Катта ўқитувчи: Ғаниев Жахонгир
Gorizontal koordinatalar sistemasi (h, A):
Ekvatorial koordinatalar I sistemasi (t, ):
Ekvatorial koordinatalar II sistemasi (, ):
Ekliptik koordinatalar sistemasi (, ):
1 - namuna. N, S, E, W nuqtalarning azimutlari nimaga teng?
Yechimi:
Azimut haqiqiy gorizont tekisligida janub S nuqtadan boshlab hisoblanadi. U holda АS=00, АW=+900, АN=+1800, АE=+2700 (rasmga qarang).
2 - namuna. Geografik kenglamasi =420 bo’lgan joyda zenit nuqtaning og’ishi nimaga teng?
Olam qutbining gorizontdan balandligi haqidagi teoremaga asosan PON=. Undan tashqari, ZOQ, SOP', Z'OQ' burchaklar geografik kenglamaga teng. ZOQ burchak zenit nuqtaning og’ishini beradi va u ga teng.
Javob: Z=420
Gorizontal koordinatalar sistemasi, Ekvatorial koordinatalarning I sistemasi va Ekvatorial koordinatalarning II sistemalari bir sistemaga keltirilgandagi ko’rinishi
Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar. - Yulduzlar osmonining ko’rinishiga va uning aylanishiga qarab Yerning janubiy qutbiga kelganligimizni qanday qilib bilishimiz mumkin?
- Geografik kenglamasi 23027/ bo’lgan joyda olam shimoliy qutbining gorizontal koordinatalari nimaga teng?
- G’arb nuqtaning soat burchagi nimaga teng? Sharq nuqtanikichi?
- Ekliptika shimoliy qutbining to’g’ri chiqishi va og’ishi nimaga tengligini aniqlang.
- Qutb yulduzi Olam Qutbidan 58/ ga siljigan bo’lsa uning og’ishi nimaga teng?
- Osmon sferasining qanday geometrik nuqtalarida astronomik uzunlama to’g’ri chiqishga teng bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |