Sh. Toshpo’latov 2022 yil tadbirkorlikka o’qitish sohasi


Download 22.12 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.12 Kb.
#1409276
1   2   3   4   5
Bog'liq
ishchi dastur

Qo’llanish sohasi

Qisqa muddatli “Tadbirkorlik asoslari” o’quv kursi biznesni muvaffaqiyatli boshlash va rivojlantirish uchun tadbirkorlikka o’qitish, o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarga yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar berish hamda tadbirkorlik sub’ektlarini ochmoqchi bo’lgan shaxslar uchun mo’ljallangan.





  1. Tinglovchilarga “Tadbirkorlik asoslari” kursi bo’yicha qo’yiladigan talablar:

4.1. “Tadbirkorlik asoslari” kursi bo’yicha o’zlashtirish natijasida tinglovchi quyidagi kasbiy kompetensiyaga ega bo’lishi lozim.
- Korxona uchun xaridlarni amalga oshirish va bozor munosabatlarini bozor tizimida ishlashning o’ziga xos xususiyatlarini tushunish;
- Kelajak iqtisodchilariga nazariy bilim va amaliy tadqiqot qobiliyatlari bilan va yetkazib beruvchilar bilan birga munosabatlarni yo’lga qo’yish qobiliyatini o’rganish;
- Korxonalarning turlarini va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillarini o’rganish;
- Biznesni tashkil etish va takomillashtirish qonun-qoidalarini o’rganish.


4.2. Bilishi lozim:
- Tadbirkorlik asoslari haqida ko’nikmalarini;
- Biznesni tashkil etish jarayonini;
- Tadbirkorlik turlari, tashkiliy shakllari, tamoyillarini;
- Tadbirkorlikni tashkil etishdagi qonunchilik asoslarini;
- Sog’lom raqobat va sog’lom fikrlash qoidalarini;
- Firmalarning ixtisoslashishi va ular o’rtasidagi aloqadorlikni;
- Firmalarning asosiy shakllarini;
- Tadbirkorlikda PR-reklamaning asosiy vazifalarini;
- Muloqotga kirishish va aloqa o’rnatishni;
- Kredit olish tartibini;
- Hisob-kitobni tekshirish va uni amalga oshirishni;
- Auditorlar vazifalarini va audit qilish tartibini;
- Marketing va savdo-sotiq masalalaridagi asosiy sirlarni.


4.3. Ko’nikmalarga ega bo’lishi:
- Biznes reja tuzish;
- Start-up loyihalar ishlab chiqish va ularni moliyalashtirish yo’llarini qidirish;
- Firmalarning turlari va xususiyatlarini bilish;
- Biznesda muvaffaqiyatli bo’lish texnologiyasini bilish;
- Tadbirkorlik faoliyatini boshlash;
- Marketing tamoyillari va natijalarini bilish;
- Bozor, tashqi va ichki mehnat bozori talablarini o’rganish;
- Tadbirkorlikda korxonaning yuridik maqomini tanlash;
- Tadbirkorlikning moliyaviy manbalari va kredit olish tizimini o’rganish;
- Xaridlarni amalga oshirishni va to’g’ri xarid qilish texnologiyasini o’rganish;
- Tadbirkorlik faoliyati doirasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolar, to’siqlar va boshqa muammolar va ularni hal qilish choralarini bilish.




  1. Download 22.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling