Sh. Teshaboyev 2023 y


Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida


Download 70.04 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi70.04 Kb.
#1764327
1   2   3   4
Bog'liq
Ekoekspertiza 5-mashg\'ulot

Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash yuzasidan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir muhim qarorlarni qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi): O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq “raqamli iqtisodiyot”ga o‘tish maqsadida davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun har yili qog‘oz shaklida taqdim etiladigan 30 mingga yaqin hujjatlarning elektron almashinuvi tizimini yaratish;
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalda faoliyat ko‘rsatayotgan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishi yuqori va o‘rtacha darajada xavfli bo‘lgan faoliyat turlarining atrof muhitga va aholi sog‘lig‘iga uzluksiz salbiy ta’sir ko‘rsatishini muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazishni amalga joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Quyidagilar:
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori (keyingi o‘rinlarda — I toifaga mansub), o‘rtacha (keyingi o‘rinlarda — II toifaga mansub) va past darajada xavfli (keyingi o‘rinlarda — III toifaga mansub), shuningdek, mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatuvchi (keyingi o‘rinlarda — IV toifaga mansub) va Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II, III va IV toifalariga mansub faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil qilish, ekspertizadan o‘tkazishga materiallarni tayyorlash va taqdim etish, ekspertizani o‘tkazish muddatlari, ekspertiza ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, ekspertiza xulosasi maqomi va ekspertizani o‘tkazish uchun haq to‘lashni tartibga soluvchi Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining atrof muhitga salbiy ta’sirini aholi va jamoatchilik orasida muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvini tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shuningdek, jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarining huquqiy holatini belgilovchi Atrof muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin va unga davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda quyidagi funksiyalar yuklansin:
davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish;
davlat va jamoat ekologik ekspertizasi bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
bank va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha ijobiy xulosa berilmagan obyektlarni moliyalashtirish, ularga kredit ajratish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatish (tugatish) haqida taqdimnomalar yuborish;
davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosalar bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish masalalari bo‘yicha tajriba almashishda boshqa mamlakatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
atrof muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan materiallar va loyihalar sifatini baholash hamda ishlab chiquvchi tashkilotlarning reytingini shakllantirish.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
a) 2020-yil 1-oktabrga qadar: o‘zining veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning elektron hujjat almashinuvi tizimini ishlab chiqsin va ishga tushirsin;
Bunda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning elektron hujjat almashinuvi tizimi ishga tushgandan so‘ng ariza va atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini yozma ravishda qabul qilish to‘xtatilishi belgilab qo‘yilsin (maxsus huquqiy rejimga ega obyektlar bundan mustasno);
davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining xolisligi va asoslanganligini ta’minlash, ekspertiza organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularga uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek, ekspertizani o‘tkazish bilan bog‘liq muammoli va bahsli masalalarni hal etish uchun doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar kengashi tashkil etilishini ta’minlasin;
b) atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub faoliyat turlarining davlat ekologik ekspertizasini atrof muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi anketa asosida o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
v) 2020-yil 1-dekabrdan boshlab, ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan I va II toifalarga mansub bo‘lgan mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan faoliyat turlari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilishini tashkil etsin;
g) bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari va jamoatchilik orasida keng yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilinishini hamda mavzuga oid ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tashkil etilishini ta’minlasin.



Download 70.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling