Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
(Modal so‘zlarning hissiy-tasviriy xususiyatlari va
vazifadoshlik shakllari)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish.
2. Modal so‘zlarning hissiy-tasviriy xususiyatlari va vazifadoshlik
shakllari haqida nazariy ma’lumot berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
VATANIM – O‘ZBEKISTON
O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni (01.01.2013-yil holatiga ko‘ra
29 mln 993 ming 5 kishi) bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ichida 17-o‘rinda,
dunyo mamlakatlari ichida 43-o‘rinda turadi. Samarqandda eng ko‘p aholi
istiqomat qiladi – 3 mln 380 ming 9 kishi.
Yer maydoni (448,97 ming km
2
) bo‘yicha dunyo mamlakatlari ichida
55-o‘rinda turadi.
Hududi g‘arbdan sharqqa – 1425 km, shimoldan janubga qadar—930 km.
Shimolda va shimoli-sharqda Qozog‘iston, sharqda va janubi-sharqda
Qirg‘iziston va Tojikiston, g‘arbda Turkmaniston bilan, janubda esa
Afg‘oniston bilan chegaradoshdir.
Respublika hududining katta qismini pasttekisliklar tashkil etadi. Ular-
dan eng asosiysi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoli-shar-
qida Tyan-shan va Pomir tog‘ tizmalari joylashgan. Mamlakatning marka-
ziy qismi shimolida dunyoning eng yirik cho‘llaridan biri – Qizilqum,
g‘arbida — Qoraqum sahrosi joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasida 119 ta shahar, 1085 ta shaharcha va 11017 ta
qishloq aholi punktlari mavjud.
O‘zbekistonning eng yirik daryolari — Sirdaryo va Amudaryo bo‘lib,
ularning uzunligi mos ravishda 2137 kilometr va 1437 kilometrni tashkil
etadi.
“Tasvir” gazetasidan
hisobga olinganligini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. O‘zbek adabiy tili me’-
yorlariga rioya qilish, savodxonlik madaniyatini egallash bosh mezon
ekanligiga katta e’tibor qaratgan holda yozma nutqingizni o‘stirish, ayniqsa,
rasmiy ish qog‘ozlari, idora hujjatlari ustida mustaqil ishlash ko‘nikma va
malakalaringizni takomillashtirish yuzasidan bir qancha ish usullarini tavsiya
qilganlar.
Mualliflar mustaqil ta’lim yuzasidan alohida topshiriqlar, ularni bajarish
yuzasidan ko‘rsatmalar keltirganliklarini alohida ta’kidlash zarur.
Qo‘llanmani yaratishda o‘zbek tilshunoslarining ilmiy-nazariy qarashlari,
tadqiqotlariga tayanildi, jumladan, A.G‘.G‘ulomov, F. Kamol, F. Abdullayev,
K. Nazarov, G. Abdurahmonov, Sh. Shoabdurahmonov, A. Hojiyev,
M. Mirtojiyev, M. Asqarova, Sh. Rahmatullayev, I. Qochqortoyev,
S. Usmonov, R. Qo‘ng‘urov, Y. Tojiyev, E. Begmatov, A. Mamajonov,
A. Nurmonov, N. Mahmudov, R. Sayfullayeva, A. Berdialiyev,
N. Turniyozov, H. Ne’matov, I. Toshaliyev, E.Qilichev kabi olimlar yaratgan
monografiya, darslik hamda o‘quv qo‘llanmalardan foydalanildi. O‘quv
dasturida ko‘zda tutilgan nutqiy mavzular uchun mos matnlar oliy va
o‘rta maxsus ta’lim uchun chop etilgan darslik hamda qo‘llanmalar,
qomuslar, davriy jurnallar va gazetalar sahifalaridan tanlandi.
O‘quv qo‘llanma yuzasidan bildirilgan har qanday takliflarni mualliflar
minnatdorchilik bilan qabul qiladilar.


13
12

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling