kunlik bezgak (malaria tertiana) qo‘zg‘atuvchisi;
2. Plasmodium malaria — to‘rt kunlik bezgak (malaria quartana) qo‘zg‘atuvchisi; 3. Plasmodium falcifarum — tropik bezgak (malaria frorice) qo‘zg‘atuvchisi;
-Bezgak plazmodiyalari turlari –
P.Fulcifarum da — hind, italyan va nigeriya shtammlari farqlanadi. Kasallikning eng og‘ir kechimi italyan shtammi bilanzararlanganda kuzatiladi. Ularning dorilarga sezuvchanligi ham turlichadir.
Bezgak plazmodiyalari turlari ichida turli shtammlari va Jug‘rofiy shtammlari mavjud. Masalan; P.vivax da uchta shtamm ajratilgan: P.vivax: Chesson, janubiy — P.vivax va shimoliy — P.V.hibernans, ular bir—birligidan ba’zi bir morfologik va antigenlik xususiyatlari hamda inkubatsion davrining turliligi bilan farqlanadi.
Chivinlarning zararlanganlik darajasini, ularning oshqozoni- ning tashqi qoplami ostidagi ootsistalarni sanash (ootsist indeksi) bilan aniqlanadi. Bu sporogeniya jarayoni tugagach ootsistlar yorilib sporozoitlar gemolimfa orqali chivinning butun a’zosiga tarqaladi va eng ko‘p uning so‘lak bezlarida to‘planadi. So‘lak bezlarida yana bir necha kun davomida o‘sib ulg‘aygach sporozoitlar yuqish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Chivinning tanasida sporozoitlar 1,5—2 oy saqlanadi.Kasallikni yuqishi uchun bezgak chivinini bir marta chaqishi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Qayta-qayta chaqishi oqibatida bitta bezgan chivini bir necha odamni kasallantirishi mumkin. Sporogoniya muddatining davomiyligi, tashqi harorat va parazitning turiga qarab turlicha bo‘ladi. Sporogoniya jarayonini kechishi uchun zarur bo‘lgan eng past harorat: P.vivax uchun Q16°C, P.falcifarum va P.malaria uchun esa 18°C dir. Q30°C dan yuqori haroratda parazitning chivin organizmida ko‘payishi qiyinlashadi, Q37°C dan ortganda esa u halok bo‘ladi.
1
2
3
4
Bezgak chivini (urg‘ochi Anorheles) chaqqanda odam organizmiga tushgan sporozoitlar 15—45 daqiqa ichida jigarga tushib, gepatotsitlarga kirib oladi (to‘qima trofozoitlari) va to‘qima shizoitlariga aylanadi. Gepatotsitlarda parazitning o‘sishi va parazitning bir necha bor bo‘linishi tufayli minglab mayda, bitta yadroli to‘qima m e r- oz o I t l a r I paydo bo‘ladi. P.vivax ni bitta sporozoitidan — 10000 gacha, P.falcifarum sporozoitidan esa 40000—50000 merozoit hosil bo‘ladi. Jigarda kechadigan to‘qima shizogoniyasi P.falcifarumda — 6 sutka, P.vivax va P.ovale da — 8, P.malariae da — 15 sutka davom etadi. Shu muddat ichida yetilgan merozoitlar jigardan (gepatotsitlar yoriladi) qonga eritrotsitlarga o‘tadi va eritrotsitar shizogoniya boshlanadi. Eritrotsitar shizogoniya boshlang‘ich 4—5 sutka davomida klinik belgilarsiz kechadi va qondagi parazit miqdori, ma’lum bir bo‘sag‘a miqdoriga yetgandan keyingina kasallikning birinchi xurujlari boshlanadi. Sporozoitlardan paydo bo‘lgan to‘qima parazitlarining barchasi yoki ularning bir qismi jigar hujayralarida uzoq vaqt (yarim yildan uch yilgacha) karaxt holatda saqlanishi va keyinchalik rivojlanib eritrotsitlarga o‘tishi mumkin. Parazitning bunday turlarini «uyqudagi turlar» yoki g I p n o z o I t l a r deb ataladi. Bu holat sporozoitlarni fenoti pik geterogenlik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib u sporozoitlarning tez (taxisporozoit) yoki sekin (bradisporozoit) rivojlanishi tufaylidir. P.vivax ni Janubiy shtammlarida taxisporozoitlar ko‘p bo‘lib kasallikning inkubatsiya davri qisqa, shimoliy shtammida esa aksincha bradisporozoitlar ko‘p bo‘lib, inkubatsion davri davomli (6—14 oy) bo‘ladi.

Epidemiologiyasi. Bezgak dunyoda eng keng tarqalgan transmissiv kasalliklardandir. Kasallik manbayi — periferik qonida jinsiy yetilgan bezgak plazmodiyalari (gametotsitlar) bo‘lgan — bemor yoki parazit tashuvchi odam bo‘lishi mumkin. Uch kunlik, to‘rt kunlik va P.ovale — bezgaklarida gametotsitlar qonda kasallikning birinchi xurujlari davridanoq paydo bo‘ladi va


Keyingi xurujlarda ortib borib nojinsiy hujayralar bilan bir vaqtda yo‘qoladi. Tropik bezgakda esa kech — kasallikning 8—10 kunlarida aniqlanadi va nojinsiy hujayralar yo‘qolgandan keyin ham 1,5—2 oy davomida topilib turadi. Kasallik manbayi sifatida bemor yoki parazit tashuvchi bolalar ko‘proq xavfli hisoblanadi. Bezgakning tarqalishida kasallikning (turiga qarab) umumiy davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. Tropik bezgak 14—20 oy, uch kunlik—vivax bezgagi — 2—2,5 (ba’zan 4—6) yil, ovale bezgagi — 4 (6—8) yil, to‘rt kunlik bezgak esa o‘n yillab (50 yil va undan ortiq) davom etadi va shu davr ichida bemorlar kasallik manbayi bo‘lib xizmat qiladilar.Kasallikning yuqish yo‘li asosan transmessiv. Bezgakni Anorheles chivinlarining faqat urg‘ochilari yuqtiradi. Anorheles chivinlarini boshqa tur chivinlardan farqlashda qo‘ngan yuzasiga nisbatan tanasining qorni qismi 45° qiyalikda ko‘tarilib turishini, lichinkalari esa suv yuzasida tekis yotishini hisobga olish kerak. Urg‘ochilari, odatda, ko‘lmak suvlarga yoki sekin oquvchi suvlarga tuxum qo‘yadi. Chivinni qon so‘rishidan to tuxum qo‘yguncha bo‘lgan davr, ya’ni birbirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatlanish va O‘rta Osiyoda
Tarqalgan chivinlar bezgak parazitining faqat uch xili (ovale dan tashqari) bilan
Zararlanadi. Bezgak parazitining odamga yuqishining boshqa yo‘llari ham mavjud. Endemik o‘choqlarda bezgakni onadan homilaga yuqishi kuzatilishi mumkin.
Bezgak paraziti, shuningdek, parazit tashuvchi donorlardan yoki rekonvalessentlardan olingan qon preparatlarini quyish yoki qon yuqi shpris va ninalar orqali ham yuqishi mumkin. Masalan: bitta shpris bilan ko‘pchilik foydalanuvchi giyohvandlarning butun bir guruhida (200 ga yaqin odamda) bezgak tarqalganligi kuzatilgan. Chivindan tashqari yo‘llar bilan yuqqan bezgak, sh I z o n t l I b e z g a k deb ataladi. Bunday yuqish ko‘proq to‘rt kunlik bezgakka xos. Chunki bu turdagi bezgakda plazmodiyalar submikroskopik holatda juda ko‘p yillar davomida parazit tashuvchilar qonida saqlanishi mumkin. Konservatsiya qilingan qonda P.vivax va P.ovale bir hafta, P.falcifarum va P.malariae lar esa 10 kun va undan ortiq saqlanishi mumkin.
Bezgak bilan bacha yoshdagi insonlar kasallanishi mumkin, biroq ayrim aholi guruhlari, masalan G‘arbiy Afrika aholisi (ular boshqa qit’ada yashasalar ham) P.vivax ga nisbatan chidamli bo‘lib, bu turli bezgak bilan kasallanmaydilar, yoki anamal — S— gemoglobinli shaxslar P.falcifarum bilan kam kasallanadilar. Bunday eritrotsitlar parazit ko‘payishi uchun yaroqsiz bo‘lsa kerak — deb taxmin etiladi. Shuningdek, eritrotsitida tug‘ma enzimopatiyasi (glukoza — 6—fosfatdegidrogen — G6—FDG yetishmovchiligi) bo‘lgan shaxslarda ham tropik bezgak kam kuzatiladi. Gi per- va goloendemik o‘choqlarda 2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma immunitet bo‘ladi
10%
75%
50%
90%
Aholining bezgak bilan zararlanganlik darajasi turli ko‘rsat- kichlar bilan belgilanadi: P a r a z I t a r indeks — tekshirilganlar orasida parazitemiyasi bo‘lgan shaxslar soni; T a l o q indeksi — tekshirilganlar orasida talog‘I kattalashgan shaxslar soni;
E n d e m I k indeks — qonida parazit aniqlangan va talog‘I kattalashganlarning tekshirilgan odamlar soniga nisbati; R o s s indeksi — tekshirilgan hudud aholisi talog‘ining kattalashish darajasi.
JSST tasnifi bo‘yicha (1964) mavjud endemik bezgak o‘choqlari yuqoridagi indekslar bilan baholanib, 4 ti pga bo‘linadi: a) gi poendemik bezgak — 2—9 yoshdagi bolalarda taloq indeksi 10% ga yetadi; b) mezoendemik bezgak — 2—9 yoshdagi bolalarda taloq indeksi 11% dan 50% gacha; d) gi perendemik bezgak — shu yoshdagi bolalarda taloq indeksi har doim 50% dan yuqori, shuningdek kattalarda ham yuqori; s) goloendemik bezgak — taloq indeksi 2—9 yoshli bolalarda har doim 75% dan ortiq, kattalarda — past (Afrika ti pi) yoki yuqori (Yangi Gvineya ti pi). Parazitar indeks — ko‘krak yoshidagi bolalarda doimiy 75% dan ortiq.
Hozirgi umumiy adaptatsion sindrom tushunchasiga ko‘ra, bezgak huruji, pirogen fomillar majmuining (merozoitlarni va xususiy oqsilning parcha- lanishidan hosil bo‘lgan begona oqsil, bezgak pigmenti va balki bezgak toksini) patogen ta’siriga bo‘lgan, makroorganizmning nospetsifik javob reaksiyasidir. Bezgakda — bronxit, bronxial astma, plevrit, allergik artrit, enterit va kolit, urtikar toshma va boshqalarning bo‘lishi ham allergik reaksiya bilan bog‘liq.Bezgakning hamma turlarida ham albatta anemiya rivojlanishi yetakchi belgilardan hisoblanadi. Kamqonlikning ortiq yoki kam bo‘lishi invaziya darajasiga va kasallikning davomiyligiga bog‘liq. Tropik bezgakda anemiya barvaqt rivojlanadi va kuchli bo‘ladi, chunki bunda eritrotsitlarning parchalanishi tez va ko‘p bo‘ladi. Shunisi e“tiborliki, bezgakda gemoglobinning kamayishi periferik qonda plazmodiyalar yo‘qolgandan keyin ham davom etadi.
Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling