Sh. R. O’rinov t f. d dosent. Avtomatlashtirishva boshqaruv kafedrasi dosenti
NAZORAT TURLARI VA BAHOLASH TARTIBI
Download 336.19 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bo’yicha baholash jadvali
- AutoCAD asoslari” fanidan reyting ishlanmasi va mezonlari Reyting ishlanmasi 3-semestr uchun
- Baholash mezonlari Amaliy ish quyidagicha baholanadi
- Amaliy ishlari mavzulari quyidagicha
- Tajriba ishi quyidagicha baholanadi
NAZORAT TURLARI VA BAHOLASH TARTIBI
“AutoCAD asoslari” fani 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan o‘quv rejasi bo‘yicha 2 kurs kuzgi va bahorgi semestrlarda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: joriy nazorat – talabaning “AutoCAD asoslari” fani mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanining xususiyatidan kelib chiqqan holda, tayyorlangan amaliy ishlari berilgan uy vazifalarini tekshirish va suhbat o‘tkazish orqali amalga oshiriladi; oraliq nazorat – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi, uning shakli yozma ish shaklida o‘tkazilib o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Og’zaki” shaklida o‘tkaziladi. Fan bo’yicha baholash jadvali
“AutoCAD asoslari” fanidan reyting ishlanmasi va mezonlari Reyting ishlanmasi 3-semestr uchun
Baholash mezonlari Amaliy ish quyidagicha baholanadi: Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, Amaliy ishining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu buyyacha tasavvurga ega deb topilganda -5 (a’lo) baho; Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, amaliy ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda amaliy ishining bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda -4 (yaxshi) baho; Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, amaliy ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda amaliy ishi buyicha tasavvurga ega deb topilganda -3 (qoniqarli) baho; Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, amaliy ishining mohiyatini tushunmaydi hamda amaliy ishi bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda -2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. Amaliy ishlari mavzulari quyidagicha:
Tajriba ishi quyidagicha baholanadi: Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, Amaliy ishining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu buyyacha tasavvurga ega deb topilganda -5 (a’lo) baho; Talaba mustakil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, tajriba ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda tajriba ishining buyicha tasavvurga ega deb topilganda -4 (yaxshi) baho; Talaba olgan bilimini amalda qullay oladi, tajriba ishining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi kamda tajriba ishi buyicha tasavvurga ega deb topilganda -3 (qoniqarli) baho; Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, tajriba ishining mohiyatini tushunmaydi hamda tajriba ishi bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda -2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Download 336.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling