Sh tarixi ha


Download 128.03 Kb.
bet6/10
Sana17.02.2023
Hajmi128.03 Kb.
#1205883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.JTSN va U 2-III-2

Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya

Har qanday jamiyat azal-azaldan ozining axloq normalari va ularning talablari bilan biri-biridan ajralib turgan, ayrim holda keskin farqlangan. Bu talablar va normalardan jamiyatning mavqei, orni, darajasini belgilash, baholashda foydalanilgan. Axloqiy tarbiya ularga jamiyat azolari rioya qilishidek zarur muammolarnihal qilishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari, sport trenirovkalari, turli xil musobaqalar va ko‘ngil ochish tadbirlari axloq normalarini shakllanishi, tarbiyalanishida vosita rolini hozirgi kunda ham oynab kelmoqda. Ozaro munosabat, muloqot, umuminsoniy qadriyatlar, millati, xalqi, davlati, shoni-shuxrati uchun qaygurish hissiyoti jismoniy tarbiya jarayonida to‘gridan-togri tarbiyalangan.
Mamlakat sportchisining axloqi bu, millat vakili, mavjud jamiyat

kishisining axloqidir. Ozbek sportchisining axloq normalari maxsus, alohida emas. Ular ham mazkur jamiyatning oddiy azosining axloqi normalaridan farq qilmaydi. Sportchining axloqi” degan axloqni tuzushga urinish sharq xalqlari axloq normalaridan uzoqlashishga olib keladi.
Biz qisqa fikrli, tor oylaydigan faqat sport bilan shugullanadigan baquvat, yaxshi xazm qilish organlariga ega bo‘lganlarni emas, fikrlar doirasi keng, manaviy boy, kirishuvchan, tashkilotchilik qobiliyati yaxshi bo‘lgan individni tarbiyalashni nazarda tutmogimiz lozim. Bu sifatlar ko‘proq navqiron mamlakatimiz yoshlari uchun taaluqlidir.
Sportchi axloqiy tarbiyasining asosiy xususiyatlari, uni jismoniy tarbiya jarayonini yolga qo‘yilishi quyidagi yo‘nalishda va shaklda bo‘lishiga etibor qaratilmoqda:
1. Jamoatchilik burchiga ijtimoiy munosabatda bolish, jamiyat ishini oz shaxsiy ishi bilan teng qo‘yish, jamiyat va davlat ishini darajasini pasaytirmaslik. O‘zining jismi tarbiyasiga ongli munosabatda bo‘lish, vatan mudofaasiga doimo tayyorlik har bir jamiyat aozosining umumiy burchiga aylangan bo‘lishligi sport hayotidagi maqsadni birligi va umumiyligi barcha uchun yagona qonuniy ahamiyatga ega bo‘lishligi, uni jamoa faoliyatida gavdalanishi, jamiyati jismoniy madaniyati tarixi, an’analari, millatining shoni uchun jamoaning kuchini umumlashtira bilishlik xususiyati.
Mamlakat sportchisi xalqaro maydondagi galabalarninghal qiluvchi omili ekanligi, oz xalqi, Vatan oldidagi javobgarlik burchini his qilabilishlik xususiyati.
2. Jamoat mulkiga (sport inshoati, undagi jihoz va anjomlarga) ijtimoiy munosabatni sport maydonlarini jihozlash va qayta jihozlash ishida ishtirok etish.
3. Jamiyat azolarining axloq normalarini eng asosiy mehnatga ijtimoiy munosabatda bo‘lishlikdir. Jismoniy mashqlar bilan shugullanish shug‘ullanuvchi mehnatda, ishlab chiqarish jarayonidahar tomonlama garmonik rivojlanishini amalga oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Sportchini sport natijasiga erishishi mashaqqatli bo‘lib, chidamli menatni talab qiladi. U rekordlarnigina yangilash
bilan menat jarayoni uchun iroda, intizom, menat qilishga odatni shakllantiradi,

menatni qadrlashga organadi.


4. Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga bo‘ysunishga orgatadi. Gimnastika, oyinlar, sport, turizm va boshqa jismoniy mashqlar bilan shugullanish tarbiyalanuvchilardan belgilangan qoidaga, tartibga qatiyyan rioya qilish talabini qoyadi. Ularga boysunmaslik sportchini yoki tarbiyalanuvchini umumiy maqsaddan uzoqlashtiradi. Sport faoliyati sportchi hayotini havf ostida qoldirishi masalan, top uchun kurashayotganda oyinchilar bir-biri bilan to‘qnashib ketdi. Kimdir aybdor. Qopollikka javob qilgingiz keladi. Lekin sportchi axloq normalari, ozini qo‘lga olish va nizoliholatni tinch yol bilanhal qilish uchun lozim bolgan axloqiy normalar, talablarni ustun kelishi xususiyati.
5. Gumanizm, insonni hurmat qilish, kelajak uchun, tinchlik uchun kurashishga zamin, bir-birini qo‘llash, yordam berish, ayniqsa, musobaqalar davomida ozaro ortoqlik yordami oz raqiblariga nisbatan hurmat ruhida turkiy xalqlarda ota yuqori bo‘lganligi, mustakam salomatlik va jisman tayyorgarlik jamiyat aozosining axloq normalari, irodasi va boshqa xususiyatlarni tarbiyalash xususiyatlarini shakllantiradi.

Download 128.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling