Sh. X. Xushmurodov atom yadrosi va zarralar fizikasi
-rasm. Yadroning asosiy va uyg‘ongan holatlari
Download 0.75 Mb.
|
atom yadrosi va zarralar fizikasi (4)
1.3-rasm. Yadroning asosiy va uyg‘ongan holatlari.
1.3-rasmda E0 energiya yadroning asosiy holati, E1 E2 lar uyg‘ongan holat energiyalari. Har bir yadro o‘ziga xos uyg‘onish energiyalariga ega bo’ladi, yadroning uyg‘onish energiyasi qanday yo’l bilan uyg‘onishiga bog’liq emas. Barcha yadro jarayonlari energiyaning saqlanishi bilan ro‘y beradi. Atom massalarining aniq qiymati mass-spektrometrik texnika yordamida tajribada aniqlanadi. Mass-spektrometrlarning harxil turlari mavjud. Odatda musbat zaryadlangan ionlaming zaiyadi ularning massasiga bo‘lgan nisbati e/m, magnit va elektr maydonlarning umumiy ta’siri natijasida ionlar dastasining og‘ish kattaligi orqali aniqlanadi. Hozirgi zamon mass-spektrometrlari vodoroddan tortib hamma elementlaming massalarini millionning 0,02 ulushi qadar aniqlikda o‘lchash imkonini beradi. Atom yadrolari massasini boshqa usullarda ham yuqori aniqlikda o’lchash mumkin. Masalan, yadroviy reaksiyalar, radioaktiv yemirilishlarda energiya balansini tahlil qilishlik va radiospektroskopik, mikroto‘lqin va boshqa usullar. Yadrodagi nuklonlar miqdorlariga qarab, izotop, izobar, izoton, ko‘zguli yadrolar deb ataladi. Bir xil zaryadga (Ze), ya’ni bir xil sonli protonga, ammo har xil massa soni A ga ega bo’lgan yadrolarga izotoplar deb ataladi. Masalan, protonlar soni bir xil, neytronlar soni turlicha, bu yadrolar elementlar davriy sistemasida bir joyda joylashadi. Izotoplar bir xil kimiyoviy va optik xususiyatlarga egadir. Lekin fizik xususiyatlari massa soni, toq-jufitliklari va hokazolari turlichadir. Massa soni A bir xil, zaryadlari har xil yadrolarga izobar y ad ro lar deb ataladi. Masalan: Izobarlarning kimiyoviy xususiyatlari turlicha, fizik xususiyatlari, nuklon soni bir xil bo’ladi. Lekin massa sonlari bir xil bo’lganda ham izobar yadrolar massalari birmuncha farq qiladi. Birinchi yadroning protonlari ikkinchi yadroning neytronlariga, ikkinchi yadroning protonlari birinchi yadroning neytronlariga teng bo’lsa, ko‘zguli yadrolar deb ataladi. Masalan: Ko‘zguli yadrolardan biri radioaktiv bo’ladi. Har qanday o‘zgarishlardan so‘ng bir-biriga o‘tadi. Bu yadro xususiyatlari bir-biriga ancha yaqin. Ko‘zguli yadrolar yadro kuchlar tabiatini va yadro kuchlarga elektromagnit maydonning hissasini aniqlashda keng qo’llaniladi. Neytronlari bir xil bo’lgan yadrolarga izotonlar deb ataladi. Masalan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling