Sh. X. Xushmurodov atom yadrosi va zarralar fizikasi
Download 0.75 Mb.
|
atom yadrosi va zarralar fizikasi (4)
Demak, gamma-kvant energiyasi Eg> Pr dan boshlab fotoeffekt hodisasi yuz berishi mumkin. T, = 0 da Eg = Pr fotoeffekt jarayonining boMish chegaraviy energiyasini bildiradi. Bu energiyaga mos keluvchi gamma-kvant toMqin uzunligi fotoeffektning qizil ch egarasi deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi: (6.4.12)
Fotoeffekt jarayonida hosil boMgan fotoelektronlar energiyasi gamma-kvantlarning intensivligiga bogMiq boMmay, uning energiyasiga bogMiq. Fotoelektronlar hosil qilgan fototok qiymati gamma-kvantlar intensivligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. 6.4.2. Kompton effekti Gamma-foton muhitdan o‘tishda fotoelektronlar chiqarishdan tashqari, atom elektronlari bilan to‘qnashib, natijada elektronni chiqarib, bir qism energiya va impulsini elektronga berishi, gamma-foton o‘z energiya va yo‘nalishini o‘zgartirib sochilishi mumkin. Gamma-fotonlaming bunday elektronlardan energiya va yo‘nalishini o‘zgartirib sochilishiga kompton sochilish deb ataladi. Fotoeffekt kesimining gamma-kvant energiyasiga teskari mutanosib ravishda o‘zgarib borsa, kompton effekti gamma-kvant energiyasi ortishi bilan otrib boradi. Gamma-kvantlarning elektronlardan sochilishi ikki xil ko‘rinishga ega. Gamma-kvant energiyasi elektronning atom bilan bog‘lanish energiyasi e0 dan kichik (E y< s e) boMganda klassik yoki kogerent sochilish yuz beradi. Kogerent sochilishda foton energiyasi o‘zgarmasdan qoladi, u faqat o‘z yo ‘nalishini o‘zgartiradi, xolos. Kogerent sochilish Tomson sochilishi deb ham ataladi, u quyidagicha tushuntirilishi mumkin. Elektronda gam m a-kvant toM ayutilishi natijasida u gamma-kvant energiyasiga mos keluvchi chastota bilan rezonans tebrana boshlaydi va klassik elektrodinam ika qonuniga ko‘ ra, tebranayotgan elektron yutilgan gamma-kvant chastotasiga teng chastotali gam m a-nur chiqaradi. Berilgan sochilish burchagi uchun kogerent sochilishning differensial
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling