Sh. Toshpo’latov 2022 yil tadbirkorlikka o’qitish sohasi
Download 22.12 Kb.
|
ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISHCHI O’QUV DASTURI Jizzax-2022
- Tuzuvchilar: Z.Shodmonov
- Ishchi o’quv dasturining mazmuni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI JIZZAX SHAHRIDAGI “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZI “TASDIQLAYMAN” Jizzax shahri “ISHGA MARHAMAT” monomarkazi direktori ________Sh.Toshpo’latov _______________2022 yil TADBIRKORLIKKA O’QITISH SOHASI “TADBIRKORLIK ASOSLARI” KURSI ISHCHI O’QUV DASTURI Jizzax-2022 Ishchi o’quv dasturi Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” Monomarkazi “Tadbirkorlik asoslari” qisqa muddatli kasb yo’nalishi bo’yicha monomarkazning o’quv metodik kengashida ko’rib chiqildi. Ishchi o’quv dastur Jizzax viloyati Bandlik bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda Jizzax shahri “Ishga marhamat” monomarkazi direktori tomonidan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: Z.Shodmonov - Jizzax shahri “Ishga marhamat” monomarkazi direktor o’rinbosari. Z.Zarmasov - Jizzax shahri “Ishga marhamat” monomarkazi bo’lim boshlig’i. K.Ochilova - Jizzax shahri “Ishga marhamat” monomarkazi “Tadbirkorlik asoslari” kursi o’qituvchi-mutaxassisi. Ishchi o’quv dasturi Jizzax shahri “Ishga marhamat” monomarkazi o’quv-metodik kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan. Ishchi o’quv dasturining mazmuni Mazkur o’quv dasturi “Tadbirkorlik asoslari” qisqa muddatli o’quv kursi uchun mo’ljallangan bo’lib “Tadbirkorlik asoslari” kursiga qo’yiladigan talablar asosida ishlab chiqildi. Namunaviy o’quv dasturda ajratilgan modullarning mazmuni va ajratilgan soatlar hajmini belgilashda “Tadbirkorlik asoslari” kursiga qo’yiladigan talablarga asoslanib tuzildi. O’quv modullariga qo’yiladigan talablar bo’yicha tinglovchilar tayyorgarligini baholashda nazariy, amaliy imtihon yoki test sinovi usullaridan foydalaniladi. O’quv modullari bo’yicha nazorat shakllaridan muvaffaqiyatli o’tgan tinglovchilarga yakuniy malaka imtihonini topshirishga ruxsati beriladi. Yakuniy malaka imtihoni “Yakuniy malaka imtihonini o’tkazish Nizomi”ga muvofiq amalga oshiladi. Yakuniy malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Kirish Mazkur kursni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshidan qat’iy nazar o’z tadbirkorligini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan fuqarolarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish, ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, amaliyotda samarali biznes loyihalar tuzish, o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlab olishning nazariy va amaliy asoslarini o’rgatishdan iborat. Download 22.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling