Ilg’or ta’lim texnologiyalari va o’qitish metodikalari
" AutoCAD asoslari " kursini o'qitish bo'yicha kredit tizimi asosida ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, video maruzalar, taqdimotlar, hamda mavzu bo’yicha vazifalar va mustaqil ishlarni o’z ichiga oladi. Maruza, amaliy ishlariga oid o’quv materiallarida ko'rsatiladigan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy malumotlar beriladi, amaliy mashg’ulot ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash tartibi tushuntirish. Kurs bo’yicha qo’yilgan o’quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o’rganiladi, testlar, amaliy mashg’ulotlar talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi. Shuningdek ta’lim berish jarayonini sifatl olib borish va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o’tkazish maqsadida interfaol usullardan ham foydalaniladi.
Interfaol metodlar – taʼlim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, taʼlim jarayonining markazida taʼlim oluvchi boʼlgan metodlarga aytiladi.
Interfaol taʼlim metodlari- Elpigʼich, Pinbord, Venn diagrammasi Loyiha Baxs-munozara, Insert, Klaster, Baliq skileti, Sinkveyn.
Taʼlimning tashkiliy shakli - belgilangan tartibda sodir boʼladigan, taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchining maxsus tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir.
Taʼlim vositalari
– oʼqitilishi va oʼrganilishi lozim boʼlgan bilimlarni beruvchi, koʼnikma va malakalarni rivojlantiruvchi har qanday axborot tashuvchilardir.
SWOT-tahlili metodi -S-kuchli tomoni W-kuchsiz tomoni O-imkoniyatlari T-ziddiyatlar- taʼlim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, taʼlim jarayonining asosida taʼlim oluvchi boʼlgan metodlarga aytiladi. (Ushbu ta’lim texnologiyasi Buyuk Britaniyaning Manchester universitetida foydalaniladi)
«Insert» metodi- matnlardan mustaqil foydalanish, olingan axborotlarni tahlil qilish, tizimlashtirish, ularni qisqa va aniq bayon qilish kunikmasini rivojlantiruvchi metodir. (Ushbu ta’lim texnologiyasi Buyuk Britaniyaning London universiteti kollejida foydalaniladi)
“FSMU” usuli. Texnologiyaning maqsadi: mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o'zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg'ulotlarida, amaliy bilimlarni mustahkamlashda, o’tilgan mavzuni takrorlashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg'ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi; (Ushbu metod Shvetsiya Qirollik texnologiyada foydalaniladi)
“Assesment” usuli. Usulning maqsadi: mazkur usul ta'lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o'zlashtirish ko'rsatkichi va amaliy ko'nikmalarini tekshirishga yo’naltirilgan. Mazkur texnalogiya orqali ta'lim oluvchilarning o’zlahtirish faoliyati turli yo'nalishlar (test, amaliy ko'nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil) bo'yicha tashhis qilinadi va baholanadi. Usulni amalga oshirish tartibi:
-Assesmentlardan ma'ruza mashg'ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o'rganishda, yangi ma'lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg'ulotlarda esa mavzu yoki ma'lumotlarni o'zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o'z-o'zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o'qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o'quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo'shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin; (Ushbu metod Shveytsariyaning Lozanna federal Politexnika maktabida foydalaniladi)
“Ishbop oʼyin” metodi- berilgan topshiriqga koʼra yoki oʼyin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi. (Ushbu metod Germaniya davlating Karlsrue texnologiya instituti da foydalaniladi)
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:
• Videomaruzalar;
• Elektron shakldagi maruza matnlari;
• Har bir mavzuga doir taqdimot materiallari;
• Amaliy mashg’ulotlariga doir uslubiy ko’rsatmalar;
• Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari;
• Elektron shakldagi darsliklar va yo’llanmalar.
• Interfaol keys-stadialari;
• Seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
• Jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyilahalar.
Amaliy mashg’ulotlarda har bir mavzuga muvofiq masalalarni yechish bo’yicha materiallar, taqdimotlar, ko’rsatmalar talabalariga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o'zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. "Mashinasozlikda ilmiy tadqiqot ishlari" kursining har bir bo’limi bo’yicha talabalarga "Mashinasozlikda ilmiy tadqiqot ishlari" fanidan uslubiy ko'rsatmalarda keltirilgan masalalarni mustaqil ishlash talab etiladi. Masalalar to’g’ri ishlansa keyingi mavzuga o'tiladi.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning barcha mavzularini to’la o’zlashtirgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semester oxirida institutga kelib, yakuniy nazorat ishini topshiradi.
5.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |